Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Komenskiyning dunyoqarashi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə312/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko‘ramiz.

1. Natur falsafasi. 16-17-asrlarda ingliz faylasufi - materialist Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o‘qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo‘lmagan erda bilish ham yo‘q, deydi u.

2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo‘lganligi uchun Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog‘liq edi.

3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg‘onish davri ta’sirida vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning hammasi o‘rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir.

Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq. Ajralib qolgan narsa yo‘q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o‘sishda, o‘sish esa o‘z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.

Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. “Buyuk didaktika”da o‘qitish tabiiylikka bo‘ysunishi, o‘qitish tabiat talabiga bo‘ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o‘sish jarayoni tabiatdagi o‘sish jarayoniga o‘xshagan bo‘ladi. Masalan, bog‘bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o‘sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o‘qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo‘ysinadi. O‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir bo‘lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o‘sishiga ta’sir etadi deyishi o‘z davrida ilg‘or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo‘lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o‘sadi.

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o‘stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o‘sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo‘ladi. Xuddi olmadagi urug‘ga o‘xshab ba’zida ko‘proq, ba’zida kamroq bo‘ladi.

Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug‘lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo‘linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo‘linadi; go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, etuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo‘linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta’lim.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə