Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Terminal bilan ishlash 
Terminal - bu konsolga taqlid qiladigan grafik dastur.Bunday 
dasturlar grafik rejimidan chiqmasdan buyruqlarni bajarishga imkon 
beradi.Terminal konsolga nisbatan qo‗shimcha funktsiyaga ega 
(sichqonchani boshqarish, kontekst menyusi, aylantirish paneli
yorliqlar, bir nechta oynalarni ishga tushirish, asosiy menyu, grafik 
sozlamalar). 
Terminalni quyidagicha ishga tushirishingiz mumkin: 
1)Asosiy menyu → Qidiruv
satriga 
Terminal 
so‗zini kiritish 
yoki Ctrl + Alt + T tugmalar birikmasini bosish 
2)Приложения → Стандартные → Терминал 
3)Asosiy 
 menyu → Ilovalar → Tizim → Terminal 


79 
Terminal ishga tushirilganda har doim qaysidir katalog nomini 
ko‗rsatadi. Odatda, bu joriy katalog-foydalanuvchining uy katalogidir, 
lekin, albatta, uni o‗zgartirish mumkin. 
Ayni vaqtda qaysi katalogda ekanligingizni aniqlash juda oddiy, 
ya‘ni terminal taklifnomasiga qarab, har bir satr boshida avtomatik 
ravishda paydo bo‗ladigan belgilarga qarang. 
Terminal ishga tushirilganda, foydalanuvchining uy papkasi joriy 
katalogga aylanadi va shuning uchun ~ belgisi joriy foydalanuvchining 
uy papkasi manzilining sinonimi bo‗ladi.
Terminalni ishga tushirgandan so‗ng, buyruqlar kiritiladigan qator 
ko‗rinadi, masalan: 
Vladimir @ Zotac-Zbox-Nano: ~ $ 
Vladimir - foydalanuvchi nomi 
@ - foydalanuvchi va kompyuter nomi orasidagi ajratuvchi 
Zotac-Zbox-Nano-kompyuter nomi 
: - ajratuvchi 
~ - buyruq qaysi papkada bajariladi, ~ bu foydalanuvchi papkasi, agar 
ls
buyrug‗i ishlatilsa, ushbu papkadagi fayllar ro‗yxatini ko‗rish mumkin 
bo‗ladi. 
$ - belgisi oddiy foydalanuvchi huquqlari bilan buyruqni bajarishga 
taklifnoma (# administrator huquqlariga ega buyruqlarni bajarishga 
taklifni bildiradi). 
37-rasm.Terminal oynasi 
Terminalda 
Nusxa ko‗chirish / joylashtirish 
buyruqlari- standart 
Ctrl+C
va 
Ctrl+V
tugmalari ishlamaydi, bularning o‗rniga eski 
Ctrl + 


80 
Insert
va 
Shift + Insert
yoki 
Shift
tugmasini qo‗shib: nusxalash uchun 
Ctrl+Shift+C
va 
Ctrl + Shift + V
kombinatsiyalaridan foydalanadi. 
Ko‗pchilik qo‗llanmalar va ko‗rsatmalarda terminal buyruqlariga 
duch kelish mumkin. Bu juda ko‗p grafik qobiqlarning mavjudligi bilan 
bog‗liq va ularning har biri uchun qandaydir harakatni qanday bajarish 
kerakligini tushuntirish juda qiyin bo‗lishi mumkin. Terminal hamma 
uchun bitta va hamma qobiqlarda bir xil buyruqlar ishlaydi (albatta, 
qobiqni o‗zini sozlash buyruqlaridan tashqari). Bundan tashqari, 
sichqoncha bilan nimani, qayerda va qanday bosish kerakligini 
tushuntirishdan ko‗ra, bitta buyruq berishni tushuntirish ancha oson. 
Ko‗pincha ko‗p buyruqlar biror joydan ko‗chirib olib kelinmasdan 
qo‗lda yozilishi kerak bo‗ladi. Bunda Terminalning 
avtoto‗ldirish
deb 
nomlangan ajoyib funktsiyasi yordamga keladi. Misol uchun Terminalga 
apt-g
kiritib,
Tab
tugmachasi bosilsa, Terminal avtomatik ravishda 
buyruqni to‗ldiradi va 
apt-get 
ko‗rinishga keltiradi.
Terminalda 
buyruqlarni to‗ldirish deyarli hamma joyda ishlaydi va nafaqat buyruqlar 
uchun, balki ularning argumentlari va fayl nomlari uchun ham.
Terminalni ochib, 
Ctrl + R
tugmalar birikmasini bosib, kerakli buyruqni 
yozilgandan keyin Terminal oldindan yozilgan buyruqlardan avtomatik 
ravishda mos variantlarni almashtiradi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə