Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Ko‘p ishlatiladigan tugmalar 
Buyruqlarni nusxalash 
Ko‗pincha, terminalga ayrim matn nusxalarini ko‗chirib qo‗yish 
kerak bo‗ladi. 
Ctrl+C
tugmalar birikmasi yordamida misol uchun veb-
sahifadan nusxa ko‗chirilgan matn 
Ctrl+V
tugmalar birikmasini 
bosganda terminalga qo‗yilmasligi mumkin. Linuxda matnni terminalga 
joylashtirishning uchta usuli bor: 
Ctrl+Shift+V 
tugmalar birikmasi 
yordamida, sichqonchaning o‗rta tugmachasini yoki sichqonchaning 
o‗ng tugmachasini bosib,ochiladigan kontekstli menyudan «Вставить» 
buyrug‗ini tanlash bilan. 
Terminalda ishlatiladigan ayrim buyruqlar va tugmalar birikmasi 
quyidagi jadvalda keltirilgan:
↑ yoki Ctrl+P oxirgi ishlatilgan buyruqlarni yuqoriga siljib ko‗rish 
↓ или Ctrl+N oxirgi ishlatilgan buyruqlarni pastga siljib ko‗rish 
Enter 
Tanlangan,terilgan buyruqni bajarish 
Tab 
buyruqlar va fayl nomlarini avtomatik to‗ldirish 
xususiyati. Agar tanlangan belgilar bilan faqat bitta 
buyruq boshlansa, u avtomatik almashtiriladi va agar bir 
nechta buyruqlar variantlari bo‗lsa, bu tugmani ikki 
marta bosish orqali barcha mumkin bo‗lgan variantlar 
ro‗yxati ko‗rsatiladi. 
Ctrl+R 
ilgari kiritilgan buyruqlar ichidan qidirish. Agar uzun 
yoziladigan va murakkab buyruqni qayta bajarishin kerak 
bo‗lsa, uning faqat bir qismini kiritish va bu tugmalar 
birikmasi yordamida butun buyruqni to‗laligicha topish 
mumkin bo‗ladi. 
History 
history
buyrug‗i foydalanuvchi kiritgan barcha buyruqlar 
ro‗yxatini ko‗rsatadi. Har bir buyruqga raqam beriladi.‖ 
x‖ raqamli buyruqni bajarish uchun "!x" yozuvini kiritish 
kerak bo‗ladi. Agar buyruqlar ro‗yxati juda uzun bo‗lsa, 
«history I less»
ni yozish mumkin, bu buyruqlar 
ro‗yxatni siljitib ko‗rish imkonini yaratadi. 


83 
Terminalda sichqoncha ishlamaydi. Satrlar bo‗ylab harakatlanish uchun 
klaviaturadagi 
chap/o‗ng
tugmalarni ishlatish kerak. Belgilar klaviatura 
orqali kiritiladi bunda oldin mavjud matn o‗chirilmaydi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə