Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Linuxda dasturlarni o‘rnatiladigan fayllar orqali o‘rnatish



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

6.4.Linuxda dasturlarni o‘rnatiladigan fayllar orqali o‘rnatish 
Windowsda dasturlar quyidagicha o‗rnatiladi:brauzerda ishlab 
chiquvchining veb-saytini ochiladi, o‗rnatuvchini yuklab olinadi va uni 
ishga tushirish uchun ikki marta sichqoncha chap tugmasi dastur faylida 
bosiladi. 
Ammo Linuxda dasturlarni omborlardan o‗rnatish yaxshiroqdir - 
bunda dasturlar avtomatik ravishda o‗zini yangilaydi va ular bilan 
kamroq tashvish bo‗ladi.Agar kerak bo‗lgan dastur omborlarda 
topilmasa, quyidagi amallarni bajarish mumkin: 

Ilovani ishlab chiqaruvchi saytini topish va distributivga mos 
keladigan o‗rnatuvchi faylni yuklab olish. 

Bu faylni ishga tushirish va O‗rnatish jarayonini boshlash. 

Foydalanuvchi parolini kiritish va o‗rnatish jarayoni tugashini 
kutish 


92 
42-rasm.Komponentlar ro‗yxati 
6.5.Windows ilovalarini Linuxda ishga tushirish 
Linuxda Windows ilovalarini o‘rnatish
Ertami-kechmi, foydalanuvchularga Linuxda Windows dasturlarini 
ishga tushirishingiz kerak bo‗lishi mumkin. Linux operatsion tizimi 
uchun bitta aniq vazifani bajarish uchun hatto bir necha o‗nlab dasturlar 
yozilgan. Ammo bu tendentsiya faqat keng tarqalgan vazifalar uchun 
kuzatiladi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va o‗yinlarda vaziyat butunlay 
boshqacha. 
Yuqori ixtisoslashtirilgan vazifalarni hal qilish uchun dasturlar 
mavjud emas,yoki juda kam miqdorda. Ilgari Linuxda oddiy ochiq kodli 
o‗yinlar bor edi, lekin mashhur Valve kompaniyasi ushbu platformaga 
qiziqib qolgandan keyin bu tizimda xam o‗yinlar va dasturlar paydo 
bo‗la boshladi.Lekin hozircha o‗yinlar va dasturlardagi vaziyat barcha 
foydalanuvchilar xohlagandek emas. Shuning uchun, ko‗p hollarda 
Linuxda Windows o‗yin va dasturlarini o‗rnatish kerak bo‗ladi. 
Linuxda Windows dasturlarini bajariladigan faylni sichqoncha 
tugmasini ikki marta bosish bilan ishga tushirish mumkin emas. 
Linuxning bajariladigan formati Windowsdan juda farq qiladi. Shuning 


93 
uchun ularni ishga tushirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish 
kerak bo‗ladi.Ana shunday maxsus dasturlardan ayrimlarini keltiramiz. 
Wine dasturi.
 
Wine nomi Wine Is Not an Emulator, ya‘ni Wine 
emulyator emas degan ma'noni anglatadi. Bu Windows ilovalari va 
Linux tizimi o‗rtasidagi qatlamning bir turi. Bu foydalanuvchiga ko‗plab 
mashhur Windows dasturlarini o‗rnatish va ishga tushirish va ular bilan 
xuddi mahalliy Linux ilovalari kabi ishlash imkonini beradi. 
43-rasm.Wine dasturi oynasi 
Winetricks.
 
Wine yomon vosita emas, lekin uning interfeysi 
ishlatishga uncha qulay emas. Agar ushbu dastur bilan ishlab, etarli 
natijaga 
erishmagan 
foydalanuvchilar, 
Winetricks 
dasturidan 
foydalanishlari mumkin. Winetricks Windows ilovalarini o‗rnatish va 
ishga tushirish uchun chiroyli grafik interfeysga ega va yangi 
foydalanuvchilar uchun tushunish uchun juda oson. 


94 
PlayOnLinux. 
PlayOnLinux Linuxda Windows ilovalarini ishga 
tushirish uchun yana bir qulay vositadir. Winetricks kabi, u oddiy grafik 
interfeysga ega. Ammo, undan farqli o‗laroq, PlayOnLinux ma'lum bir 
dastur uchun Wine-ning ma'lum bir versiyasini tanlash imkonini beradi. 
Bu kerak bo‗lgan dasturlardan biri Wine-ning yangi versiyalari bilan 
to‗g‗ri ishlamasa foydali bo‗ladi. Umuman olganda, PlayOnLinux 
Winetricks-ga qaraganda ancha qulay va amaliy foydali hisoblanadi.
44-rasm.PlayOnLinux dasturi oynasi 
 
Crossover.
Ba'zida bepul PlayOnLinux va Winetricks ba'zi nozik 
ilovalarni o‗rnatolmaydi. Bunday holda, Crossover dasturi yordam 
berishi mumkin. Ushbu dasturdan foydalanish juda oson. Faqat qaysi 
dasturni o‗rnatmoqchi ekanligini ko‗rsatish va o‗rnatish faylini 
Crossover-ga o‗tkazish kerak. Qolganlar barcha vazifani dasturni o‗zida 
bajariladi. 


95 
45-rasm.
Crossover dasturi oynasi 
Crossover litsenziyasi bir yil uchun 39,95 dollar turadi, ammo 
dasturni bepul sinov muddatida ham ishlatish mumkin. Uning to‗g‗ri 
ishlashiga ishonch hosil qilish uchun birinchi navbatda kerakli dasturni 
o‗rnatish tavsiya etiladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə