Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Linux tizimidagi paket menejerlari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

6.3.Linux tizimidagi paket menejerlari 
YUM (Yellowdog Updater Modified)
- bu ochiq kodli buyruq qatori 
yordamchi dasturi bo‗lib, RPM (RedHat Package Manager) uchun grafik 
paket menejerixamdir. Yum yordamida foydalanuvchi yoki tizim 
ma'muri Fedora linux, RHEL, CentOS tizimlarida dasturiy paketlarni 
osongina qidirishi, o‗rnatishi, yangilashi, o‗chirishi mumkin. Yum, 
bog‗liqlik aniqlangan paketlarni topish va o‗rnatish uchun ko‗plab 
uchinchi tomon omborlaridan foydalanadi.
Agar grafik echimni afzal 
ko‗rsangiz, bu dastur o‗rniga YUM Extender-ni ishlatish mumkin. 
YUM yordamida RPM paketlarini o‗rnatish 
RPM paketini o‗rnatish uchun quyidagi buyruqni kiriting: 
yum install nameofpackage 
Masalan: 
yum install scribus 
YUM bilan paketlarni yangilash.
Agar tizimdagi barcha paketlarni yangilash kerak bo‗lsa, quyidagi 
buyruq bajariladi: 
yum update 
Muayyan paket yoki paketlarni yangilash uchun quyidagi 
buyruqlar bajariladi: 
yum update nameofpackage 
Agar siz paketni ma'lum bir versiyagacha yangilamoqchi 
bo‗lsangiz, update-to buyrug‗ini quyidagicha ishlatishingiz kerak: 
yum update-to nameofpackage versionnumber 
Masalan: 
yum update-to flash-plugin 11.2.202-540-release 
YUM yordamida yangilanishlarni o‗rnatmasdan tekshirish mumkin 
Ba'zan yangilanishni amalga oshirishdan oldin nimani yangilash 
kerakligini bilish kerak bo‗ladi. 
Quyidagi buyruq yangilanishi kerak bo‗lgan dasturlar ro‗yxatini 
chiqaradi: 


89 
yum check-updates 
YUM bilan dasturlarni o‗chirish
Linux tizimidan dasturni o‗chirish, quyidagi buyruqdan foydalanib 
bajariladi: 
yum remove programname 
Tizimdan dasturlarni olib tashlash oddiy bo‗lib tuyulishi mumkin, 
lekin bitta dasturni olib tashlash orqali boshqasining ishlashiga to‗sqinlik 
qilish mumkin. 
O‗chiriladigan dasturga bog‗liq bo‗lgan dasturlarni o‗chirish uchun 
quyidagi buyruqni ishlating: 
yum autoremove programname 
Avtomatik o‗chirish buyrug‗i quyida ko‗rsatilganidek, hech 
qanday parametrlarsiz ishlatilishi mumkin: 
yum autoremove 
Bu tizimda siz aniq o‗rnatmagan va hech qanday bog‗liqlik 
bo‗lmagan fayllarni topadi. Ular 
leaf 
paketlar deb nomlanadi. 
YUM yordamida mavjud bo‗lgan barcha paketlar ro‗yxatini 
quyidagi buyruq yordamida olish mumkin: 
yum list 
Ro‗yxat yanada foydali bo‗lishi uchun qo‗shishingiz mumkin 
bo‗lgan qo‗shimcha parametrlar mavjud. 
Masalan, tizimda mavjud bo‗lgan barcha yangilanishlar ro‗yxatini 
olish uchun quyidagi buyruqni bajaring: 
yum list updates 
Tizimda o‗rnatilgan barcha paketlarni ko‗rish uchun quyidagi 
buyruq bajariladi: 
yum list installed 
YUM bilan RPM paketlarini qidirish mumkin. 
Muayyan paketni topish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi: 
yum search programname|description
Masalan, Steam paketini qidirish uchun quyidagi buyruqni 
ishlating: 


90 
yum search steam 
YUM yordamida RPM paketlari haqida ma'lumot olish mumkin 
Paket haqida muhim ma'lumotlarni quyidagi buyruq yordamida 
olish mumkin: 
yum info packagename
RPM (RedHat Package Manager)
- RedHat asosidagi RHEL, 
CentOS, Fedora tizimlari uchun eng mashhur paketlarni boshqarish 
dasturi. Bu dastur tizim ma'murlari va foydalanuvchilariga Unix/Linux 
operatsion tizimlarida tizim dasturlari paketlarini o‗rnatish, yangilash, 
o‗chirish, so‗rov qilish, tekshirish va boshqarishga imkon beradi. 
RedHat operatsion tizimlarida 
.rpm
paketlar fayllari ishlatiladi, 
Debian tizimlarida 
.deb
paketlar fayllari ishlatiladi.
rpm
fayllarini 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri Debian tizimiga o‗rnatib bo‗lmaydi va RedHat 
tizimiga 
.deb
fayllari uchun ham xuddi shunday. Bu paketlarni tegishli 
paketlarni boshqarish tizimidan foydalanib, bir -biriga moslashtirish 
kerak bo‗ladi. 
Linux Ubuntuda RPM paketlarini o‗rnatish 
RPM paketini o‗rnatishning ikki yo‗li mavjud. Ulardan biri 
.rpm
faylini 
.deb
faylga aylantirish, ikkinchisi 
.rpm
paketini to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
o‗rnatish. Ubuntuda RPM paketlarini o‗rnatish usulini ko‗rib chiqaylik. 
Buning uchun
"Alien"
deb nomlangan paketni o‗rnatish kerak 
bo‗ladi. U 
.rpm
fayllarini 
.deb
fayllariga o‗zgartiradi. Dasturiy ta'minot 
ombori(repozitoriyi)ni qo‗shib, ―Alien‖ni o‗rnatiladi. "Universe" 
omborini qo‗shish va paketlarni yangilash uchun terminalda quyidagi 
buyruq bajariladi: 
sudo add-apt-repository universe 
sudo apt-get update 
Terminalda quyidagi buyruqni bajarib, Alien paketi o‗rnatiladi: 
sudo apt-get install alien 
 
Alien paketi o‗rnatilgandan so‗ng, 
.rpm
fayllarini 
.deb
fayllariga 
aylantirish mumkin bo‗ladi. 
Rpm
fayllar bo‗lgan papkaga o‗tib, quyidagi 
buyruqni bajarish kerak: 
sudo alien .rpm 


91 
Endi fayllar 
.deb
formatiga o‗tkaziladi. Quyidagi buyruq 
yordamida o‗zgartirilgan faylni osongina o‗rnatish mumkin: 
sudo dpkg -i .deb 
 
RPM paketini to‗g‗ridan -to‗g‗ri Ubuntuga o‗rnatish 
Rpm paketini to‗g‗ridan-to‗g‗ri Ubuntuga o‗rnatish uchun quyidagi 
buyruqni bajarish kerak bo‗ladi: 
sudo alien -i .rpm 
 
Apt-get
yordam dasturi-Linuxning Debian, Ubuntu distributivlarida 
paketlarini boshqarish uchun kuchli va moslashuvchan buyruq qatori 
dasturi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari
apt-get
butun operatsion 
tizimni yangilash uchun ishlatiladi. 
Apt-cache
dasturi buyruq qatori 
yordamchi dasturi bo‗lib, apt keshida dasturiy paketlarni topish, paketlar 
haqida ma'lumot to‗plash va Debian yoki Ubuntu operatsion tizimlariga 
o‗rnatish uchun tayyor paketlarni topish uchun ishlatiladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə