Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə317/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Izchillik tamoyilida -fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali tarzda o‘rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo‘yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash, o‘qishning bola yoshiga mos bo‘lishi, material izchillik bilan o‘rganilishi, ya’ni bugungi material ertagi bilan bog‘lanishi va keyingi o‘tiladigan materialga yo‘l ochish kerak.

Komenskiy materialni mustahkam, asosli o‘zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, “mustahkam asos” vujudga keltirish, o‘qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog‘lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi kerak. O‘tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish o‘quvchilarning materialni mustahkam o‘zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko‘pligini ko‘rsatadi. Mashqlar o‘rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo‘llarini aniqlab beradi. O‘qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo‘shib olib borish kerakligini ko‘rsatadi.

Komenskiy maktablarda mashq qilish bilan yozishni, nutqni mashq qilish bilan gapirishni, ashulani mashq qilish bilan ashula aytishni, xulosalar chiqarib berish yo‘li bilan xulosalar chiqarishni va shu kabilarni o‘rgansinlar, toki maktab ishi qizib turgan bamisoli bir ustaxona bo‘lsin deydi. SHuningdek, u o‘quvchilarning bilish qobiliyatini o‘stirishga, bilimga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga bo‘lgan g‘ayratini oshirishga intildi.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə