Ta`limning ilk tashkiliy shakllari. Individual ta`lim o`quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo`lib, u dastavval antik Gretsiyada paydo bo`lgan edi. O`qituvchi bir o`quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat qilgan. O`qituvchi matnlarni o`qib bergan yoki bolalarning o`zlariga o`qitib, so`zlatgan. qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish, muzika asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo`llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o`zlashtirishgan.
Keyinchalik individual ta`lim bilan yonma-yon guruhlar asosida o`qitish tajribasi ham qo`llana boshlagan. O`rta asrlarga kelib, qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og`zaki savol-javob, shuningdek, ta`limning yuqori pog`onalarida ma`ruza, munozara ta`limning yyetakchi usullariga aylana boshlagan.
Individual ta`limni o`qituvchi o`z uyida o`tkazgan yoki o`quvchining uyida tashkil etgan. Individual-guruh asosidagi ta`limda esa o`qituvchi bir guruh bola bilan ishlagan: bir xonaga turli yoshdagi, turli tayyorgarlikka ega bo`lgan bolalar to`plangan, o`qituvchi bolalar bilan individual ishlab har bir o`quvchidan o`rganilgan mavzuni so`rab, yangi materialni tushuntirgan, so`ngra bolalarga individual topshiriq bergan. Guruhdagi barcha o`quvchi bilan alohida-alohida ishlash shu yo`sinda davom ettirilgan. Mashg`ulotlar qat`iy rejim dastur asosida o`tkazilmagan. O`quvchi kunning istalgan paytida maktabga kelgan. Dasturlarning yo`qligi ma`lumot mazmunini o`zlashtirish jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat etishda turli chalkashliklarga olib keladi. Ta`limning individual-guruh shakllari sinf-dars tizimi asoslanguncha davom etdi.
Dostları ilə paylaş: |