Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Tashkilotning yangiliklarni qabul qilishi. YAngiliklarga qarshilik ko'rsatish va joriy etish, yangiliklarni qo'llab-quvvatlash



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə27/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

4.4. Tashkilotning yangiliklarni qabul qilishi. YAngiliklarga qarshilik ko'rsatish va joriy etish, yangiliklarni qo'llab-quvvatlash
Innovatsion jarayonning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

        1. manzillilik (tashkilotning aniq taktik va strategik maqsadlariga e'tibor);

        2. tahlikalik (riskovannost) (natijaning noaniqligi omili),

        3. qarama-qarshilik (eski va yangi o'rtasida);

        4. ko‘p o‘lchovlilik (tashkilotning bir kichik tizimidagi o‘zgarishlar boshqa kichik tizimlarda va umuman tashkilotda o‘zgarishlarga olib keladi).

Innovatsion jarayonni tizimlashtirish orqali quyidagi sxemani tashkil etish mumkin: yangilikka bo'lgan ehtiyojni aniqlash - tadqiqot - rivojlantirish - amalga oshirish - foydalanish.16
Innovatsiyalarga bo'lgan ehtiyoj tashqi omillar (raqobatning kuchayishi, iqtisodiyotdagi o'zgarishlar, yangi qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi va boshqalar) ta’siri ostida ham, ichki omillar (mahsuldorlikning pasayishi, ziddiyatli vaziyatlarning mavjudligi va boshqalar) ta’siri ostida ham amalga oshirilishi mumkin.
YAngiliklarni joriy etish zarurligini anglab, muammolarning haqiqiy sabablarini aniqlash uchun diagnostika (tegishli ma'lumotlarni to'plash) o'tkazish kerak. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun ushbu muammolarning yangi va noyob echimlarini izlaydigan "innovatsion guruh" shakllantiriladi, ya'ni, innovatsiyalarni shakllantirishda bevosita ishtirok etadi.
Innovatsiyani ishlab chiqish uni amalga oshirish bilan tugaydi. Amaliyotga joriy etish jarayonida boshqarish mexanizmlari yordamida rejalashtirilgan o'zgarishlar ishlarning qoniqarsiz holatini qay darajada to'g'rilashga yordam berishi, ularni qanday qabul qilishlari va ularni amalga oshirishni takomillashtirish imkoniyatlari aniqlanadi. Shunday qilib, joriy etish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun yangiliklar ba'zi o'zgarishlarga duch kelishi mumkin. Shuningdek, yangilikni joriy qilish jarayonida rag'batlantirish mexanizmlaridan foydalangan holda xodimlar tomonidan yangilikni qo'llab-quvvatlashi va qabul qilishiga erishish kerak.17
Amaliyotga joriy etish - bu innovatsion jarayonning eng qiyin bosqichidir. Innovatsiyalarni joriy etishning murakkabligini tahlil qilish uchun foydalanish mumkin bo'lgan parametrlar mavjud: yangi bilan eskining farqi; o'zgarishlarning ko'lami va o'zaro bog'liqligi; maqsadga muvofiq faoliyat dasturiga ehtiyoj; noaniqlik, kutilmagan muammolar va imkoniyatlar.
Umuman olganda, amalga oshirish muammosi bir necha jihatlarni o'z ichiga oladi:

  1. zarur tashkiliy qayta qurish vaqtining kechikishi;

  2. past samaradorlik, ba'zida esa menejmentdagi yangiliklarning yaroqsizligi;

  3. menejment nazariyachilari tomonidan yangi boshqaruv tizimlari va usullarini ishlab chiqish va ulardan amaliyotda foydalanish o'rtasida sezilarli farq.

Boshqaruv yangiliklarini amaliyotga joriy etishda muammolar paydo bo'lishining asosiy sabablari quyidagilardir:

  1. Innovatsion jarayon ishtirokchilarining qarama-qarshi maqsadlari, faoliyat sabablari, manfaatlari; xodimlarning yangilikka qarshilik ko'rsatishi; boshqaruv yangiliklarini joriy qilishda byurokratik to'siqlarning paydo bo'lishi.

  2. Innovatsion jarayonning parchalanishi, turli ishtirokchilar o'rtasida alohida bosqichlarning taqsimlanishi (ishlab chiqish, taqsimlash va joriy etish).

  3. Innovatsiyalarni ishlab chiquvchilar va uni amalga oshirish jarayonini tashkil etuvchi mutaxassislarning qoniqarsiz faoliyati.

Innovatsiyani joriy etish to'g'risidagi qaror, asosan, tashkilotning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Menejmentning yangi usullari va shakllarini tez-tez va tezroq o'zlashtiradiganlar, yangiliklarni ko'proq qabul qilishadi va ko'proq innovatsion salohiyatga ega.
Tashkilotning boshqaruv innovatsiyalariga moyilligini quyidagi funktsiya sifatida taqdim etish mumkin [5]:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə