Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini xisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |