Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Jarayonlarni ro‘yxat shaklidagi ko‘rish uchun PS buyrug‘idan



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Jarayonlarni ro‘yxat shaklidagi ko‘rish uchun PS buyrug‘idan 
foydalanish 
Yuqoridagi buyruqlar yordamida ko‗pchilik uchun tanish bo‗lgan 
vazifalar menejeriga o‗xshash ishlaydigan jarayonlarni kuzatishga 
imkon beradigan qulay interfeysga ega bo‗lish mumkin. Biroq, bunday 
vositalar moslashuvchanlik nuqtai nazaridan har doim ham yetarli emas 
va kerakli tizim stsenariylarini yetarli darajada qamrab olmaydi. 
Jarayonlarning to‗liq tasvirini olish uchun quyidagi buyruqni 
bajarishingiz mumkin: 
ps aux 
USER PID %CPU %MEM VSZ RSS TTY STAT START TIME 
COMMAND 
root 1 0.0 0.2 24188 2120 ? Ss 14:28 0:00 /sbin/init 
root 2 0.0 0.0 0 0 ? S 14:28 0:00 [kthreadd] 
root 3 0.0 0.0 0 0 ? S 14:28 0:00 [ksoftirqd/0] 
root 6 0.0 0.0 0 0 ? S 14:28 0:00 [migration/0] 
root 7 0.0 0.0 0 0 ? S 14:28 0:00 [watchdog/0] 
root 8 0.0 0.0 0 0 ? S< 14:28 0:00 [cpuset] 
root 9 0.0 0.0 0 0 ? S< 14:28 0:00 [khelper]. . .

Bu parametrlar, foydalanuvchi terminalidan qat'iy nazar, barcha 
foydalanuvchilarga tegishli bo‗lgan 
ps
jarayonlarini ko‗rsatadi. 


65 
Jarayon identifikatsiyasi 
Unixga o‗xshash tizimlarda har bir jarayonning o‗ziga xos PID-
identifikatori bor, u orqali operatsion tizim jarayonlarning har qanday 
faolligini kuzatish va aniqlash mumkin. Muayyan jarayonning 
identifikatorini bilish uchun quyidagi buyruq foydalanish mumkin: 
pgrep bash 
Shunday qilib, jarayon identifikatorini so‗rash va uni qaytarish 
mumkin. Ishga tushirish jarayonida birinchi ishlaydigan jarayon 
init 
deb 
ataladi 
PID 1 
bilan belgilanadi. U boshqa barcha tizim jarayonlarini 
yaratish/boshlash uchun javobgardir. Boshqa jarayonlarni boshlash 
uchun mas'ul bo‗lgan 
bosh
jarayon mavjud. Agar bosh jarayonlari 
to‗xtatilsa, unga tegishli barcha voris jarayonlar ham to‗xtatiladi. Bosh 
jarayonlarining PID-lari PPID-lar deb ataladi. Agar foydalanuvchi 
operatsion tizim bilan aloqa qilsa va jarayonlarni o‗qishi kerak bo‗lsa, 
identifikatorlarning jarayon nomlariga o‗girish kerak bo‗ladi.
PID signalining eng keng tarqalgan usullaridan biri bu 
kill
buyrug‗i. Odatda uning funksionalligi jarayonni tugatishgacha 
mo‗ljallangan (kill PID_of_target_process). Bu buyruq bajarilganda, 
barcha jarayonlarga TERM signali yuboriladi. Shunday qilib, ish dasturi 
kerakli tozalash ishlarini bajaradi va xavfsiz chiqib ketadi. 
Jarayonlarni to‗xtatish (kill) 
Agar jarayonni to‗xtatish kerak bo‗lsa, 
top
buyrug‗i ishlayotganda 
k
tugmasini bosish kerak. Bu jarayon identifikatorini so‗rashga olib keladi, 
uni kiritib, Enter tugmasi bosiladi. Bizning misolimizda biz 
vim
matn 
muharririni to‗xtatamiz. 


66 
31-rasm.Jarayonlar ro‘yxati oynasi 
Keyin jarayonni o‗ldirish kerak bo‗lgan signalni kiritish kerak. 
Agar bu maydon bo‗sh qoldirilsa, 
SIGTERM
ishlatiladi. Agar jarayonni 
majburan to‗xtatish kerak bo‗lsa, bu erga SIGKILL kiritilishi kerak. 
Bunda signal raqamidan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, 
SIGTERM uchun 15 raqami va SIGKILL uchun 9 kiritiladi. 
Jarayonlar ro‗yxatini saralash 
Top
kabi vositadan foydalanishning eng keng tarqalgan 
sabablaridan biri qaysi jarayon eng ko‗p resurslarni sarflayotganini 
aniqlashdir. Ro‗yxatni saralash uchun quyidagi tugmachalar ishlatilishi 
mumkin: 

M - xotira bo‗yicha saralash uchun; 

P - protsessor ishlatilishiga qarab saralash; 

N - jarayon identifikatori bo‗yicha saralash uchun; 

T - ish vaqti bo‗yicha saralash. 
Odatda, natijalar kamayish tartibida ko‗rsatiladi, lekin R tugmachasini 
bosib, ularni o‗sish tartibida saralash mumkin. 
 
Qo‗shimcha funktsiyalar 
Odatda, 
top
jarayonning to‗liq yo‗lini ko‗rsatmaydi va yadro va 
foydalanuvchi maydonidagi jarayonlarni farq qilmaydi. Agar bu 


67 
ma'lumot kerak bo‗lsa, 
C
tugmasini bosish kerak. Standart displeyga 
qaytish uchun yana 

tugmasi qayta bosiladi. 
Ba'zida ish jarayonida bosh-voris jarayonlarining ierarxiyasi kerak 
bo‗lishi mumkin. Buni 
V
tugma yordamida to‗liq ochib-kengaytirib 
ko‗rish mumkin bo‗ladi. 
Muayyan foydalanuvchining jarayonlarini ko‗rish uchun 
U
tugmasi bosiladi, so‗ng foydalanuvchi nomi kiritiladi yoki hamma 
foydalanuvchilar uchun jarayonlarni ko‗rsatish uchun bo‗sh qoldiriladi. 
CPU va xotira statistikasi ko‗rinishini o‗zgartirish uchun 
T va M
tugmalaridan foydalanish mumkin. 
32-rasm.Jarayonlar ro‗yxati oynasi 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə