Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Quruqlik hayvonlarida suv almashinuvi



Yüklə 84,04 Kb.
səhifə12/27
tarix07.02.2023
ölçüsü84,04 Kb.
#100356
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
0abc4e61c1de900faadea3e2cd37a95f Hayvonlar ekologiyasi

2. Quruqlik hayvonlarida suv almashinuvi
Quruqlikda yashovchi hayvonlar organizmida suv va mineral moddalarni qabul qilishi hamda uning almashinuv mexanizmi gidrobiontlarnikidan keskin farq qiladi.
Quruqlik sharoitida organizm ichki muhitining osmotik bosimini buzilishiga sabab bo’luvchi ortiqcha ko’p miqdorda suvning atrofdan ichkariga bosib kirish xavfi bo’lmaydi. Lekin quruqlikda hayvonlar tanasidan suvning haddan tashqari ko’p bug’lanib ketishi va organizm uchun zarur bo’lgan suvning tashqi muhitda bo’lmay qolish xavfi mavjud bo’ladi.
Shuning uchun ham quruqlikda, shuningdek, tuproqda yashovchi hayvonlar organizmida suv va tuzlar miqdorini tartibga solib turishda havo va tuproq tarkibidagi namlik, oziqa tarkibidagi suv miqdori hamda ichimlik suvi va mineral moddalarning miqdoriga bog’liq.
Quruqlik hayvonlarining tanasida suv almashinuvi tuz almashinuvidan mustaqil bo’ladi, balki suvning almashinuvi iqlimga, ayniqsa, tushadigan yog’in miqdori va uning turi hamda harorat rejimiga bog’liq. Ana shu ikki omil organizmda suv balansini ma’lum bir miqdorda bo’lishiga ta’sir etadi. Tuproq hayvonlari va amfibiyalarning hayotida gavda qoplag’ichlari (terisi) orqali suvni absorbsiya qila olish xususiyati katta ahamiyatga ega. Baqalar, qurbaqalar va tuproq xalqali chuvalchanglari suvda ham, nam tuproqda ham o’zlarini poykiloosmotik hayvonlar (gidrobiontlar) kabi his etadi. Hasharotlar va kanalar ham suvni absorbsiya usulida qabul qila oladi. Tuproq yeki atmosfera tarkibidagi namlikni o’ziga qabul qila olish xususiyati cho’l reptiliyalarining tuxumlarini rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Quruqlik hayvonlarining organizmi uchun zarur bo’lgan suvni oziqa bilan birga va suv holida qabul qilish usuli eng asosiy hisoblanadi. Muhitning quruqligi oshib borsa hayvonlar namga (suvga) boyroq oziqa qabul qilishga o’tadi. Turli hayvonlar turlicha suyuq oziqa yeki suvli oziqa olishga moslashgan. Masalan, nektar bilan oziqlanuvchi hasharotlar ko’proq nektar orqali, qon suyuqligi bilan oziqlanuvchi hasharotlar ortiqcha suvni qon orqali olishga kirishadi. Ko’pgina hayvonlar, jumladan, hasharotlar, ko’pgina qushlar va kemiruvchilar, aksariyat, oziqa tarkibidagi suv bilan qanoatlanadi. Ko’pgina cho’l hayvonlari zaruriy suvni tanasida sodir bo’lib turuvchi moddalar almashinuvi jarayenida hosil bo’lgan suv bilan qanoatlanadi. Ushbu suv, asosan, organizmda yog’lar va uglevodlarning oksidlanishidan hosil bo’ladi. Bunday hayvonlarga quruq oziqa bilan oziqlanuvchilar kiradi. Masalan, donxo’r, unxo’r hasharotlar, sut emizuvchilardan qo’shoyoq, kiyiklar, tuyalar va boshqalar.
Atmosfera tarkibidagi namlikka nisbatan va oziqa tarkibidagi suvga nisbatan talabi turlicha bo’lgan quruqlik hayvonlari ikki guruhga ajratiladi: namlikni sevuvchilar yoki gigrofillar va quruqni sevuvchilar yeki kserofillar. Oraliq guruh hayvonlari mezofillar deyiladi.
Gigrofillar organizmida suv to’plash yoki ortiqcha suvni ushlab turishni amalga oshirish mexanizmi bo’lmaydi.
Quruqlik hayvonlarining suv (nam) tanqisligini yengish uchun anabioz va uyquga ketish xususiyatlaridan foydalanadi. Ushbu xususiyatlar havo namligining pasayishi yoki oziqa tarkibida namlikning yetishmasligi tufayli yuzaga keladi.
Mox va lishayniklarda yashovchi umurtqasizlar bir mavsum davomida bir necha marta takroriy anabioz holatiga o’tadi. Bunday joylarda yashovchi nematodalarning 70 turi, imillab yuruvchilar (tixoxodki)larning 19 turi, og’iz aylangichlilar (kolovratkalar)ning 19 turi va bir hujayrali hayvonlarning 11 turi bo’lishi aniqlangan.
O’zbekistonning cho’l zonasida tarqalgan cho’l toshbaqasi (Testudo horsefieldi) fevral-mart oylarida qishki uyqudan uyg’onadi va iyun oyining boshlarida yozgi uyquga ketadi. Yumronqoziq esa yozgi uyquga efemer o’simliklarning qurishi bilan ketadi.



Yüklə 84,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə