Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix19.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#111577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

Nazorat uchun savollar. 
1.AQSH dagi fuqarolar urushi (1861-1865-yy) Buxoro iqtisodiyotiga taʼsiri 
qanday boʻladi? 
2. 1858 yilda N.Ignat‘ev boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan missiyaning 
asosiy maqsadi nimada edi? 
3. 1848 yilda Rossiyaga yuborilgan Buxoro elchisi Mirza Xayrullaga berilgan 
yorliqda nimalar aks etgan 
4. N. Zalesovning asarida 
berilgan 
ma‘lumotlar nimalar haqida bayon 
etilgan? 


5-MАVZU. XIX АSRNING 30—40-YILLАRIDА XIVА XONLIGI BILАN 
ROSSIYA O‘RTАSIDАGI SАVDO АLOQАLАRI HАQIDА 
Reja 
1.Xiva xonlngi bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va savdo 
aloqalari 
2.Rossiya bozoriga bog‘lanib borishi va mamlakatda rus sanoat mollariga 
bo‘lgan ehtiyojning oshishi 
XIX asrning ikkinchi choragn Xiva xonlngi bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar tarixida, birinchidan, ikki o‘rtadagi iqtisodiy aloqalarning avvalgiga 
nnsbatan yanada rivojlanishi, Xiva xonligi ekonomikasining Rossiya bozoriga 
bog‘lanib borishi va mamlakatda rus sanoat mollariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi 
bilan, ikkinchidan, O‘rta Osiyoda Rossiya nufuzining o‘sishi va bunga qarshi 
Аngliyaning O‘rta Osiyoda, shu jumladan Xiva xonligida agressiv qarakatlarining 
kuchayishi hamda bunga javoban O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiya bilan yanada 
yaqinlashishlari bilan xarakterlanadi. 
XIX asrning ikkinchi choragida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi 
munosabatlar haqida so‘zlar ekanmiz, avvalo bu munosabatlar asosini tashkil etgan 
iqtisodiy aloqalar va bu aloqalarning manbalari ustida bir oz to‘xtab o‘tamiz. 
XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida Rossiya O‘rta Osiyodan asosan ip 
kiritgan bo‘lsa, XIX asrning ikkinchi choragida Rossiyaning ipga muhtojligi 
kamayadi va ipning o‘rniga ham ko‘proq paxta ola boshlaydi. Rossiya sanoatining 
taraqqiy etib, uning xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshib borishi 
bilan o‘sib kelayotgan Rossiya sanoatini paxta, marena va shunga o‘xshash boshqa 
xil xomashyo mahsulotlari bilan ta‘minlashda O‘rta Osiyoning ahamiyati 
kuchayadi. Qoloq feodal davlatlar hisoblangan O‘rta Osiyo xonliklariga, shu 
jumladan, Xiva xonligiga ham o‘zining xomashyo mahsulotlarini, qo‘proq to‘qima 
mollarini sotish uchun Rossiya bozorining ahamiyati ortdi. 
Rossiya bilan bo‘ladigan savdo O‘rta Osiyo xonliklardning xalq xo‘jaliklari 
uchun katta ahamiyatga ega edi. Rossiyadan olinadigan metall buyumlaridan xalq 
xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asboblar ishlanar edi. Bu esa O‘rta Osiyo 
xonliklarida aishloq xo‘jaligining rivojlanishiga zo‘r ta‘sir etadi 
X[X asrning ikkinchi choragi davomida Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari, shu 
jumladan, Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo aloqasining xarakterlik belgilaridan biri 
shuki, O‘rta Osiyodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlar ichida kalavaga 
nisbagan paxta va Rossiyadan O‘rta Osiyoga olib kelinadigan mollar orasida 
tayyor sanoat mollarning chiharilishi orta boradi. 


1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga kiritilgan mahsulotlarning 
50-60 protsentini tayyor mahsulot tashkil etgan. 
Rossiya bilan O‘rta Osiyo savdosidagi bu ahvol XIX asrning 40-50-yillariga 
kelganda yanada kuchayadi. Bu vaqtlarda Rossiyadan O‘rta Osiyoga 
chiqariladigan mahsulotlarning 60-80 protsenti tayyor mahsulotdan iborat bo‘lgan. 
Masalan: Rossiya umumiy eksportining 15 protsentini metall va metall 
asboblar, 30 protsentini to‘qima ip-gazlama, 12 protsentini charm, 22 protsentini 
oltin, kumush pullar tashkil etgan. Bu davrlarda Rossiyadan O‘rta Osiyoga ip-
gazlama, sherst kabi to‘qima mollarni chiqarish kuchayadi va Rossiyaning 
eksportida bu mollar birinchi o‘rinni oladi. Shuningdek, metall asboblar chiqarish 
ham ortib boradi. Ko‘rsatilgan davr ichida O‘rta Osiyodan Rossiyaga 
chiqariladigan mahsulotlarning 30 protsentini paxta va kalava, 45 protsentini 
mahalliy to‘qima mollar, 12 protsentini turli mo‘ynalar tashkil etadi. 
Mana shu faktik dalillarga asosan Rossiya bilan bo‘ladigan savdo Xiva 
xonligining ehtiyojini qoplashda juda katta ahamiyatga ega edi. 
Bu davrda O‘rta Osiyo xonliklari uchun Аngliya bilan savdo qilishdan ko‘ra 
Rossiya bilan savdo qilish manfaatliroq edi. Chunki, Rossiya savdogarlari O‘rta 
Osiyo xonliklariga kiritilgan mollarinnng evaziga O‘rta Osiyo xonliklarida 
yetishtiriladigan mahsulotlarning ichida eng asosiysi hisoblangan paxtani 
Rossiyaga tortar edilar. Ingliz savdogarlari esa, O‘rta Osiyo xonliklari bilan 
bevosita savdo aloqalarini olib bormas edilar. Ularning mollari O‘rta Osiyoga 
Rossiya, Аfg‘oniston va Eron orqali o‘tar edi. Shuningdek, ular o‘z to‘qimachilik. 
sanoatlarini, asosan, Аmerika va Hindiston paxtasi bilan ta‘min etardilar. 
O‘rta Osiyo bilan Rossiya o‘rtasidagi savdoning taraqqiyotida ikki davlat 
o‘rtasidagi aloqalarning juda qadim davrlardan beri mavjud bo‘lib kelishi va bu 
aloqalarning yildan-yilga mustahkamlanib borishi, shuningdek, Rossiyaning O‘rta 
Osiyoga. nisbatan tutgan geografik mavqii muhim ahamiyatga ega edi. 
Rossiya bilan savdo qilish har ikkala mamlakatning savdogarlariga ham juda katta 
foyda keltirar edi. 
Bu vaqtlarda Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo alohalari Xiva - 
Orenburg, qisman Xiva - Manqishloq va Аstraxan‘ yo‘llari orqali olib borilardi. 
O‘zbek xonliklarining Rossiya bilan bo‘lgan savdosining ko‘zga tashlanarlik 
xususiyatlaridan biri shu ediki, mazkur savdo mahalliy feodallar, xon va uning bir 
guruh amaldorlari qo‘llarida bo‘lib, Rossiyaga mol olib kelgan O‘rta Osiyo 
savdogarlari esa mazkur feodallarning pullarini ishlatuvchi komissionerlardan 
iborat edilar. Bu hol O‘rta Osiyoda savdo qilish uchun rus savdogariga yengilliklar 
berish, chunonchi, savdo bojini kamaytirish, rus savdogarlariga O‘rta Osiyo 
xonliklarida erkin savdo qilish huquqini berish to‘g‘risidagi masala yuzasidan 
Rossiya bilan olib borilgan muzokaralarda O‘rta Osiyo xonlari bu savdoda 
mopopoliyani yo‘qotishdan qo‘rqib, Rossiyaning talabini qondirmasliklariga olib 
keldi. 


O‘rta Osiyo bilan savdo qilayotgan rus savdogarlari esa ko‘p vaqtlardan beri 
O‘rta Osiyo bilan bevosita savdo qilish, ikki o‘rtadagi savdoda O‘rta Osiyo 
savdogarlarining vositachiliklarini cheklashga harakat qilar edi. Xiva hukumati 
esa, ikki o‘rtadagi savdoda ustunlikni va Rossiyaning Buxoro bilan bo‘ladigan 
savdosida vositachilikni qo‘ldan berishni istamay, Rossiya bilan bo‘ladigan savdo 
aloqalaridan naqadar manfaatdor va rus sanoat mollariga muhtoj bo‘lishligiga 
qaramay, ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga, shuningdek Rossiyaning Buxoro 
bilan bo‘ladigan savdosiga xalal yetkazib turadi. 
Xiva xonlari o‘z emissarlarini mulla niqobi ostida savdo karvonlariga 
qo‘shib Qozog‘iston cho‘llariga yuborib, u yerdagi reakitson feodallar homiyligida 
qozoq qabilalari orasida bir-birlariga dushmanlik, diniy fanatizm tarqatar va kozoq 
sultonlarini Buxoro karvonlarini talashga, rus fuqarolarini asir etib, qul bozorlarida 
sotish ishlariga rag‘batlantirdilar 
Xiva hukmdorlari qozoq cho‘llarida talovchilarga, isyonchilarga homiylik 
qilib, ularga xonlikdan boshpana berardilar, qozoqlarning ichki ishlariga aralashib, 
soliq yig‘uvchi amaldorlarini yuborib, ulardan majburiy suratda xiroj yig‘ardilar. 
Xiva xonligining qo‘l ostidagi qaroqchilar esa hech qanday sababsiz va asossiz 
Orenburg liniyasidan va Qaspiy dengizining atroflaridan tinch yashovchi ruslarni 
asir olib, Xiva xonligining Urganch, Hazorasp, Xonqo kabi qul bozorlarida 
sotardilar. 
Xiva hukumati tomonidan sodir bo‘lgan bunday tartibsizliklar to‘g‘risida rus 
harbiy yozuvchilari N.Zalesov va Ivanin o‘z asarlarida ko‘pgina faktik 
ma‘lumotlar beradilar. Bu mualliflarning asarlari ustida keyinroq mufassal to‘xtab 
o‘tamiz. 
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi 
Xiva xonligi ekonomikasining Rossiya bozoriga qaram bo‘lishini kuchaytirdi. 
Masalan, 1836-1840 yillarda Xiva xonligining Rossiya bnlan aloqasi buziladi va 
Perovskiyning Xivaga yurishi natijasida Xiva xonligining Rossiya bilan bo‘lgan 
savdosi vaqtincha to‘xtab qoladi. Mamlakatning ehtiyoji uchun kerakli mollarning 
Buxoro va Qo‘qon savdogarlari orqali olinishi Xiva savdosiga juda katta zarar 
yetkazdi. Xiva xonligida rus mollarining narxi ikki, uch baravar qimmatlashadi, 
aksincha, Xiva xonligining o‘zida yetishtiriladigan xomashyo mahsulotlarining 
narxi ikki baravar arzonlashadi. 
Rossiyadan chiqariladigan mollar o‘zbek xonliklarida juda keng tarqalgan 
edi. K.Marks va F.Engel‘s, Rossiya mollari Hind daryosigacha borib tarqaldi, hatto 
ba‘zi yerlarda ingliz mollaridan ham ustunlik qildi, deb yozadilar. 
1858 yili Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan N.Ignat‘ev missiyasida 
qatnashgan N.Zalesov Xiva shahari do‘konlaridagi mollarning asosiy qismini rus 
fabrikasida tayyorlangan mollar tashkil etganligini so‘zlab, Eron orqali kiritilgan 
ingliz choyi va dokasidan tash qari hech qanday Yevropa mollari yo‘qligini aytadi. 
Iqtisodiy aloqaning rivojlanishi bilan ikki o‘rtada dip lomatik aloqalar ham 
kuchaydi. 


XIX asrning birinchi yarmida Rossiyadan Xiva xonligiga 3 missiya, za 
Xivadan Rossiyaga 4 elchi yuboriladi. 
Rossiyadan yuborilgan missiyalarning asosiy vazifalari: savdo aloqalarini 
rivojlantirish, savdo poshlinalarini kamaytirish, savdo yo‘llari xavfsizligini 
ta‘minlash, Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish, xonlik haqida strategik va 
harbiy ma‘lumotlar to‘plashdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, bu missiyalarning 
yuborilishiga sabab, ingliz kolonizatorlarining bu xonliklarda siyosiy va iqtisodiy 
jihatdan o‘rganib olingan, O‘rta Osiyo xonliklarini birlashtirib, Rossiyaga qarshi 
koalitsiya tuzish hamda, Rossiya bilan bo‘lajak kurashda O‘rta Osiyoni harbiy 
platsdarmga aylantirish uchun olib borayotgan agressiv harakatlariga qarshi 
kurashishdan iborat edi. 
Xulosa qilib aytganimizda, XIX asrning ikkinchi choragida Rossiyada 
to‘qimachilik sanoatining taraqqiy etishi munosabati bilan uning xomashyo 
mahsulotlariga bo‘lgan talabi oshdi. Xiva xonligi uchun o‘zining xomashyo 
mahsulotlarini sotishda Rossiya bozorining ahamiyati oshdi va ikki o‘rtadagi aloqa 
yanada rivojlandi. Shuningdek, XIX asrning ikkinchi choragida Xiva xonligi bilan 
Rossiya o‘rtasidagi yahinlashish va Rossiyaning O‘rta Osiyoda, shu jumladan Xiva 
xonligida nufuzining oshishi tajovuzkor Аngliyaning g‘azabini keltirdi. Аngliya 
mustamlakachilari O‘rta Osiyo xonliklarida o‘z hukmronliklarini o‘rnatish va bu 
xonliklarni Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atish sohasida aktiv ish olib bordilar. Biroq, 
ingliz mustamlakachilarining bu harakatlari O‘rta Osiyo xonliklarida, shu jumladan 
Xiva xonligida to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Xiva xonligi Rossiya bilan yanada 
yaqinlashdi, ikki o‘rtadagi savdo va diplomatik aloqalar yanada rivojlandi. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə