Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Linuxda foydalanuvchilar qanday yaratiladi? 
2.
Linuxda Tizim foydalanuvchisini o‗zgartirish mumkinmi ? 
3.
Linuxda Oddiy foydalanuvchilar sonini cheklash mumkinmi?
4.
Linuxda foydalanuvchi guruhlari qanday yaratiladi? 
Mustaqil ishlash uchun masalalar: 
1. 
Linuxda foydalanuvchilarning turlarini sanang; 
2. 
Tizim foydalanuvchisi vazifalarini ayting; 
3. 
Oddiy foydalanuvchi vazifalarini ayting; 
4. 
Linuxda foydalanuvchi guruhlarini ayting. 
 


105 
8-§. Tarmoq. Tarmoqni sozlash. 
8.1.Tarmoqni sozlash 
Linux Ubuntuda tarmoq ulanishi Tarmoq menejeri(Network 
Manager) xizmati yordamida sozlanadi. Simsiz tarmoqqa ulanish uchun 
sichqoncha bilan, ulanish tanlanadi va tizim tanlangan ulanishga 
ulanishni amalga oshiradi. Xuddi shunday, simli ulanishdan 
foydalanganda xam, ya‘ni applet yuklangan zahoti Internet avtomatik 
ravishda ulanadi. 
Ammo Linuxda har doim ham grafik interfeys mavjud 
emas:drayverning 
muvaffaqiyatsiz 
o‗rnatilishi 
yoki 
keyingi 
yangilanishdan so‗ng, grafik qobiq ishga tushmasligi va serverlarda u 
umuman ishlatilmaydigan holatlar bo‗lishi mumkin.
Kompyuterlar paketlar yordamida bir -biri bilan ma'lumot 
almashadilar. Internetdagi barcha ma'lumotlar kichik paketlar yordamida 
uzatiladi. Har bir paketda yuboruvchining manzili, qabul qiluvchining 
manzili va ma'lumotlarning o‗zi bo‗ladi. Bu manzillar IP –manzillar deb 
ataladi. IPga qo‗shimcha ravishda, kompyuterda mahalliy tarmoqdagi 
kompyuterlar o‗rtasida aloqa o‗rnatish uchun ishlatiladigan jismoniy 
manzil mavjud. Bu MAC manzil deyiladi va u tarmoq kartasini ishlab 
chiqaruvchi tomonidan o‗rnatiladi. 
Kompyuter tarmoqqa ulangandan so‗ng, u simli yoki simsiz 
ulanish bo‗ladimi, faqat mahalliy tarmoqdagi kompyuterlar bilan va 
faqat jismoniy manzillar orqali aloqa qila oladi. Global tarmoqqa kirish 
uchun mashina unga qarashli IP manzilini olishi kerak. Buning uchun 
DHCP protokoli ishlatiladi. Mahalliy tarmoqga ulangan kompyuter 
tarmoqdagi barcha kompyuterlardan DHCP serverini aniqlash uchun 
so‗rovlar jo‗natadi, DHCP server aniqlanib, unga javob beradi va IP 
manzilini ajratadi. Xuddi shu tarzda, kompyuter marshrutizatorning IP -
manzilini bilib oladi, u orqali tarmoqqa kira oladi, keyin DNS -
serverlarni topishga yoki marshrutizatordan standartlarini o‗rganishga 
harakat qiladi.
 
 


106 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə