Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Wine dasturi va uning imkoniyatlari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Wine dasturi va uning imkoniyatlari
Wine-bu Windows dasturlarining tizimli buyruqlarini Linux 
operatsion tizimining funktsional buyruqlariga aylantiradigan dasturiy 
ta'minot qobig‗idir. Wine bu Windows dasturi va Linux operatsion 
tizimi, yadro va kutubxonalar o‗rtasidagi qatlamdir.
46-rasm.
Wine dasturi oynasi 


96 
Wine qanday ishlashini tushunish uchun avval Windows yadrosi 
haqida bir necha so‗z aytishingiz kerak. Windows, xuddi Linux kabi, 
yadroga ega. Ma'lumki, Linux yadrosi bitta fayldan iborat va 
boot 
papkasida joylashgan. Windows yadrosi butunlay boshqacha, aslida u 
C: 
\ windows \ system32
papkasida joylashgan 
dll
kutubxonalari to‗plami. 
Shuning uchun, Windows dasturlarini Linuxda ishlashi uchun dasturga 
kerak bo‗lgan dll kutubxonalarini xosil qilish kifoya, ular bizga kerak 
bo‗lgan funktsiyalarni Linux tizimidan chaqirishlari uchun ishlatiladi va 
bu ishni aslida Wine dasturi qiladi. Ammo loyiha juda sekin 
rivojlanmoqda va ishlab chiquvchilar Windows tizim kutubxonalaridan 
barcha funktsiyalarni amalga oshirishga vaqtlari yo‗q, shuning uchun 
unda barcha dasturlar ishlamaydi, ayniqsa yangilari. 
Ommabop dasturlarini qo‗shimcha konfiguratsiyasiz Wineda 
ishlatish oson. Ammo haqiqat shundaki, Linuxda talab qilinadigan 
vazifalarni hal qilish uchun etarli alternativalar mavjud va Wine-da hali 
yozilmagan jiddiy komponentlarni talab qiladigan maxsus dasturlar va 
o‗yinlarni ishga tushirish kerak bo‗lishi mumkin.
Wine-ni o‗rnatish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: 
1. Ubuntu, Debian, Mint: 
sudo dpkg --add-architecture i386 
wget -nc https://dl.winehq.org/wine-builds/Release.key 
sudo apt-key add Release.key 
sudo 
add-apt-repository 
"deb 
https://dl.winehq.org/wine-
builds/ubuntu/ artful main" 
sudo apt-get update 
sudo apt-get install --install-recommends winehq-stable 
2. Fedora: 
sudo dnf install winehq-stable 
3. openSUSE: 


97 
sudo zypper install wine 
4. Arch, Manjaro: 
sudo pacman -S wine 
Wine o‗rnatilgandan so‗ng, uni ilovalar menyusi orqali yoki quyidagi 
buyruq bilan ishga tushirsa bo‗ladi 
winecfg 
Wineni birinchi marta ishga tushirilganda, u qo‗shimcha paketlarni 
o‗rnatishni so‗rashi mumkin, bunda unga ruxsat berish kerak. Shundan 
so‗ng, EXE formatidagi barcha Windows dasturlari tizimdagi Winega 
moslashadi. 
Endi kerak bo‗lgan Windows ilovasining o‗rnatuvchisini yuklab 
olish, fayl menejerida unga mos papkani topish va faylni ochish kerak. 
Yoki quyidagi buyruq kiritiladi: 
wine dasturgacha yo‗l 
Bunda Windows ilovasi har doimgidek ishga tushadi va ishlaydi. 
O‗rnatish fayli ochilgan bo‗lsa, xuddi Windowsdagi kabi dasturni 
o‗rnatish boshlanadi. Agar dastur o‗rnatishni talab qilmasa, u bilan 
darhol ishlashni boshlash mumkin. 
Wine-da barcha ilovalarni o‗rnatish va ishga tushirish mumkin 
emas, ammo qo‗llab-quvvatlanadigan dasturlar soni yetarlicha.

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə