92
42-rasm.Komponentlar ro‗yxati
6.5.Windows ilovalarini Linuxda ishga tushirish
Linuxda Windows ilovalarini o‘rnatish
Ertami-kechmi, foydalanuvchularga Linuxda Windows dasturlarini
ishga tushirishingiz kerak bo‗lishi mumkin. Linux operatsion tizimi
uchun bitta aniq vazifani bajarish uchun hatto bir necha o‗nlab dasturlar
yozilgan. Ammo bu tendentsiya faqat keng tarqalgan vazifalar uchun
kuzatiladi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va o‗yinlarda vaziyat butunlay
boshqacha.
Yuqori ixtisoslashtirilgan vazifalarni
hal qilish uchun dasturlar
mavjud emas,yoki juda kam miqdorda. Ilgari Linuxda oddiy ochiq kodli
o‗yinlar bor edi, lekin mashhur Valve kompaniyasi ushbu platformaga
qiziqib qolgandan keyin bu tizimda xam o‗yinlar va dasturlar paydo
bo‗la boshladi.Lekin hozircha o‗yinlar va dasturlardagi vaziyat barcha
foydalanuvchilar xohlagandek emas.
Shuning uchun, ko‗p hollarda
Linuxda Windows o‗yin va dasturlarini o‗rnatish kerak bo‗ladi.
Linuxda Windows dasturlarini bajariladigan faylni sichqoncha
tugmasini ikki marta bosish bilan ishga tushirish mumkin emas.
Linuxning bajariladigan formati Windowsdan juda farq qiladi. Shuning
93
uchun ularni ishga tushirish uchun maxsus
dasturlardan foydalanish
kerak bo‗ladi.Ana shunday maxsus dasturlardan ayrimlarini keltiramiz.
Wine dasturi.
Wine nomi Wine Is Not an Emulator, ya‘ni Wine
emulyator emas degan ma'noni anglatadi. Bu Windows ilovalari va
Linux tizimi o‗rtasidagi qatlamning bir turi. Bu foydalanuvchiga ko‗plab
mashhur Windows dasturlarini o‗rnatish va ishga tushirish va ular bilan
xuddi mahalliy Linux ilovalari kabi ishlash imkonini beradi.
43-rasm.Wine dasturi oynasi
Winetricks.
Wine yomon vosita emas,
lekin uning interfeysi
ishlatishga uncha qulay emas. Agar ushbu dastur bilan ishlab, etarli
natijaga
erishmagan
foydalanuvchilar,
Winetricks
dasturidan
foydalanishlari mumkin. Winetricks Windows ilovalarini o‗rnatish va
ishga tushirish uchun chiroyli grafik interfeysga ega va yangi
foydalanuvchilar uchun tushunish uchun juda oson.
94
PlayOnLinux.
PlayOnLinux Linuxda Windows
ilovalarini ishga
tushirish uchun yana bir qulay vositadir. Winetricks kabi, u oddiy grafik
interfeysga ega. Ammo, undan farqli o‗laroq, PlayOnLinux ma'lum bir
dastur uchun Wine-ning ma'lum bir versiyasini tanlash imkonini beradi.
Bu kerak bo‗lgan dasturlardan biri Wine-ning yangi versiyalari bilan
to‗g‗ri ishlamasa foydali bo‗ladi. Umuman olganda, PlayOnLinux
Winetricks-ga qaraganda ancha qulay va amaliy foydali hisoblanadi.
44-rasm.PlayOnLinux dasturi oynasi
Crossover.
Ba'zida bepul PlayOnLinux va Winetricks ba'zi
nozik
ilovalarni o‗rnatolmaydi. Bunday holda, Crossover dasturi yordam
berishi mumkin. Ushbu dasturdan foydalanish juda oson. Faqat qaysi
dasturni o‗rnatmoqchi ekanligini ko‗rsatish va o‗rnatish
faylini
Crossover-ga o‗tkazish kerak. Qolganlar barcha vazifani dasturni o‗zida
bajariladi.
95
45-rasm.
Crossover dasturi oynasi
Crossover litsenziyasi bir yil uchun 39,95 dollar turadi, ammo
dasturni bepul sinov muddatida ham ishlatish mumkin. Uning to‗g‗ri
ishlashiga ishonch hosil qilish uchun birinchi navbatda kerakli dasturni
o‗rnatish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: