Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Linuxda konsol va terminal bilan ishlash



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

5.2.Linuxda konsol va terminal bilan ishlash 
Linuxning zamonaviy distributivlarida masalan Ubuntuda ikkita 
interfeys mavjud: grafik interfeys va buyruq qatori interfeysi. 
Grafik foydalanuvchi interfeysi (Graphical user interface, GUI). - 
grafik tugmalari, qalqib chiquvchi menyular, oynalar va boshqa 
elementlar yordamida dasturni boshqarishni nazarda tutadi va bunda 
ko‗pgina amallarni sichqoncha yordamida bajarish mumkin. 
Grafik foydalanuvchi interfeysi afzalliklari: dastur va uning 
tarkibini vizualizatsiya qilish, dastur imkoniyatlarini hujjatlarni 
o‗qimasdan o‗rganish mumkin. 
Buyruqlar satri interfeysi (Command Line Interface, CLI). - 
buyruqlar yordamida dasturni boshqarish.
Buyruqlar satri, qobiq, konsol - bu atamalar buyruq kiritish va 
chiqarishni ta'minlaydigan standart kirish / chiqarish qurilmalari 
yordamida inson-operatorining operatsion tizim bilan o‗zaro ta'sirini 


78 
tashkil etish uchun ishlatiladi. Buyruqlar harflar, raqamlar, belgilardan 
iborat bo‗lib, satrma -satr yoziladi, Enter tugmachasini bosgandan so‗ng 
bajariladi. Bu erda asosiy vosita - klaviatura. 
Buyruqlar satri interfeysi tizim yadrosiga o‗rnatilgan bo‗lib, u 
grafik interfeys ishga tushmasa ham mavjud bo‗ladi. 
Afzalliklari: resurslarning kam sarflanishi, buyruqlar bajariladigan 
harakatlar ro‗yxatining moslashuvchanligi, buyruqni avtomatik tarzda 
bajarish qobiliyati, buyruqlarni nusxalash va joylashtirish qobiliyati.
Konsol va terminal buyruqlarni dasturiy qobiq yordamida bajaradi. 
Dasturiy qobiq - bu buyruqlar tarjimoni, u buyruq satriga kiritilgan 
buyruqlarni taniydi va buyruqni bajarish uchun dasturlarni ishga 
tushiradi. 
Ubuntuda qobiq sifatida ―bash‖ qobig‗i ishlatadi va u bash tilidagi 
buyruqlarni taniydi. 
Bashni boshqa qobiq dastur bilan xam almashtirish mumkin, 
ulardan bir nechtasi bor. Har bir qobiq o‗ziga xos sozlash va 
imkoniyatlarga ega.
Buyruqlar satriga ikki yo‗l bilan kirish mumkin: konsol yoki 
terminal orqali. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə