Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Paket menejeri yordamida o‘rnatish



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

6.2.Paket menejeri yordamida o‘rnatish 
Dasturiy ta'minot paketlarini o‗rnatish va boshqarish usullarining 
evolyutsiyasi vaqt o‗tishi bilan omborlar bilan chambarchas bog‗langan 
paket menejerlaridan foydalangan holda rivojlandi. Ma'lumotlar 
omborlari o‗z bog‗liqliklari haqida ma'lumotga ega bo‗lgan paketli 
dastur fayllarini o‗z ichiga oladi. O‗rnatishdan so‗ng, tizim omborlari 
allaqachon operatsion tizimga ulangan: ular operatsion tizimni yangilash 
va operatsion tizimning ushbu versiyasi bilan ishlash uchun 
moslashtirilgan va optimallashtirilgan dasturiy paketlarni o‗rnatish 
uchun ishlatilishi mumkin. 
Paketlarni o‗rnatishni boshlashdan oldin, ombordagi versiya va 
bog‗liqlik ma'lumotlarini quyidagi buyruq bilan yangilash tavsiya 
etiladi: 
sudo apt-get update 
39-rasm.
sudo apt-get update buyrug‗i natijasi 


86 
Agar o‗rnatilmoqchi bo‗lgan paket nomiga aniqlik kiritish kerak 
bo‗lsa, mahalliy kesh- menejerida kalit so‗zlar qidiriladi, masalan, web -
server: 
sudo apt-cache search web server 
Natijada, kalit so‗zlarning tavsifida mavjud bo‗lgan paketlarning 
ro‗yxatini ko‗rish mumkin bo‗ladi(40-rasm): 
 
40-rasm.
Paketlar ro‗yxati 
Ro‗yxatdan kerakli paketni tanlab – masalan apache2 uni o‗rnatish 
mumkin bo‗ladi: 
sudo apt-get install apache2 
 
Paket menejeri bog‗liqliklarni, versiyalarni tekshiradi, ularni 
apt-
get
orqali o‗rnatilgan paketlar bilan taqqoslaydi, shundan so‗ng u 
o‗rnatish uchun zarur bo‗lgan komponentlar ro‗yxatini ko‗rsatadi va 
ishni davom ettirish uchun ruxsat so‗raydi: 


87 
41-rasm.
Komponentlar ro‗yxati 
Y
tugmasi bosish va o‗rnatish jarayoni tugashini kutiladi. 
Paket menejerlarida ishlatiladigan buyruqlar: 
apt -get update
- ulangan omborlardagi paketlar va bog‗liqliklar 
haqidagi ma'lumotlarni yangilash; 
apt -get upgrade
- barcha o‗rnatilgan paketlarni omborda mavjud 
bo‗lgan joriy versiyaga yangilash; 
apt -get install package_name
- paketni o‗rnatish; 
apt -get remove package_name
- paketni o‗chirib tashlash; 
apt -get download package_name
- deb paketini mahalliy papkaga 
yuklab olish; 
apt -cache
kalit so‗zlarini qidirish - kalit so‗zlar bo‗yicha paketni 
qidirish; 
apt -cache
show
package_name
- paket haqidagi ma'lumotlarni 
ko‗rsatish; 
apt-cache 
depends 
package_name

joriy 
paket 
qaysi 
komponentlarga bog‗liqligini ko‗rsatish; 
apt-cache rdepends package_name
- qaysi komponentlar paketga 
bog‗liqligini ko‗rsatish; 
apt -mark hold package_name
- paketning joriy versiyasini 
tuzatish, paketni yangilashni to‗xtatish; 
apt -mark unhold package_name
- paket yangilanishini yoqish. 


88 
Paketlarni boshqarish qisqa qilib aytganda - bu operatsion tizim 
dasturlarini o‗rnatish(kerak bo‗lganda yangilash yoki o‗chirish) va 
saqlashdir. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə