Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə282/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

TUNYUKUK BITIKTOSHI

Tunyukuk shaxs nomi. Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi bo‘lgan. Xoqon qadimgi turkiy xalqlarda mamlakat hukmdorining nomidir. Eltarish xoqon-Ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi edi. Tunyuquq bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170 sm, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Tunyukuk bitigi 310 misradan iborat bo‘lib, 717-718 (ba’zi manbalarda 712-716-yillar ko‘rsatilgan) yillarda yozilganligi qayd etilgan. Tunyukuk o‘z bitigini tirikligida yozdirgan. Bu yodgorlikni Elizaveta Klemens 1987-yili Shimoliy Mo‘g‘ulistonda turmush o‘rtog‘i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktoshlar Ulan-Bitordan 66 km janubi-sharqidagi Bain Sokto manzilida bo‘lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. Tunyuquq etti yuz kishini birlashtirib “shad” degan unvon oladi. Bu turk xoqonlidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi.

Toshbitik Tunyukukning Tabg’ach elida tarbiya topganligi, turkiylarning tabg’achlarga qaram ekanligi hikoya qilish bilan boshlanadi. “Bilga (dono) Tunyukuk men o’zim. Tabg’ach davlatida tarbiyalandim.turk xalqi tabg’ach davlatiga bo’ysunar edi…” Tunyukukning bu xabari haqida N.Raxmonovning “Turk xoqonligi” risolasida shunday voqea keltiriladi: “Tunyukuk turk zodagonlarining tabg’ach imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan o’g’illaridan biri edi. Bundaylarga ular xitoycha nom berar, xitoycha o’qitar va xitoyparastlik ruhida tarbiya qilar edi. Tunyukukning xitoycha nomi Yuanchjen ham xitoyparastlik sabab qo’yilgan edi. Yuanchjen “Tunyuk” so’zining aynan tarjimasi bo’lib, “to’g’ich javhar”degan ma’noni anglatadi. azkur bitikda Tunyukuk vatanparvar shaxs sifatida ta’riflangan. Tunyukuk ega bo‘lgan insoniy fazilatlar – insonparvarlik, ezgulik va haqiqat tantanasi yo‘lida kurashish uning qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi obro‘sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyukuk tomonidan turkiy xalqlar qo‘liga tushgan asirlarni o‘z yurtlariga jo‘natib yuborishi dushman qabilalar a’zolarining bosh egib kelishi, ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurash chog‘ida ezgulikning g‘alabaga erishishi kabi holatlar shu asosida qon to‘kishning oldini olish mumkinligidan dalolat ekanligiga ishora qilinadi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik namunasini ko‘rsatadi, ammo xoqonlik davlati qonunlarini ham qattiq himoya qiladi.

Tunyuquq Bo‘gu tarxon va Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoytaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o‘tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.

Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida Tunyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo‘lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jar’at, ba’zan nihoyatda nihoyatda keskinlik, cho‘rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko‘rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namyn bo‘ladi.

Tunyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o‘z vatani, xoqoni, qo‘shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o‘zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.

Hatto dushmanlarning “xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan bahosida ham shu ruh mavjud. Tunyuquqning xotirjamligi esa “xalqning tomog‘i to‘q edi” jumlasi orqali ifodalangan.

Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan Tunyuquqning “tun uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi” deyishi uning o‘z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko‘rsatib turibdi.

Tunyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: “Bu tark xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim”.

Asarda oltinga “sariq”, kumushga “oq”, tuyaga “egri” singari epitetlar -sifatlashlar qo‘llanilgan.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə