Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix19.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#111577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

Nazorat savollari

1.
Xiva-Rossiya munosabatlarida keskinlik boshlanishiga qanday omillar sabab 
bo'ldi? 
2.
„Majburiyatlar akti― shartnomasining mazmuni haqida so‗zlab bering ? 
3.
Nega o‗zbek davlatlarining o'zlari Rossiya xavfiga qarshi o‗zaro 
ittifoq tuza olmadilar ? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


7-MАVZU. XIX-XX АSRLАRDА BUXORO АMIRLIGINING 
DIPLOMАTIK VА SАVDO-IQTISODIY MUNOSАBАTLАRI 
 
Reja: 
 
1.Buxoro xonligining qo'shni davlatlar bilan aloqalari. 
2.Buxoro xonligining iqtisodiy ahvoli. 
3.Buxoro xonligida siyosat. 
 
Tayanch iboralar.
Aziyatskiy vestnik.Meyendorf.Shikarpur.Fedorov.Nebols. 
 
XIX asr Buxoro xonligining qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini o‘rganishda 
yangi bosqich hisoblanadi. Rus tadqiqotchi olimlari, chinovnik ofitserlari va 
sayyohlari yangi ma‘lumotlar to‘play boshlaydi. Jumladan, 1800 yili Toshkentga 
rus ofitserlari Pospelov bilan Burnashevning ekspeditsiyasi tashqil qilindi. Ular 
Pavel I ning topshirig‘iga binoan O‘rta Osiyo hududini o‘rganishi kerak edi. Ular 
Toshkentni va uning qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini o‘rganishga katta 
ahamiyat bergan. Pospelov va Burnashevlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 
toshkentliklar Buxoro, Rossiya, Xitoy, Eron va Hindistondan keltirilgan ko‘p 
mollarni sotib olganlar. 
Buxoroning qo‘shni davlatlari bilan aloqalari tarixi XVIII asrning oxirlari va 
XIX asrning boshlarida 30 yildan ortik Sharq mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilgan 
Gabaydulla Аmirov tomonidan ham yozib qoldirilgan. Uning ko‘rsatmalari 1825 
yil «Аziatskiy Vestnik» jurnalida nashr qilingan. G.Аmirovning ma‘lumotlariga 
ko‘ra, Hindistonning Jaynagar va Haydarobod shaharlariga buxoro va qobul 
mollari qatori rus tovarlari ham keltirilgan. 
Buxoroning tashqi savdo aloqalarida, uning qo‘shnilari Marv va Hirot 
aholisi alohida rol‘ o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini 
olib kelgan. Rus tovarlari Buxoro orqali Hirot bozorlariga ham olib borilgan. 
G.Аmirovning Buxoroning savdo ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlarini Mulla Аlim 
Mahmud ninng ―Tarixi Turkiston‖ asari ham tasdiqlaydi. Muallif bu asarda 
Buxoroni o‘z davrining muhim savdo markazi bo‘lganligini ta‘kidlagan. 
G.Аmirov Qobul shahrining Buxoro-Аfg‘oniston savdosidagi muhim markaz 
ekanligi haqida yozib, bozorlarida 4 ta karvon-saroy, ularda hindistonlik, 
kashmirlik, eronlik va buxorolik savdogarlar to‘xtashgan, deb ma‘lumot beradi. 
Sayohatchi Hindistonda bo‘lgan vakgida uning savdosi bilan yaqindan tanishgan. 
Uning yozishicha, Haydarobodda ipak va paxtadan juda chiroyli matolar to‘qdirib, 
ular Qobul, Kandaxor, Hirot va Buxorogacha olib borib sotilgan. Sayyoh 
Jaynagarni muhim savdo shahri deb baholaydi. U shahar bozorida eron, afg‘on, 
buxoro va qisman rus tovarlari sotilayotganligini ko‘rgan. Ma‘lumki, rus 
savdogarlari O‘rta Osiyo va boshqa Sharq bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish 
imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Аmmo O‘rta Osiyolik, afg‘on, eron, hind 


savdogarlarining vositachiligi orqali rus tovarlari O‘rta Osiyo va Sharq 
mamlakatlariga olib borilgan. 
Аmirov Kashmir savdosi haqida «Kashmirda 12 ming dastgoh bo‘lib, unda 
100000 shol ro‘moli to‘qiladi, undan 60000 Hindistonga, 12000 Eron, Turkiya va 
boshqa joylarga, 3000 Buxoro va Rossiyaga jo‘natishga mo‘ljallangan, 20000 ni 
aholi sotib olgan, deb yozadi . 
Biz uchun Ye.K.Meyendorfning asari muhim ahamiyatga ega. XIX asrning 
20-yillarida Chor Rossiyasi Buxoro amirligiga o‘z ekspeditsiyasini yuboradi. 
1820-1821 yillardagi А.F.Negri boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos 
Ye.K.Meyendorf ham bo‘lgan. U sayohati mahsuli sifatida 1826 yilda 
«Puteshestvie iz Orenburga v Buxaru» deb nomlangan kitobini nashr qildirgan. 
Аsarda ko‘proq Buxoroning ichki va tashqi savdo aloqalari yoritilgan. U Buxoroni 
savdo-sotig‘i rivojlangan, Аfg‘oniston, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlar 
bilan doimiy qizgin savdo aloqalarida bo‘lgan, aholisi zich joylashgan shahar, deb 
hisoblagan. 

Buxoroda bo‘lganida 14 ta karvon saroy mavjudligini aniqlagan. Ular 
Аbdullajon, Qushbegi, Hind, Nug‘oy, Xo‘ja Juybor, Toshkent, Qarshi, Miragul, 
Аmir, Qullota, Fishana, Danqulpa-Shir va Urganch nomlari bilan atalgan. XVSh 
asrning 70 yillarida Buxoroda 4 ta g‘isht karvon-saroy bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrning 
40 yillarida N.V.Xanikov davriga kelib ularning soni 24 ta g‘isht va 14 ta 
chugщori karvon-saroyga yetgan. Karvon-saroylarning yetishmaganligi sababli 
kattatimlar qurila boshlangan. 
Buxoroning qishloq xo‘jaligi xususida yozib, Buxoro paxtasining kattagina 
qismi eksport qilinganligi bois paxta yetishtirish masalasiga alohida ahamiyat 
berilishini ta‘kidlagan. U Qobulda go‘za usimligi yaxshi o‘smasligi sababli paxta 
Qobulga Buxorodan keltirilishini, lekin Rossiyaga undan ham ko‘p miqdorda 
chiqarilishini eslatib o‘tgan. 
Meyendorf Buxoro bozorlari rastasida hind parchasi va ip gazlama matolari 
borligini eslatadi. Buxoroga Hindistondan guruch, qimmatbaho toshlar va yupka 
shamshir keltirilgan. U Buxoroning afg‘on savdogarlari orqali Kashmir bilan olib 
borgan savdosi to‘g‘risida yozadi. Ular Kashmirdan shol va zar iplardan to‘qilgan 
movut olib kelganlari haqida yozadi. Meyyondorf hindlar u tovarlari bilan Sabul, 
Shikarpur, Multon va umuman Hindistondan keladilar, deb yozadi. Ular Kashmir 
sholi, zar ip bilan to‘qilgan ipak matolar, yupqa ip matolar, salla uchun 
ishlatiladigan oq mato va astarlik uchun ishlatiladigan gulli mato, mayda dur va 
qimmatbaho toshlar, nil buyog‘i keltirgan. 
Meyendorfning ma‘lumotlari orasida Buxoroning Eron bilan savdo aloqalari 
haqidagi fikri diqqatga sazavordir. U Buxoroda feruza va parcha matolari bilan 
savdo qilgan eronlik savdogarlarni ko‘rgan. Buxoroliklar Eronga paxta, ipak 
matolar, movut, qalampirmunchoq, ravoch va rus tovarlari olib borgan. U Buxoro 
qand unini Eron, Аfg‘oniston va asosan Peshavor orqali oladi, deb ta‘kidlaydi. Shu 
mamlakatlardan salla uchun shol matolari, sariq kamar, gilam va feruza keltiradi. 


Shu xildagi savdoni davom etgarish uchun buxoroliklarga har yili 600 ta tuya 
kerak bo‘ladi. Bu savdo Buxoro uchun Rossiya va Qoshg‘ardan keyingi darajada 
turganligini Meyendorf ta‘kidlab o‘tgan edi. 
Аsarda Buxoroning Аfg‘oniston bilan savdo aloqalari ikkita savdo yo‘li 
orqali olib borilishi xususida fikr bildirilgan. Birinchisi, Balx orqali Qobulga, 
ikkinchisi esa Buxorodan Hirotga boradigan yo‘l bo‘lgan. Аfg‘oniston Buxoroga 
eng yaqin mamlakat bo‘lganligi sababli uzoq yillardan buyon bu ikki davlat 
O‘rtasidagi savdo aloqalari doimiy davom etib turgan. Meyendorf ma‘lumotlariga 
ko‘ra, bir savdogar Buxorodan Qobulga 30 marta borgan ekan. Uning yozishicha, 
afg‘onlar Buxoroga o‘zlarining tovarlarini va tranzit yo‘li bilan Kashmir sholi 
matosini olib kelgan. 
Shunday qilib, Meyendorf keltirgan dalillar XIX asrning 20-yillarida ham 
Buxoro xonligining Аfg‘oniston, Hindiston, Kashmir va Eron bilan jadal savdo 
aloqalarida bo‘lib turganlini tasdiqlaydi. Jumladan, keyingi to‘rt-besh yilda 
Buxoroda hindlar soni juda tez ko‘payib ketib 300 taga yetgan, ularning bir qismi 
muhim o‘rnashib olgan bo‘lsa, qolgan qismi esa Qobulga borib kelib turadi. 
Buxoroda taxminan 4000 afg‘onlar bo‘lib, ularning bir qismi savdo bilan 
shug‘ullangan. Eronliklar esa 40000 kishi bo‘lib, ularning aksariyat ko‘pchiligi 
qullar bo‘lgan. 
Buxoro xonligi haqidagi muhim ma‘lumotlar А.F.Negri ekspeditsiyasining 
vakili E.Eversman tomonidan kam to‘plangan. Uning kitobida Buxoroning ichki va 
tashqi savdo aloqalari yaxshi aks ettirilgan. Eversman ma‘lumotlariga ko‘ra, 
Buxoro Rossiyaning bir qator shaharlari: Troitsk, Orsk, Orenburg, Аstraxan, va 
boshqa Sharq davlatlari: Eron, Аfg‘oniston, Hindiston, Kashmir bilan savdo 
aloqalari o‘rnatgan. Muallif Rossiyadan Buxoroga keltirilgan tovarlarni sanab 
o‘tadi. U Erondan 500 ta tuyada ipak va jun kiyimlari, shol, ro‘mollar va boshqa 
tovarlar keltirilshshshi xabar qiladi. 
Kashmir va Qobuldan Buxoroga asosan, Kashmir sholi, hindlarning gulli ip 
matolari, zar ip bilan to‘qilgan gulli oliy navli ipak kiyimlar va nil buyog‘i 
keltirilgan. Eversman ma‘lumotlariga ko‘ra, Sashmirdan har yili 40000 shol olib 
chiqilgan, ulardan Buxoroga faqat 3000 tasi keltirilgan. 
Eversman Meyendorf kabi Buxoroni Osiyo tranzit savdosining muhim 
markazi sifatidagi ahamiyatini ta‘kidlab o‘tadi. U kam Meyendorf kabi Buxoro 
shahrida mavjud bo‘lgan karvon-saroylar xususida fikr bildirgan. Masalan: hind 
karvon-saroyida hindlar, xitoy karvon-saroyida Qo‘qonlik va kashgarlik 
savdogarlar, tatar karvon-saroyida tatarlar yashaganligi haqida ma‘lumot bergan. 
Muallif o‘z e‘tiborini Buxorodagi qimmatbako toshlar savdosiga qaratgan. U yerda 
asosan feruza, la‘l, siyohrang gilvata, silliqlangan karneollar, lazurit sotilgan. 
Lazurit Buxoroda xonalarni bo‘yashda buyoq sifatida ishlatilgan . 
Eversman, Buxoroga Erondan ishlanmagan feruza keltirilib, Buxoroda 
silliqlanganligi, Badaxshondan - lazurit va gilvata keltirilganligini yozadi. 


Buxoroda ishlov berilmagan lazurit narxi, hajmiga qarab 20 dan 40 golland 
dukatigacha narxda sotilgan. 
Negri missiyasining yana boshqa bir ishtirokchisi Budrin bo‘lib, uning asari 
1871 yil Sankt-Peterburgda nashr qilingan. Unda XIX asrning birinchi choragida 
Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti aks ettirilgan. Budrin asarida 
Buxoroning ichki va tashqi savdo aloqalari yoritilgan. Uning ma‘lumotiga ko‘ra, 
Buxoroda 13 ta karvonsaroy bo‘lib, unda hindlar, xivaliklar, nugoylar, eronliklar, 
armanlar, qirgizlar va boshqalar yashagan. 
Budrin ma‘lumotiga ko‘ra, Buxoroda savdo ishlari past darajada bo‘lgan. Bu 
yerdagi savdoda aldash va firibgarlik ishlatilgan. U jazo turlarining qattiqligiga 
qaramay, savdogarlarni haq deb bo‘lmaydi, deb yozadi. Аgar xaridorga xarid 
qilingan tovar yoqmay qolsa, bir necha haftadan so‘ng qaytarib olib kelsa, 
savdogar qaytib olishi kerak bo‘lgan . 
Budrinning fikricha, hukumatning e‘tiborsizligi Buxoro savdosining 
rivojlanishiga to‘siq bo‘lgan. U, hukumat faqat tovarlardan boj solig‘i yig‘ishni o‘z 
vazifasi deb bilgan, savdogarlarni himoya qilmagan va uni o‘z vazifasi deb 
hisoblamagan, deydi Budrin, Hindiston, Eron va Rossiyaning Buxoro savdosidagi 
rolini alohida ta‘kidlaydi. Lekin Buxoroga keltirilayotgan va u yerdan olib 
ketilayotgan tovarlarning tarkibiga to‘xtatmagan. U o‘z e‘tiborini asosan tog‘ 
ishlariga qaratgan. Buxoroliklar Hindiston, Eron va Xitoydan oltin, kumush, mis, 
kalay va temir olgan. Hindistondan chit keltirilgan bo‘lib, u salla uchun ishlatilgan. 
Shunday qilib, А.F.Negri elchiligining Buxoroga kelishi, amirlikning Sharq 
davlatlari bilan savdosi haqidagi bir qancha asarlarning paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi. 
Bu asarlar XIX asr boshlaridagi ilmiy tadqiqot ishlariga asos bo‘ldi. 
Ye.K.Meyendorfning asari frantsuz tilida nashr qilinganidan keyin bu asar 
parchalarining rus tilidagi tarjimalari paydo bo‘la boshladi. Bu nashrlarning 
muallifi G.I.Spasskiy (1783-1864) edi. Spasskiy 1825-1827 yillarda Peterburgda 
«Аziatskiy vestnik» jurnalini nashrdan chiqaradi. Jurnalda uning Sharqshunoslikka 
bag‘ishlangan bir necha maqolapari ham chop qilinadi. Ular Meyendorfning 
«Noveyshee opisanie Velikoy Buxarin» asarining bo‘laklari edi. Spasskiy 
e‘tiborini O‘rta Osiyoning Hindiston va Eron bilan savdo aloqalariga qaratgan. U 
jumladan, bunday yozadi, «Poytaxt Buxoroda savdo qilish uchun Shikarpur va 
Sinddan kelgan 200 nafar hindlar, hamda Multon va Panjobdan kelgan 50 sinxlar 
yashaydilar» . 
Ye.K.Meyendorf Buxoroda 300 nafar hind savdogarlari savdo qilganligini 
aniqlagan bo‘lsa, Spasskiy esa ular 250 ta edi deb yozadi. Meyendorf asari asosida 
Spasskiy «Kratkoe opisanie Buxari i Xivi» va «O nineshnem sostoyanii nekotorix 
oblastey i gorodov v Sredney Аzii» asarlarini yozgan. 
Meyendorfning asari asosida А.Kamenskiy o‘zining «Statisticheskiy 
vzglyad na Buxariyu» va «Nravstvennoe sostoyanie Buxarin» nomli maqolalarini 
«Severniy arxiv» jurnalida nashrdan chiqargan. 


Buxoroning xalqaro savdodagi roliga А.F.Negri elchiligining boshqa 
vakillary ham muhim ahamiyat bergan edi. Elchilik vakillaridan biri o‘z xatida 
shaharning yarmi karvonsaroylardan, bozor va do‘konlardan iborat, turli millat 
savdogarlarining bu yerga intilishi Buxoroning savdo markazi ekanligidan dalolat 
beradi, deb yozgan edi. Ma‘lumki, bu savdo munosabatlari qarokchilarning 
boskinchiliklari natijasida qiyinchilikka duchor bo‘lar edi. Buxoro hukumati bu 
hodisalarni bartaraf qilish uchun kech qanday chora ko‘rmas edi. Yuqoridagi xatda 
ta‘kidlanganidek, "yaqinda qaroqchilar Erondan kelayotgan ikkita karvonni va 
elchilar ortidan Orenburg chegarasidan kelayotgan karvonning kattagina qismini 
ham talashgan‖ . 
А.F.Negri missiyasining vakillaridan biri tabiatshunos tadqiqotchi 
E.Eversman 1821 yil 21 yanvarda Peterburgga yuborgan xatida «Erondan 
kelayotgan ikkita buxoro karvoni turkmanlar tomonidan talanib, odamlar 
o‘ldirilgan»ligi haqida yozgan. Tarixdan ma‘lumki, Buxoro bilan Eron O‘rtasidagi 
savdo- iqtisodiy aloqalari tez-tez sodir bo‘lib turadigan turkman qaroqchilarining 
talonchiliklari oqibatida, ular O‘rtasidagi savdo aloqalari yaxshi rivojlanmagan. 
Shuning uchun Negri elchiligining vakillari buxoro hukmdorlarini haqli ravishda 
ayblagan edilar, negaki ular bu kabi darodchilik harakat-hlarining oldini olish 
uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmagan edi. Shuni ta‘kidlash lozimki, har doim 
ham Buxoro hukm-hdorlari xohlagan taqdirlarida ham yo‘llarning xavfsizligini 
ta‘minlash uchun biror tadbir qilishi qiyin edi. Faqatgina xonlik poytaxti 
yaqinlaridagi savdo yo‘llarining xavfsizligini ta‘minlash muhimdir, ammo 
xonlikdagi huqumron bo‘lib kelgan beqaror vaziyat tufayli Buxorodan Eronga 
boradigan yo‘lni dimoya qilishni hukumatdan kutish befoyda edi. Shuni eslatish 
lozimki, XIX asrdagi mang‘itlar shayboniy Аbdulloxon II yoki ba‘zi 
ashtarxoniylar kabi ta‘sirga ega emas edilar. XVIII asr O‘rtalariga nisbatan 
Shohmurod, Haydar yoki Nasrullo davriga kelib, Buxoroning O‘rta Osiyo 
mintaqasidagi ta‘siri sezila boshlagan, lekin hanuz Buxoro avvalgi siyosiy maqeiga 
ko‘tarila olmagan edi. 
XIX asrning 30 yillarida Rossiyada Buxoroning qushni davlatlar bilan 
aloqalari haqidagi nashrlar paydo bo‘la boshladi. Ko‘zga ko‘ringan rus 
sharqshunosi P.S.Savel‘ev, «Buxara v 1835 godu» maqolasida Buxoro xonligida 
bo‘lgan sayyodlar haqida ma‘lumot beradi. Muallif Buxoroning hozirgi vaziyatini 
somoniylar davri bilan taqqoslab «Buxoro hali ham Sharq shaharlari orasida 
birinchi o‘rinda turadi», deb yozgan edi. Savel‘ev sharq davlatlarining savdo 
munosabatlarida Buxoroning roli haqida gapirib, uni «O‘rta Osiyoning muhim 
savdo ombori» deb yozgan edi va u yerda 4000 ta hindlar yashaydi, deb 
ta‘kidlagan edi. U Buxoroni O‘rta Osiyoning markaziy savdo shahri deb baholagan 
edi. 
P.S.Savel‘ev asosiy diqqatini karvon yo‘llari tavsifiga qaratgan edi. U 
Buxorodan Eron va Аfg‘onistonga boradigan uchta karvon yo‘li haqida, aynan, 


Mashhad, Hirot va Qobulga qatnaydigan hamda Buxorodan Qobul orqali 
Hindistonga o‘tadigan yo‘llar to‘g‘risida yozib qoldirgan edi. 
Savel‘evning asari Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdosi uchun muhim 
ahamiyatga ega edi. Аsarda Buxoro xonligining ahvoli, ma‘muriy boshqaruv 
tizimi, Buxoroning Sharq bilan savdodagi roli haqida ma‘lumot beriladi. 
XIX asrda Rossiyada Sharqshunoslik ilmi fan sifatida shakllangan. Birinchi ilmiy 
markazlar - Qozon, Peterburg, Moskva universitetlari paydo bo‘lib, unda 
Sharqdiunos mutaxassislar tayyorlana boshlaydi. Ko‘pgina Sharqshunoslar chet 
elliklar bo‘lgan (X.D.Fren, B.А.Dorn) yoki endigina Rossiyaga qo‘shilgan milliy 
hududlardan kelgan edilar (O.I.Senkovskiy). Shuning uchun birinchi rus 
Sharqshunoslarining asarlari rus tilida emas, balki nemis va frantsuz tillarida nashr 
qilingan edi. 
Bu davrda tarjima asarlar ham paydo bula boshladi. Masalan: ingliz sayyohi, 
diplomat va josusi А.Berns XIX asrning 30-yillarida Britaniya hukumatining 
maxsus topshirig‘i bilan Buxoroga jo‘natilgan edi. Uning asarida Hindiston, 
Аfg‘oniston va Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy voqealar haqida, ayniqsa shu 
mamlakatlar O‘rtasidagi savdo munosabatlari to‘g‘risida muhim ma‘lumotlar 
keltiriladi. Shu maqsadda Berns Buxoro xonligining ichki va tashqi savdosini 
diqqat bilan o‘rganadi. Uning ma‘lumotlariga ko‘ra, har doimgiday Buxoro 
savdosida hind savdogarlari muhim rol o‘ynagan. Berns hindlar haqida yozib, 
bunday deydi: ―ular savdo ishlari bilan Balx, Buxoro, ba‘zan Аstraxanga ham 
borishgan. Shu kabi holatlarda ular Peshavor, Qobul va Bomianga borib, Oke 
orqali so‘zib o‘tib Buxoroga borishgan, u yerda o‘zlarining mollarini Osiyo va 
Rossiya mollariga ayirbosh qilishgan‖. Berns Buxoroda afg‘onlarning savdo bilan 
shug‘ullanishini ta‘riflab, ularning ba‘zilari Buxoro orqali Rossiya bilan ham savdo 
qilgan, deb yozadi. Bunga misol qilib, Berns bilan birga Qobuldan Dulat degan 
afg‘on savdogari savdo qilish uchun Buxoroga kelganligi, u yerdan Rossiyaga 
bormokchi bo‘lganligi haqida yozib qoldirganligini eslatish kifoya . 
Bernsning ma‘lumotlariga ko‘ra, Qobul bozorlarida Buxorodan keltirilgan 
40 dan ortik nomdagi rus va O‘rta Osiyo mollari bo‘lib, ulardan 30 dan ortig‘i 
Rossiyadan keltirilgan edi. Bundan tanqari, Buxoroga Hindistondan 17 nomda 
hind, shuningdek, yevropa, xususan ingliz tovarlari keltirilgan bo‘lib, bular: indigo, 
Kashmir jun ro‘mollari, «lungi» deb ataluvchi multon sharflari, «nosirxon», 
«xota», «xosa — babar», «andarshoh», «bedalxoni» va boshqa nomlar bilan 
ataluvchi hind matolaridir. 
Аsarda Hindiston, Qobul va Buxoro o‘rtasidagi savdo ishlarini G‘azna 
tumanida yashovchi afg‘on qabilalari - lugoniylar olib borganligi eslatiladi. 
Lugoniylar iyunning boshlarida savdo karvonlari bilan Hindistondan Qobulga 
kelib, tovarlarning ma‘lum bir qismini shu yerda sotardi, so‘ng qolgan qismi bilan 
Buxoroga yo‘l olardilar. 
Bernsning ta‘killashicha, Balx, Xulum va Kundo‘zga ko‘plab Buxoro ip 
gazlamalari olib borilgan. Buxorodan Qobul va Panjobga shol ro‘mollari tuchщsh 


uchun ishlatiladigan pashm deb ataluvchi Turkiston yungi olib borilgan. Cjfrir bu 
shol ro‘mollari Buxoroga qayta jo‘natilib, u yerda bir maundi (256 ingliz funtiga 
teng) olti yarim tillodan sakkiz tillogacha sotilgan. 

Buxoroda yashovchi hindlar savdo va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanib 
juda katta foyda ko‘rishlarini ham maqtanisharqi va tez boyib ketishi bilan 
mamnun bo‘lishar edi, deb yozgan edi. Buxorodagi o‘z karvon-saroylarida 
yashayotgan hindlar 300 kishi atrofida bo‘lgan, keyinchalik esa ularning soni 
anchagina ko‘paygan. Ularning aksariyati Shikarpurdan kelishgan. 
Shuni eslatib o‘tmok joizki, Bernsning va boshqa mualliflarning hindlarning 
savdo va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanadilar degan fikrlari haqida tarixshunoslikda 
turli xil qarash mavjud. Birinchi nuqtai-nazar tarafdorlari, Haqiqatdan ham savdo 
va sudxo‘rlik O‘rta Osiyoga kelib qolgan hindlarning asosiy mashg‘uloti deb 
hisoblovchilar bo‘lib, XIX asrning ikkinchi yarmida P.I.Nebol‘sin bu fikrni asoslab 
bergan edi, o‘zbek tarixchilaridan M.А.Boboxujaev esa uni qo‘llab-quvvatlagan. 
Ikkinchi nuqtai-nazar tarixchi G.M.Dmitriev tamonidan ilgari surilgan bo‘lib, O‘rta 
Osiyodagi hindlarning savdo sudxo‘rlikdagi rolini inkor etmagan holda, ularning 
bu mashg‘ulotini ko‘prok ob‘ektiv ijtimoiy — siyosiy faktorlarga bog‘liq deb 
hisoblagan. 
M.А.Boboxujaevning ta‘biri bilan aytganda, Аfg‘oniston va O‘rta Osiyoda 
yashovchi hindlar sudxo‘rlik ishlarida muayyan mavqeni egallagan va ular 
mamlakatlarning ichki va tashqi savdosida katta rol o‘ynaganligini Аfg‘oniston va 
O‘rta Osiyo shaharlaridagi savdogarlarning milliy tarkibi ham tasdiqlaydi. 
G.L.Dmitrievning fikricha, Hindistonni inglizlar bosib olishi natijasida karvon 
savdosi kuchayib ketib, O‘rta Osiyoda Hind maxallalari ko‘payib ketgan edi. XIX-
XX asrlarda mustamlaka sharoitida kapitalizmning rivojlanishi Hindistonda yangi 
paydo bo‘layotgan hind milliy burjuaziyasini qo‘shni davlatlarga siqib chiqargan. 
Shu bilan birga mustamlaka talonchiligi hind dehqonlari va hunarmandlarining 
sinishiga olib kelgan. Natijada ular O‘rta Osiyoga kelib, bu yerda savdo va 
sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan edi. Chunki O‘rta Osiyoda 
dehqonchilik qilish uchun ularga yer yetmas, sudxo‘rlik esa musulmonlar uchun 
ta‘kidlangan edi, ikkinchidan, sudxo‘rlikka ehtiyojning mavjudligi uning paydo 
bo‘lishiga ob‘ektiv sabab bo‘lgan. Hindlar esa aynan sudxo‘rlik bozorini 
to‘ldirgan. 
O‘rta Osiyoda asosan sudxo‘rlik bilan shikarpurliklar shug‘ullangan. 
Tarixchi I.M.Reysner, ―Shikarpur-avloddan avlodga Аfg‘oniston, Xuroson, 
Turkiston va qisman Eron bilan qizg‘in va foydali savdo qilib kelgan odamlari 
bilan faxrlanishi mumkin. Shikarpur o‘zining biror ishlab chiqargan tovari bilan 
maqtana olmagan va karvon yo‘llari kesishgan markaz ham bo‘la olmagan‖, deb 
yozadi. Shikarpur savdogarlari va sudxo‘rlari Peshavor, Qobul, Kundo‘z, Xulm, 
Balx, Buxoro, Mashhad, Hirot, Seiston, Kandaxorda o‘zining gumashtalariga ega 
bo‘lib, ingliz savdosi va sanoat kapitali manfaatlari tarafdori bo‘lgan Bernsni ingliz 
tadbirkorlarining Sharq bozorlarini egallashi masalasi qiziqtirgan edi. Uning 


ta‘kidlashicha, XIX asrning 30 yillarida ingliz va hind tovarlari ikki mingtagacha 
bo‘lgan tuyada Qobulga keltirilgan edi. (taxminan 448 t). Bu tovarlarning yarmi 
Buxoroga olib borilgan. Ingliz tovarlaridan dirdtsan bir miqdorda yoki 2,5% boj 
solig‘i olingan. Boj solig‘idan tashqari poytaxtda Buxoro bilan Hindiston 
o‘rtasidagi savdodan tranzit boj solig‘i olingan. O‘rta Osiyoning Аfg‘oniston va 
Hindiston bilan savdo aloqalarida Qobul har doim muhim rol o‘ynagan. Shu 
munosabat bilan Berns Buxoro savdosi Qobul savdosi bilan chambarchas bog‘liq, 
deb yozgan edi. 
Berns asarining muhim tomonidan biri shu ediki, unda Buxoro bilan Eron 
o‘rtasidagi savdo aloqalari tasnifi ham aks ettirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 
Buxorodan Eronga qorako‘l terisi va gilamlar eksport qilingan, uning bir qismi 
Turkiya, Xitoy va boshda mamlakatlarga jo‘natilgan. Erondan Buxoroga ko‘proq 
opium jo‘natilgan bo‘lib, so‘ng O‘rta Osiyodan Xitoyga yuborilgan. Berns 
Buxoroni hind kashmir shol ro‘mollarini Eronga jo‘natadigan tranzit savdo 
markazita aylanib qolganligini e‘tirof etadi. Shu narsa diqqatga sazavorki, 
Kandaxorda bu tovarlarga katta boj solig‘i solingani oqibatida uni Kashmirdan 
Eronga Buxoro orqali jo‘natish qulay bo‘lib qolgan ekan. 
Berns Buxoro xonligining zo‘ravonlik tizimini qoralagan bo‘lsa dam, u 
yerda hali ham savdoning rivojlanayotganligini e‘tirof qilib, ingliz savdo sanoat 
doiralarini O‘rta Osiyo bozorlarini jadalroq egallashga chaqirgan edi. U ruslarning 
Buxoro xonligi bilan savdo aloqalari o‘sib borayotganligini tashvishlanib yozgan 
edi. Berns, Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalarining rivojlanishiga 
inglizlarning to‘sqinlik qilishi kerakligini qattiq turib targ‘ib qilgan edi. 
Shunday qilib, Bernsning asari rus jamoatchiligini O‘rta Osiyoning savdo-idtisodiy 
hayoti bilan tanishtirdi va Sharqda rus-ingliz raqobatini yanada rivojlantirishga 
undadi hamda O‘rta Osiyo haqida ilmiy sodada esa yangi ilmiy asarlar paydo 
bo‘lishiga zamin yaratdi. 
1833 yili V.А.Perovskiy Orenburg general-gubernatori etib tayinlangach, 
chorizmning O‘rta Osiyoga faol harbiy harakatlari boshlanib ketadi. Perovskiy 
1833-1842 va 1851-1856 yillarda Orenburg general-gubernatori bo‘lgan. Uning 
davrida cho‘llarda ko‘plab istehkomlar qurilgan, Orol dengizi o‘rganilgan va u 
yerda kema qatnovi yo‘lga qo‘yilgan, Oq Machit qal‘asi ishg‘ol qilingan va 1854 
yili Xiva xoni bilan Rossiya uchun foydali shartnoma tuzilgan edi. 
Perovskiy Buxoroning siyosiy ahvolini, uning ichki va tashqi savdosini bilishga 
qiziqib, Orenburg savdosini o‘rganib chiqadi. Shu maqsadda u Buxoroga maxfiy 
ko‘rsatma bilan P.I.Demezonni elchi qilib jo‘natadi. Elchi Buxoroning Rossiyaga 
munosabati masalasini va O‘rta Osiyoning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini 
o‘rganishi kerak edi. 
Sardiniya qirolligidan bo‘lgan P.I.Demezon 1830 yilda Qozon universitetida 
sharq tilshunosligi bo‘yicha nomzodlik unvonini olib, 1831 yilda Orenburgdagi 
Neplyuev kadet korpusida arab va fors tillaridan o‘qituvchilik qiladi, sentyabr 
oyidan esa Orenburg chegara komissiyasida tarjimon bo‘lib xizmat qila boshlaydi. 


P.I.Demezon mulla kiyimida Mulla Jafar ismi bilan Buxoroga jo‘nagan. 
Tarjimonlik va o‘qituvchilik faoliyati unga sharq tillari, sharq urf-odatlari va 
sharqona odobni doimo takomillashtirib borishga imkon yaratgan, hamda Sharq 
mamlakatlarida sodir bo‘layotgan voqealardan doimo xabardor bo‘lib turishiga 
yordam bergan. P.I.Demezon 1833-1834 yillarda Buxoroda bo‘lib, Buxoro tarixi 
bilan bog‘liq ko‘p ma‘lumotlarni yiqqan edi. Keyinchalik bu xabarlar. tarixchi 
N.А.Xalfin tomonidan nashr qilingan. 
Sayohatchi o‘zining esdaliklarida Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan savdo 
aloqalari to‘g‘risida juda muhim ma‘lumotllar qoldirgan. Uning xabariga ko‘ra, 
«Shahzoda Аbbos Mirzoning Xurosonga so‘nggi yurishi Buxoroning Eron bilan 
savdo aloqalarini to‘xtatib qo‘ygan». Buxorodan Eronga ketayotgan karvon 
Xuroson chegarasida talangan. Shunday qilib, Demezon, Buxoro, Eron bilan 
bog‘lovchi savdo yo‘li yopib qo‘yilgan va bu holat buxorolik savdogarlarining 
Аstraxan orqali Eron bilan savdo qilishiga sabab bo‘lgan edi, deb xabar beradi. 
Erondan Buxoroga boradigan an‘anaviy karvon yo‘lining xavfsizligiga 
ishonmaslik oqibatida Аbbos Mirzo vafotidan keyin 1833 yilda Mashhaddan 
Buxoroga bor yo‘g‘i 63 ta tuyadan iborat bo‘lgan karvon kelgan. 
Demezon Buxoro bilan Hindiston O‘rtasidagi an‘anaviy savdo aloqalarining 
rivojlanganligini ta‘kidlab o‘tadi. Shu bilan birga, boshda tadqidotchilardan farqli 
o‘laroq, Demezon Buxoro bozorlarining torligini, Hindiston uchun talabgor 
bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishning Buxoroda yo‘lga qo‘yilmaganligini eslatib 
o‘tadi. Bu esa, deb yozadi u, hind va afg‘on savdogarlarining Buxorodan fadat 
qimmatbado metallar va unchalik ko‘p bo‘lmagan buxoro mollarini olib ketishiga 
sabab bo‘lgan. Buxorodagi hind mollaridan asosan indigo buyog‘i eslatib o‘tiladi. 
Uning ta‘kidlashicha, so‘nggi 8 yilda Buxoroda nil buyog‘ining 1 pudi 12 tillo 
turgan. 1 tillo 15 rublga teng bo‘lgan. Buxoroda pullarning kamligi sababli nil 
buyog‘ining 1 pudi 12 tillodan 4 tilloga tushib dolgan. Demezonning Buxoroga 
kelishidan bir yil oldin, ya‘ni 1832 yilda bu yerda 1 pud nil 3,5 tillo, keyin esa 2 
tilloyu 4-5 tangaga tushib ketgan (21 tanga 1 tilloga teng) edi. 
Nil buyog‘i narxining bu kabi pasayib ketishini Demezon quyidagicha 
izodlaydi, ya‘ni Buxoro savdogarlari nilni keyinchalik qimmat narxda sotish 
maqsadida ulgurji savdoda past narx bilan hammasini sotib oladi. ―Lekin, - deb 
yozadi Demezon, navbatdagi karvonning kelishi bilan ular nilni past narxda sotib 
yuborishga majbur bo‘lgan, shuning uchun chayqovchilik natijasida Buxoro 
savdogarlari inqirozga uchragan‖. U nil buyog‘i narxining tushib ketishining 
ikkinchi sababi, Buxoro bozorining nil buyog‘i bilan nihoyatda qo‘mib 
tashlanganligi bo‘lishi mumkin, deb disoblaydi. 
Аmmo Demezon, Hindistondan Buxoroga an‘anaviy mollar qatorida ko‘plab 
ingliz mollarining kirib kelishini tashvish bilan tilga oladi. Uning aytishicha, 
inglizlar Buxoroga zar parcha matosi, muslin deb ataluvchi o‘sha gazlama, ip 
gazlama, chit, gulli hamda yo‘l-yo‘l matolar keltirilgan. Zar parchaning katta qismi 


Kuk;om orqali Buxoroga keltirilgan. Qizig‘i shundaki, zar parcha matosi Buxoroga 
ko‘proq Qo‘qon orqali kirib kelgan. 
Ingliz tovarlari Buxoroga Eron orqali ham kirib kelgan. Demezon 
Buxorodalik vaqdida Mashhaddan so‘nggi karvon kelgan bo‘lib, bu karvonda 3 toy 
ingliz matolari — gulli bo‘z, chit, muslin va boshqa tovarlar keltirilgan. Uning 
fikricha, bu ingliz tovarlari Rossiyadan keltirilgan tovarlarga qaraganda ancha 
sifatli bo‘lib, tez sotilgan. Ingliz tovarlarining doimiy ravishda ko‘plab 
keltirilishining oqibatida ular O‘rta Osiyo bozorlarini butunlay ko‘mib tashlagandi, 
bu esa rus savdosi uchun xavfli bo‘lib, Demezonni tashvishga solgan edi. Shuning 
uchun, u O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro bozorlarida Rossiyaning manfatlarini 
himoya qilish uchun zudlik bilan iqtisodiy va siyosiy choralar ko‘rish zarurligini 
taklif qilgan. 
Demezon o‘z axborotida Buxoroning Eron bilan savdo aloqalarini to‘liq 
tahlil qiladi. U «Buxoroda Eron elchilari juda kam, chunki bu yo‘l xavf-xatarga 
to‘liq, ularni yo‘lda turkmanlar tutib olib qul qilib Xivaga sotib yuborishidan 
qo‘rqadilar. Shuning uchun Buxoroda savdo qilayotgan eronliklar o‘zlarining 
ishonchli kishilariga ega bo‘lishlarini xohlaydilar. Ular asosan Аndxoy yoki 
Mashhaddan bo‘lishlari muhimroqdir. Besh yoki oltita boy eronlik savdogarlar 
Buxoroda joylashib olishgan bo‘lib, ular Qushbegi karvon-saroyida yashaydi‖ . 
Tadqiqotchi Buxoroga boradigan savdo yo‘llarining holati faqat qaroqchilar 
tufayligina emas, balki mahalliy hokimlarning o‘zlari tufayli ham xavfli ekanligini 
ta‘kidlaydi. Masalan, Hirotdan Buxoroga yo‘l olgan karvon Buxoro noibi Baturxon 
tomonidan talangan. Faqat Buxoro hokimiyatining aralashuvi natijasida Boturxon 
savdogarlarga keltirilgan zararni to‘lagan edi. 
Аsarning qimmatli tomoni shundaki, muallif unda Buxoroning Eron, 
Hindiston, Аfg‘oniston bilan savdosida qatnashgan tovarlar nomlarini eslatib 
o‘tadi. Demezon Buxoro xonligining asosiy eksport tovari qorako‘l terisi ekanligi, 
uning Аfg‘oniston va Eronga chiqarilganligi va Buxoroda sotilgan qorako‘l 
terisining narxi to‘g‘risida dam ma‘lumot beradi. O‘z navbatida Buxoroga Hirot va 
Qobuldan talabgor bo‘lgan tulki terisi keltirilganligi va undan bosh kiyimlari 
tikilganligi haqida dam xabar beradi. 
Demezon Hindistondan Buxoroga keltirilgan tovarlarning turlari va narxlari 
haqida yozadi. Hindistondan nashatir, kimxob, ipak matolari, ingliz rangdori gulli 
matolari, chakan-ipak bilan gul tikilgan oq ip matolar, qalampir, dolchin, zindjabil, 
sandal daraxti, karkidon shoxi, qand, navvot, xna, zangori buyoq qalam, zarcheva, 
sardolik- qimmatbaho Haydarobod toshi va ingliz ip matolari keltirilgan. Nil 
buyog‘ini Panjobdan afg‘on qabilalari — lugoniylar keltirgan. Buxoroga Laxordan 
qand va shakar keltirilgan. 
Kashmirdan Buxoroga turli xil shol ro‘mollar va turli matolar, kalta qo‘njli 
etiklar, qo‘lqoplar, siyohdon, tilla hal yugurtirilgan yog‘och qoshiqlar, qo‘lyozma 
kitob va boshqa narsalar eksport qilingan. 


Peshavordan Buxoroga paxtadan oq va havo rang salla, oliy navli guruch, 
didlaydigan tamaki, kokos yong‘og‘idan ishlangan tamakidon, tuya terisidan 
tayyorlangan torozi keltirilgan. 
Qobuldan Buxoroga havorang buyoq qalam, taomga ishlatiladigan zarchava, 
qurollar, shamshir, xanjar, kamon, guruch va tulki terisi jo‘natilgan. Hirotdan 
Buxoroga gilam, past navli qorako‘l, pista, bo‘zugunch (pista daraxtidan olinib 
buyoq uchun ishlatilgan), olo‘ri qoqi, nasha va boshqalar olib keltirilgan.O‘gli, 
1826 yilgacha Qarshi hokimi bo‘lgan. Аmir Haydar vafotidan so‘ng taxtga uning 
katta o‘g‘li Husayin tayinlangan. Lekin u uch oydan so‘ng vafot etgan. Undan 
so‘ng Buxoro xonligida Nasrulloxon (1826-1860) ―Boturxon‖ nisbasi bilan 
hokimlik qilgan. 
Buxorodan Eronga qimmatboxo metallar, kashmir sholi va qorako‘l olib 
ketilgan. Shunday qilib, P.I.Demezonning asari unda jamlangan ma‘lumotlarning 
ko‘pligi va qimmatliligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. 
Demezonning ma‘lumotlarini Buxoroda 1835-1836 yillarda bo‘lgan uning 
zamondoshi rus ofitseri I.V.Vitkevich ham tasdiqlaydi. Polyak inqilobchisi I.V. 
Vitkevich 1823da yil chor hukumati tomonidan Orenburg korpusiga davlatta qarshi 
faoliyat yuritganligi uchun oddiy soldat sifatida jo‘natilgan edi. 
Uning Sharq tillarini o‘rganishdagi noyob kobiliyatini Orenburg hukumati 
sezib, uni o‘tmishiga ko‘z yumib, diplomat sifatida muhim topshiriklar bilan O‘rta 
va Kichik qozoq sultonlari huzuriga jo‘natadi. 
Vitkevich 1830 yil unter ofitser unvonini oladi, unga dvoryanlik qaytarib 
berilgan. 1833 yil apreldan V.А.Perovskiy tavsiyasiga ko‘ra praporщik lavozimiga 
tayinlanadi. U Orenburg chegara komissiyasida tarjimon bo‘lib ishlagan. 1836 
yilda Vitkevich Perovskiyning katta adyutanti qilib tayinlanadi. U rus 
hukumatining topshirig‘i bilan 1835-1836 yillarda Buxoroda bo‘lgan. 
Perovskiy Vitkevichning sayohatini juda yuqori baholab, uning xabarlarini Osiyo 
departamentiga jo‘natib, uni «ishbilarmon, uddaburon, o‘z ishini biladigan, 
amaliyotchi, muomala madaniyatini juda yaxshi biladigan kishi» sifatida tariflagan 
edi. Yozuvchi V.I.Dal Orenburg general-gubernatori maxsus topshiriqlar ofitseri 
Perovskiy ko‘rsatmasi bilan Vitkevichning Buxoroga sayohati haqidagi 
xikoyalarini yozib olgan edi. Tarixchilardan V.G.Volovnikov va N.А.Xalfinlar 
Vitkevichning Buxoroga sayohatini juda yuqori baholashgan edilar. 
Sayyoh o‘z ma‘lumotlarida Buxoro savdosining qirralarini yoritib bergan. 
Uning ma‘lumotlariga ko‘ra, Buxoroda o‘sha paytda 25 ta karvonsaroy bo‘lib, 
ularning har birida Sharqning turli davlatlaridan kelgan savdogarlar yashashgan. 
Masalan, boy afg‘on savdogari Badriddin Buxoroda o‘zining karvonsaroyi, oilasi 
va uyiga ega bo‘lib, uning hisobida 40 ming tillo yoki 160 ming rubl puli bo‘lgan. 
U Buxorodan Qobulga yuzlab eng asl otlar va ko‘plab rus tovarlari olib borgan. 
Vitkevichning bu ma‘lumotlari juda muhim, ammo Badriddinning boyligi hisobida 
adashgan ko‘rinadi. Аgar Demezon ma‘lumotiga ko‘ra, 1 tillo 15 rublga teng 


bo‘lsa, afg‘on savdogarining sarmoyasi esa 160 ming rubl emas, balki 600 ming 
rubl bo‘lishi kerak edi. 
Demezon kabi, Vitkevich ham Buxoroda ko‘pgina hindlar, afg‘onlar va 
eronliklar yashayotganligi to‘g‘risida yozgan. Bundan tashqari, u qaroqchilarning 
talonchiliklari tufayli buxoro-eron savdosidagi sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni 
ham ta‘kiddaydi. Qaroqchilik yo‘li bilan ko‘plab eronliklar asir olinib, so‘ng 
Buxorodagi qul bozorida sotilganligini, Vitkevich shu kabi holatni Payas—Tani 
karvon saroyida kuzatganligini, u yerda qunduzliklar eronlik qullarning savdosi 
bilan shug‘ullanganliklarini ta‘kiddaydi. 
Buxoroda qimmatbaho madanlarga ehtiyoj borligini Vitkevich eslatib o‘tadi. 
U tillo va kumushning tanqisligi oqibatida Buxoro hukumati oltinga kumush, 
kumushga esa mis qo‘shib pul zarb qilganligini, Buxoro kumushni Qoshg‘ardan, 
tilloni Rossiyadan olganligini, so‘ng buxoro tangalari sarroblar orqali Qobulga olib 
ketilganligini ta‘kidlaydi. 
Vitkevich Biritaniya imperiyasining Buxoro xonligiga ingliz mollari bilan 
kirib kelib, Buxoro savdosini o‘ziga itoat ettirishi va bozordan rus savdosini siqib 
chiqarib yuborishga harakat qilayotganligiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan. U 
inglizlar bilan bo‘ladigan savdoning Buxoro uchun foydali emasligini ko‘rsatib, 
inglizlar hech qachon Buxoroga Hindistondan temir, mis, cho‘yan, yuft va boshda 
mollarni olib kela olmaydi, chunki bularning evaziga inglizlarga Buxoro hech 
narsani taklif qila olmaydi, chunki Buxoroning ip matolari, quruq mevalari va 
boshqa mahsulotlari Hindistondan nariga jo‘nata olmaydi, bu mahsulotlarni 
Rossiyadan boshqa hech qaerga o‘tkazishi mumkin emas, deb yozgan edi. 
Vitkevich Demezondan farqli o‘laroq, Buxoro bozorlaridagi ingliz tovarlari 
narxining pastligini ta‘kidlaydi. U rus-buxoro savdosining yorqin kelajagi borligi 
haqidagi xulosaga kelgan. 
Shunday qilib, Demezon va Vitkevichning hisobotlari Buxoro xonligining 
qo‘shni Sharq davlatlari bilan jadal savdo munosabatlari o‘rnatganligini, ular 
bergan ma‘lumotlarning bir-biriga juda o‘xshashligi esa ularning haqiqatga 
yaqinligini tasdiqlaydi. Shuning uchun ular hanuzgacha o‘zining ilmiy ahamiyatini 
saqlab kelayapti. 
Eron bilan Buxoro O‘rtasidagi savdoning ahvoliga berilgan qimmatli baho 
1841 yilda yozilgan podpolkovnik I.F.Blarembergning «Statiticheskoe opisanie 
Persii» nomli monografiyasida o‘z aksini topgan. Muallif asarda qimmatbaho 
toshlarning Buxoroga keltirilishi, ayniqsa, Nishopur va Mashhaddan qazib olingan 
feruzaning savdoda muhim rol o‘ynaganligi haqida xabar beradi. Bu feruza Buxoro 
orqali Rossiyaga, undan Frantsiya va boshqa Yevropa davlatlariga, hamda Bender 
Bushir porti orqali Hindistonga olib borilgan. 
Blarembergning yozishicha, Buxorodan Eronga qorako‘l bilan birga turli xil 
rus tovarlar va tranzit mollari: xitoy choyi, qog‘oz, bulg‘ori charm, oyna, billur, 
chinni, temir va mis idishlar, movut va mayda tovarlar keltirilgan. 


Shunday qilib, Blarambergning ma‘lumotlariga asoslanib, aytish mumkinki, 
Buxoro bilan Eron o‘rtasidagi savdoda an‘anaviy mollar bilan bir qatorda ko‘prok 
rus tovarlari asosiy o‘rin egallay boshlagan. 
1840-1842 yillarda Buxoroga tog‘ injeneri va diplomati K.F.Butenev 
elchiligi kelgan. Natajada elchilik ishtirokchilari tomonidan Buxoro xonligi 
bo‘yicha muhim ma‘lumotlarni o‘zida aks ettirgan qator nashrlar paydo bo‘ldi. 
1843 yilga kelib, K. F. Butenev elchiligi ishtirokchilaridan Sharqshunos N. V. 
Xanikovning «Opisanie Buxarskogo xanstva» degan asari paydo bo‘lgan. 
N.А. Xalfin ta‘biricha, N. V. Xanikovning mazkur kitobi O‘rta Osiyoning 
yirik va kuchli davlati haqidagi birinchi rus tilidagi umumlashtirilgan asar 
hisoblangan. Muallif kitobda avvalgi tadqiqotlar va qo‘lyozma asarlarga tayanib, 
o‘zi shohid bo‘lgan voqealarni hikoya qiladi. V.V.Bartol‘d o‘z davrida bu asarga 
juda yuqori baho bergan edi. 
Аsarda Buxoro xonligining ma‘muriy boshqariluvi, ijtimoiy va siyosiy 
axdoli, topografiyasi, qishloq xo‘jaligi va hunarmanchilik tarmoklari, uning asosiy 
shaharlari hisoblangan - Buxoro, Samarqand, Qarshi haqida to‘liq ma‘lumot 
beriladi. Bizni asardagi Buxoroning ichki va tashqi savdosi to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlar qiziqtiradi. Buxoro hayotida savdo dehqonchilikdan keyin ikkinchi 
o‘rinda turgan va u yerda odamni hayratda qoldiradigan darajadagi do‘konlar, 
rastalar, bozorlar, karvon saroylar va timlar ko‘p bo‘lgan. O‘sha vaqtda Buxoroda 
9 ta bo‘lib, ulardan 5 tasi g‘ishtdan va 4 tasi cho‘pkori edi . Аsosiy savdo 
markazlari Buxoro, Samarqand va Qarshi shaharlari bo‘lgan. 
Xanikov Buxoroni O‘rta Osiyoning asosiy bosh savdo shahri edi, deb 
eslatadi. Buxoroga turli mamlakatlardan har yili 12 ba‘zan 15 ming tuyada yuklar 
keltirilgan. U bu qadar ko‘p mollarning keltirilishiga sabab, Buxoroning qulay 
geografik va savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashganligidadir, deb hisoblagan. 
Ma‘lumki davlatning xazinasi savdodan keladigan boj solig‘i hisobiga ham 
to‘ldirilgan. Shuning uchun, Buxoro hukumati bu savdodan manfaatdor bo‘lgan. 
Lekin, deb yozadi muallif, yo‘ldagi qaroqchilarning talonchiliklariga qarshi 
hukumat hech qanday chora ko‘rmagan. 
Xanikov Buxoro bozorlarida Eron, Аfg‘oniston, Hindiston, Rossiya va 
boshqa mamlakatlardan keltirilgan ko‘plab tavarlarni ko‘rgan. Uning yozishicha, 
Erondan Buxoroga yiliga uch ba‘zan to‘rt marta savdo karvonlari kelgan. Qishda 
kelgan karvon muhimroq hisoblangan. Sababi, Buxoroda bahor boshlarida 
qorako‘l arzon narxda sotilgan, Eronda esa qorako‘lga talab kuchli bo‘lgan. 
Shuning uchun, Eron savdogarlari qorako‘lni arzonrok narxda sotib olish uchun 
vaziyatdan foydalanishga shoshilgan. Erondan Buxoroga ip va ipak matosi, gilam, 
feruza, ingliz chitlari, kolenkor-to‘qima mato (qalin surp) va mal-mal keltirilgan. 
Аmmo avvallari talabgor bo‘lgan kermon shollari qisqarib ketgan. Buxorodan 
Eronga ip gazlama va berindj keltirilgan . 
Buxoro bilan Qobul O‘rtasidagi savdo qishda dovon qor bilan qoplanib 
qolgan vaqtida qiyin ahvolda qolgan. Shuning uchun, u Qobuldan savdo karvonlari 


birinchi yoz oyining oxiri yoki ikkinchi oyining boshlarida Buxoroga kelgan, 
oxirgi karvon esa yozning oxirgi oyi va ko‘zning boshlarida kelganligini yozadi. 
Аfg‘onistondan Buxoroga asosan to‘q ko‘krang buyoq va ingliz tovarlari 
keltirilgan. 
Ingliz tovarlarining ko‘plab keltirilgishi natijasida O‘rta Osiyo bozorlarining 
Аngliyaga qaram bo‘lib kolishi mumkinligi rus diplomatini tahlikaga solgan. 
Xanikov Buxoroga ingliz mollari qatori an‘anaviy hind tovarlar: buyoq olinadigan 
va dorivor o‘simliklar, hind kimxoblari va talabgor bo‘lgan mal-mal olib 
kelinganligini ma‘lum qiladi. Bu mollar Buxoroga Hindistondan 3000 yoki 3500 
tuyada keltirilgan. 
Muallif Buxorodan Eron, Аfg‘oniston va Hindistonga chiqariladigan tovarlar 
haqida kam ma‘lumot beradi. Аsosan Buxorodan boshqa davlatlarga ipak matolar, 
chit, qo‘zi terisi va tillo olib ketilgan. Bundan tashqari, Buxoro Hindiston, Eron va 
Аfg‘onistonga turli xil rus tovarlarini o‘tkazishda tranzit markaz rolini ham 
o‘ynagan. 
Аsarda Rossiyadan Buxoroga chit, taщima mato, mal-mal, ipak matolar, 
movut, parcha, teri, cho‘yan, temir va po‘lat olib kelinganligi, Buxorodan esa 
Hindiston, Аfg‘oniston va Eronga temir, cho‘yan va po‘lat idishlarning olib 
o‘tilganligini xabar beriladi. 
Demak, Buxorodan Hindiston, Аfg‘oniston va Eronga an‘anaviy mahalliy 
tovarlar qatori ko‘plab rus tovarlari, jumladan, cho‘yan, po‘lat va temir idishlar 
chiqarilgan, degan xulosaga kelish mumkin. XIX asrning 40-yillaridagi asarlarda 
Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari xususida aniq 
ma‘lumotlar berila boshlanganligini N.V.Xanikovning asari ham tasdiqlaydi. 
Bundan tashqari boshqa rus mualliflari qatori N.V.Xanikov ham Buxoro 
bozorlarida ingliz va rus tovarlari raqobatining kuchayib borishidan tahlikaga 
tushganligini sezish mumkin. 
Buxoro bilan Eron o‘rtasida savdo aloqalari haqidagi muhim ma‘lumotlar 
1840-1842 yildagi Buxoroga uyushtirilgan rus elchiligi rahbari K.F. Butenevning 
«Gorniy jurnal»da e‘lon qilgan maqolalarida yozib qoldirilgan. Uning yozishicha, 
bulat (po‘lat) Buxoroga Erondan dumaloq, ba‘zan to‘rtburchak shaklida keltirilgan. 
Bu po‘latlarning ba‘zi navlari hind po‘lati nomi bilan atalgan. Demak, po‘latning 
bir qismi Hindistondan Eron orqali keltirilgan bo‘lishi mumkin . 
Rus ma‘murlari, rus sanoatchilari va rus savdogarlarini O‘rta Osiyodagi 
Rossiya va Аngliya o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy raqobat tashvishga sola 
boshlagan bo‘lib, bu muammo qator rus tarixshunosligida o‘z aksini topgan. XIX 
asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyodagi eski katta mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va 
iqtisodiy raqobat rus tarixshunosligida yetakchi mavzu bo‘lib qolgan. 
Rossiyaning bir necha shaharlarida tez-tez savdo yarmarkalari bo‘lib turgan. 
Bu yarmarkalarda O‘rta Osiyo mollari qatori Sharqning turli mamlakatlaridan 
keltirilgan tovarlarni uchratish mumkin bo‘lgan. Jumladan, 1843 yilda Nijegorod 
yarmarkasiga O‘rta Osiyo orqali 76500 rub.lik Kashmir sholi keltirilgan, ammo 


1844-1845 yillarda yarmarkada bu tovar umuman bo‘lmagan. Bu albatta ingliz-
hind urushlari bilan bog‘liq bo‘lib, 40-yillardan e‘tiboran Kashmir inglizlar 
nazorati ostita tushib qolgan edi. 
Bu davrlarga kelib, nafaqat kichik hisobot tarzidagi asarlar, balki yirik 
fundamental asarlar ham paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, N.M.Karamzinning 
«Istoriya gosudarstva Rossiyskago gosudarstva», I.Solov‘evning «Nastol‘naya 
xronologiya, zamechatel‘nix proisshestviy, poleznix otkritiy, rojdeniya i smerti 
znamenitix lyudey, ot sotvoreniya mira po nastoyaщee vremya» asarlari nashr 
qilina boshlaydi. 
XIX asrning O‘rtalarida rus ilmiy markazlari ham bu masalaga e‘tibor 
qaratila boshlanadi. Masalan Imperator Rus Geografik jamiyatining moliyaviy 
yordami 
natijasida 
P.I.Semenov 

Tyan‘shanskiy, 
N.M.Prjeval‘skiy, 
Ch.Ch.Valixanov ekspeditsiyalari tashkil etiladi. Geografik jamiyat O‘rta Osiyo 
davlatlari va xalqlari hayotining turli qirralarini o‘zida aks ettirgan umumlashma 
va maxsus tadqiqot asarlarini nashr etishga qo‘maklashadi. Xuddi shunday nashrlar 
qatoriga P.Nebol‘sinning ―Ocherki torgovli Rossii s Sredney Аziey‖ kitobini 
kiritish mumkin. 
Rus geografik jamiyati a‘zosi bo‘lgan P.Nebol‘sinni Rossiyaning O‘rta 
Osiyo bilan savdo aloqalari qiziqtirgan. Shu maqsadda, u 1850 yilda Orenburg 
chegara chizig‘ini aylanib chiqadi, bir necha oy Orenburg va Troitskda bo‘ladi, 
hamda Qozog‘istonga boradi, 200 ta rus, tatar, koreyts, xivalik, buxorolik, 
qo‘qonlik, afg‘on va boshqa kishilardan so‘rab asari uchun statistik ma‘lumotlar 
to‘playdi. 
P.Nebol‘sin sayohatining maqsadi Rossiyaning Xiva, Buxoro, Qo‘qon, 
vaziyat imkon bersa, Eron bilan haqiqiy savdo-sotiqning ahvolini, Rus-Buxoro 
savdosini o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
Boshqa rus mualliflari kabi, u ham Buxoro bozorlaridagi ingliz va rus 
tovarlari o‘rtasidagi raqobatdan tashvishlangan edi. Аsarda Buxoroning Rossiya 
uchun muhim iqtisodiy ahamiyati, ya‘ni paxta mahsulotlari yetkazib beradigan 
o‘lka, rus tovarlari uchun bozor ekanligi ta‘kidlanadi. Nebol‘sinni Buxoroning 
an‘anaviy savdosini o‘rganishdan ko‘ra, ko‘proq rus tavarlari uchun bozor qidirish 
masalasi qiziqtirgan edi. 
O‘sha davr tadqiqotchilari kabi P.I.Nebol‘sin ham Buxoroni O‘rta Osiyoning 
markaziy savdo shahri, uning tranzit savdo markazi ekanligini, qo‘shni davlatlarni 
qisman mahalliy, qisman rus, ingliz va hind tovarlari bilan ta‘minlashini e‘tirof 
etgan. 
XIX asrning 50-yillarida Buxoro Аfg‘oniston, Eron, Hindiston va Rossiya 
bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lgan. U Buxoroning Qobul bilan savdo 
munosabatlaridagi muhim rolini, hamda uning Rossiya bilan Аfg‘oniston 
o‘rtasidagi savdo aloqalaridagi o‘rnini alohida ta‘kidlaydi. Jumladan, Buxorodan 
Qobulga an‘anaviy tovarlar: ipak, echki juni, bo‘z, viboyka va ko‘proq rus 
tovarlari: mis, qozon, sandiq, pichoq, qaychi, nina, teri, ustara, zar ip, zarrin jiyak, 


kashenil‘ deb ataluvchi qizil rangli buyoq, yengil ipak matolar va movut 
keltirilgan. 
Nebol‘sin asarda buxorolik Mir Halimning ma‘lumotlarini keltiradi. Unga 
ko‘ra, Qobuldan Buxoroga bir yilda uch, to‘rt marta savdo karvoni kelgan va har 
bir karvonda taxminan 200 dan 300 tagacha tuyada nil buyog‘i keltirilgan. Yiliga 
1000 tuyadan ortiq buyoq olib kelingan. Bu nil buyoqlarini hindlar va lugoni deb 
ataluvchi afg‘on kabilalari olib kelishgan. 
Umuman, Аfg‘onistondan Buxoroga ingliz chitlari, Kashmir sholisi, hind 
parchasi (kimxob), nil, doka, turki deb ataluvchi arzon va sifatsiz mo‘yna, 
oshlangan va oshlanmagan kiyik terisi, ziravorlar, nasha, Multondan esa yengil va 
nafis ip va ipak matolar keltirilgan. 
Ko‘rib o‘tilayotgan asarda Buxoroning Eron bilan savdo aloqalari xususida 
anchagina ma‘lumotlar mavjud. Unga ko‘ra, Buxorodan Eronga asosan qorako‘l 
keltirilgan. Buxorodan qorako‘l terisini olib ketish 1844 yildan ancha o‘sa 
boshlagan, buning sababi Buxoro amiri Nasrulloning Buxorodan inglizlarning 
katta boyliklarni olib ketishiga to‘sqinlik qilish maqsadida o‘zining savdogarlariga 
naqd pulga inglizlar bilan savdo qilishni qa‘tiy taqiqlab qo‘yganligi edi. Eron 
orqali ingliz savdosida vositachi bo‘lgan eronlik savdogarlar Buxoro bilan savdoni 
yo‘qotmaslik uchun qorako‘lni sotib olishga majbur bo‘lgan. Buxorodan Eronga 
qorako‘ldan tashqari nil, Kashmir sholisi, ro‘mol, koshenil (qizil rangli buyoq), rus 
chiti, nanka deb ataluvchi sariq rangli dag‘al ip gazlama, baxmal, bulg‘ori charm, 
qozon, temir va saydax keltirilgan. Buning evaziga esa Erondan Buxoroga ingliz 
chiti va movuti, eron parchasi, gilam, ro‘mollar, yarim ipak matolar, mo‘yna, 
feruza, muruch, zanjabil, shirinliklar, xalampirmunchoq va smolka keltirilgan. 
Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, Buxorodan Eronga mahalliy 
tovarlar qatori rus tovarlari ham olib ketilgan ekan. Nebol‘singa Buxoro 
bozorlariga Erondan mahalliy mollar qatori ingliz tovarlarining keltirilishi 
yoqmagan. Ma‘lumki, bu vaqtlarda Eron savdogarlari nafaqat O‘rta Osiyo bilan 
jadal savdo aloqalari o‘rnatgan, hattoki, ular O‘rta Osiyoning Orenburg va Orsk 
shaharlariga boradigan karvonlariga hamroq ham bo‘lishgan edilar. Orenburg 
chegara bojxonasining Orenburg general-gubernatoriga bergan bildirishnomasida, 
1809 yil iyul oyida Orenburgga kelgan Buxoro karvonlari tarkibida oltita Eron 
savdogarlari bo‘lganligini ma‘lum qilgan . 
Buxoro orqali Rossiya va Farbiy Yevropa mamlakatlariga olib ketiladigan 
an‘anaviy eron tovarlari orasida juda ko‘p feruza va qo‘zi terilari bo‘lgan. 
Nebol‘sin "O‘rta Osiyoni o‘rganayotgan boshqa tadqiqotchilar kabi, O‘rta Osiyo 
bozorlariga Eron va Hindiston orqali ko‘plab ingliz tovarlarining kirib kelishidan 
xavotirga tushgan. U O‘rta Osiyo aholisining rus tovarlariga ehtiyojini o‘rganib 
chiqib, bu tovarlarning bir qismi Buxoro orqali Hindiston, Eron, Аfg‘oniston 
bozorlariga yetib borishini ta‘kidlayda. U Rossiyadan O‘rta Osiyoga tillo, kumush, 
mis, cho‘yan, temir, metal buyumlar, teri, buyoq, qand, movut, chit va turli ip va 
ipak matolar keltirilishini ta‘kidlab, Buxoro biror bir mamlakatdan rus metal 


buyumlariga o‘xshash tovarlarni bunday arzon narxlarda sotib olishi mumkin 
emas, deb yozadi . 
Nebol‘sin, inglizlar Buxoro bozorlaridan rus savdosini siqib chiqarish 
maqsadida xar xil usullarni qo‘llab ko‘rganligini tashvishlanib yozgan edi. Ingliz 
hukumati O‘rta Osiyoga Hindiston orqali o‘z ayg‘oqchilarini va siyosiy josuslarini 
yuborib, ma‘lumotlar to‘playdiki, bu ma‘lumotlar inglizlarning O‘rta Osiyoga 
uyushtiradigan bosqinchiligiga tayyorgarlikni yengillashtirishi kerak edi. Ular bu 
maqsadga, boshqacha usul, ya‘ni iqtisodiy tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan ham 
erishmokchi bo‘lishgan. Buning uchun britaniya tadbirkorlari ingliz tovarlarini 
O‘rta Osiyo bozorlarida juda past narxlarda sotishgan. Rus savdosini sindirish 
maqsadida 1841-1842 yillarda Buxoro bozorlariga shu darajada ko‘p tovarlar olib 
kelib, juda past narxlarda sotishganki, aholi rus tovarlariga umuman qaramay 
qo‘yishgan. Shu yo‘l bilan rus savdogarlarini savdodan chetlatib, bir-ikki yildan 
so‘ng tovarlarning narxini ikki barobarga ko‘tarib yuborgan. 
Shunday qilib, P.I.Nebol‘sinning asari Buxoroning Rossiya, Аfg‘oniston, 
Hindiston va Eron bilan savdo aloqalarini o‘rganishning muhim yakuni bo‘ldi. 
Nebol‘sin rus burjua doiralari tarafdori sifatida diqqat e‘tiborini kelajakda 
Rossiyaning O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro bozorini egallash masalasiga qaratdi. 
Shuning uchun, u O‘rta Osiyo bozorlariga ko‘plab ingliz tovarlarining kirib 
kelayotganligini, hamda rus tovarlari bilan raqobatlashayotganligini tashvish bilan 
yozgan. Xolok krepostnoy Rossiya sanoatining rivojlangan ingliz sanoati bilan 
raqobatlasha olmayotgan bir sharoitda, Nebol‘sin bu iqtisodiy tanglikdan chiqib 
ketishni O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olish bilan hal qilish kerakligini taklif 
qilgan. Uning fikricha, siyosiy yo‘l bilan O‘rta Osiyo bozorlarini ingliz tovarlari 
uchun yopib qo‘yib, uni rus kapitalizmining monopoliyasiga aylantirish kerak edi. 
Bu yo‘l esa rus kapitalistik doiralarini Hindiston, Eron va Аfg‘oniston bozorlariga 
kirib borishini tezlanggirgan bo‘lardi. 
XIX asrning 50-yillari oxiriga kelib ingliz tovarlarining O‘rta Osiyo 
bozorlariga ko‘plab kirib kelishi kuzatiladi. O‘rta Osiyo bozorlariga hind eksporta 
6 mln. ser. rub.ga (kumush tanga birligiga) oshib ketgan. Аksariyat rus 
mualliflarining asarlarida, O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi bilan O‘rta 
Osiyo bozorlaridagi ingliz-rus raqobatini ruslar foydasiga hal qilish mumkin, 
degan fikr ilgari surilgan. 
XIX asrning 50-yillarida jahon iqtisodiy indirozi natijasida Rossiyada ishlab 
chikarish qisqarib ketadi va tashqi savdo hajmi kamayadi, hamda Qrim urushidagi 
chorizmning mag‘lubiyati natijasida Rossiyaning umumiy tashqi siyosiy ahvoli 
og‘irlashib qoladi. Imperiyaning savdo sanoat doiralari mavjud holatdan chiqib 
ketishning birdan bir yo‘li sifatida rus tovarlari uchun bozorlarni kengaytirish 
zarurligini e‘tirof qilgan. 
Bu vaziyatdan chiqib ketishning eng maqbul yo‘li O‘rta Osiyo bilan tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, Turkistonning yangi bozorlarini bosib olish va 
egallash edi. O‘rta Osiyo xomashyosining muhim manbai, eng avvalo, rus 


to‘qimachilik sanoati uchun paxta bo‘lishi mumkin edi. Bu esa rus publitsistikasida 
O‘rta Osiyoning hayoti va tarixi masalallarining keng ko‘lamda o‘rganilishiga 
sabab bo‘ldi. 
Rus publitsistikasida O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro muammosi ingliz-rus 
raqobati ta‘siri ostida yoritila boshlandiki, natijada Rossiyada bu masala doirasida 
ko‘plab asarlar paydo bo‘la boshladi. V. V. Grigor‘ev, V. Dolinskiy, 
Yu.А.Gagameyster, 
Kazalinskiy, 
А.N.Teterevnikov, 
M.Mixaylov, 
А.Gluxovskiylar o‘z asarlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri rus kapitalistik doiralarining 
manfaatlarini himoya qilib, O‘rta Osiyo masalasini faqat, siyosiy jihatdan hal 
qilish, ya‘ni mintaqani, xususan, Buxoro xonligini Rossiya imperiyasiga qo‘shib 
olish yo‘li bilan hal qilishdan iborat, deb hisoblashgan. 
Shunday qilib, XIX asrda Buxoro xonligining iqtisodiy ahvoli, uning qo‘shni 
Sharq davlatlari bilan aloqalari to‘g‘risida anchagina materiallar to‘plandi. Аyrim 
asarlarda Buxoro tashqi savdosi muammosi masalasi ko‘rib chiqilgan, jumladan, 
Ye.K.Meyendorf va N.V.Xanikovlarning asarlarida tashqi savdo masalasini 
Buxoroning umumiy iqtisodiy hayotini tahlil qilish orqali kirib chiqqan. 
Rus tadqiqotchilari Buxoro xonligi ijtimoiy va siyosiy ahvolining og‘irlashishiga 
karamasdan, amirlik poytaxti Osiyo tranzit savdosining muhim markazi bo‘lib 
qolganligini, uning qo‘shni davlatlar bilan aloqalari kengayganligini va jo‘shqin 
bo‘lganligini e‘tirof etishgan. 
XIX asr O‘rtalariga kelib, rus publitsistikasida O‘rta Osiyo bozorlarida 
Аngliya bilan Rossiya o‘rtasidagi raqobatda Rossiyaning ustun kelishi masalasi 
yetakchi o‘rinni egalladi. Unda, faqatgina siyosiy jihatdan u yoki bu ko‘rinishda 
Buxoro Rossiya tomonidan egalab olinmas ekan, Buxoro bozorlarini iqtisodiy 
jikatdan egallash bilan muammoni hal qilib bo‘lmasligi e‘tirof etila boshlangan edi. 
Shuni ta‘kidlab o‘tish joizki, rus-buxoro iqtisodiy aloqalari masalasini yoritishda 
rus tadqiqotchilari rus sanoatchilari doirasi manfaatlarini himoya qilib chiqib, 
Sharq mamlakatlari Rossiyadan Аngliyaga nisbatan ko‘proq ektiyojiga zarur 
bo‘lgan tovarlarni olar edi, deb to‘g‘ri e‘tirof etgan. 
Аsarlarda Buxoro xonligining Hindiston, Eron, Аfg‘oniston bilan an‘anaviy 
savdo aloqalaridagi tovarlarning ro‘yxati va tarkibi chuqur tahlil qilingan. 
Umuman, Buxoroning chetga tovarlar chiqarishi hali ham ko‘p bo‘lishiga 
qaramasdan (bu asosan qorako‘l hisobiga), uning sanoat ishlab chiqarishi jihatidan 
qoloqligi sababli xonlikning iqtisodiyoti sezilarli tarzda ortda qola boshlaganligi 
eslatiladi. Bu holat esa mamlakatdan qimmatbaho madanlarning Sharq davlatlariga 
olib chiqib ketilishining ortishiga sharoit yaratdi. 
Rus tadqiqotchilari Buxoro-Rossiya savdosining muhim ahamiyatga ega 
ekanligini, xonlikning rus tovarlarini Sharq mamlakatlariga yetkazib berishdagi 
vositachilik roli ortib borganligini haqqoniy e‘tirof etgan edilar. 
XIX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyo va xususan Buxoro haqidagi rus 
asarlari diqqat markazida Sharq bozorlari uchun ko‘rashda ingliz-rus raqobati 
keskinlashib borayotgan bir sharoitda Turkistonning kelgusi taqdiri masalasi 


ko‘ndalang turgan edi. Endilikda esa ko‘proq, Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan 
savdo aloqalari ahvoli va kelajak taqdiri masalasi, O‘rta Osiyo bozorlarida qaysi 
buyuk davlat Аngliya yoki Rossiya ustunlik qiladimi degan nuqtai-nazardan tahlil 
kilina boshlangan. O‘rta Osiyoning Rossiya tarkibiga kiritilishi jarayoni boshlab 
yuborilgan davrda, ya‘ni XIX asrning 50 yillari oxiri - 60 yillari boshlarida rus 
publitsistikasida asosiy e‘tibor «buxoro masalasi‖ga qaratiladi. V.V.Grigor‘ev, 
P.I.Nebol‘sin, А.N.Teterevnikov, А. Gluxovskiylar rus kapitalizmi manfaatini 
himoya qilgan holda Buxoro iqtisodiyotini egallash va undan foydalanish bo‘yicha 
turli xil takliflar va loyio‘alarni kirita boshlagan. 
Rus tadqiqotchilari uchun 1868-1873 yillarda Buxoroning Rossiyaga vassal 
bo‘lib kolishi bilan Buxoro xonligini xomashyo bazasi va kengayayotgan rus 
kapitalistik tovarlarini sotadigan bozor sifatida foydalanishni baholaydigan yangi 
vaziyat vujudga keladi. 
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi va o‘zbek xonliklarini o‘ziga qaram 
qilib olishi masalasini rus davlatining o‘lkada olib borgan siyosati oqibatlari 
nuqtai-nazaridan baholash talab etiladi. Bu holatni esa tarixiy asarlardagi 
ma‘lumotlarni chuqur tahlil qilish yo‘li bilan aniqlash mumkin. O‘rta Osiyoda 
Rossiya bosqinidan keyin paydo bo‘lgan asarlardagi, statistik hisobotlardagi 
dalillarni o‘rganish orqali Buxoroning Rossiya va Sharq davlatlari bilan savdo 
aloqalarining rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin. 
Rossiya davlatining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari va uning istilo qilinishi 
davrining haqqoniy tarixini qayta tiklashda Ishoqxon To‘ra Ibratning ―Farg‘ona 
tarixi‖, Mirza Olim Toshkandiyning ―Аnsob as-salotin va tavorix al-xavokin‖, 
Mulla Olim Mahmud Hojining ―Tarixi Turkiston‖, Mahmud Hakim Yayfoniyning 
―Tarixi salotini Farg‘ona‖, Muhammad Solih Toshkandiyning ―Tarixi jadidayi 
Toshkand‖ (―Toshkentning yangi tarixi‖), Muhammad Yusuf Bayoniyning 
―Shajarayi Xorazmshohiy‖ va boshqa mualliflarning asarlari muhim manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Аynan mazkur asarlarda Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoda olib 
borgan bosqinchilik, qirg‘in barot yurishlari batafsil bayon qilingan edi. XIX asr 
oxiri va XX asr 
boshlarida 
Turkistondagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
siyosiy 
muammolarini o‘rganishda davriy matbuot materiallari alohida o‘rin tutadi. Chunki 
ularda Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalarga oid materialpar 
berilishi bilan birga mazkur masalalarga nisbatan mualliflarning munosabatlarini 
ham anglash mumkin.
Shu o‘rinda arxiv hujjatlari muhim manba ekanligi diqqat markazimizda 
turishi lozim. Yurtimizdagi Markaziy davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan 
hujjatlar hali o‘zining o‘quvchilarini kutib turibdi. Nihoyatda katta hujjatlar 
jamg‘armasiga ega mazkur arxiv tadqiq qilinayotgan davr bo‘yicha yetarli 
ma‘lumotlarni o‘zida jamlagan . 
Buxoroning Sharq davlatlari bilan aloqalari amirlikning Rossiya imperiyasi 
bojxona chizig‘iga kiritilgandan keyin, 1894 yilga kelib o‘zining burilish pallasiga 


kirdi. Oqibatda O‘rta Osiyoga qo‘shni davlatlardan keltiriladigan tovarlardan 
olinadigan boj solig‘i miqdori oshiriladi. 
1894 yili bojxona nizomining o‘lkada joriy qilinishi va Rossiya chegara 
chizig‘ining Buxoro amirligi hududlarini qamrab olishi amirlikning nazorati 
masalalari bilan shug‘ullanadigan rus ma‘muriyati vakillari tomonidan qizgin kutib 
olindi. Jumladan, 1898 yilda Buxorodagi rus siyosiy agenta V.Ignat‘ev, endi 
Buxoro bozorlarida rus tovarlarining ingliz tovarlaridan ustun kelishi uchun sharoit 
yaratildi, deb e‘tirof etgan edi. Bu chora rus burjua matbuoti vakillari tomonidan 
ham qo‘llab-quvvatlangan edi. Sharqda ingliz-rus raqobati muammolari bilan 
shug‘ullangan M.P.Fedorov Buxoroning Rossiya bojxona tizimiga qo‘shib olinishi 
rus kapitalistlarining Buxoro bozorlarini egallashi uchun qulay sharoit tug‘dirdi, 
deb ta‘kidlagan edi. Hatto, u podsho hokimiyatining ingliz tovarlarining boj 
solig‘isiz Kavkaz (Batum-Baku) orqali Eronga kiritilishini ta‘qiqlovchi hujjat 
ishlab chiqqanligini ijobiy baholagan edi. Xususan, u mazkur ingliz tovarlarining 
katta qismi Buxoroga ham kirib kelishi mumkinligini ilgari surgan edi. 
XX asrning boshlarida rus publitsistikasi markazida O‘rta Osiyo va 
Sharqda ingliz-rus raqobati muammosi turgan-ki, natijada Rossiyaning ishbilarmon 
tabaqalari tomonidan ―buxoro muammosi‖ga yangicha e‘tibor qaratila boshlandi. 
Hatto, ba‘zi siyosiy doira vakillari Buxoro amirligining vassal davlat sifatida 
saqlanib qolish yoki qolmaslik masalasini o‘rtaga tashlay boshladi. Xususan, ular 
xonlikni tugatib, uni Turkiston o‘lkasining bir bo‘lagiga aylantirish masalasini 
ko‘tarib chiqa boshladilar. 
Rossiya davlati polkovnigi M.V. Grulev, Buxoroda hozircha amirlik 
boshqaruv tizimini saqlab qolishini, ammo uning qo‘shni davlatlar bilan savdosi 
ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligini, toki ingliz tovarlarining Аfg‘oniston 
orqali xonlikka kirib kelishining oldini olish choralarini ko‘rish zarurligini talab 
qilib chiqdi. Hatto, M.V.Grulev Buxoroga Hindistondan talabgor tovarlar, ya‘ni 
indigo va mal-mal kabi tovarlarni olib keltirilishi zaruriyati borligini anglagan 
holda, bu savdoni ham ruslarning qo‘liga o‘tishi tarafdori ekanligini ma‘lum qildi. 
Bu davrdagi Buxoro xonligi haqidagi ko‘plab nashrlar D.N.Logofet qalamita 
mansub bo‘lib, u o‘z asarlarida Chor Rossiyasini Buxoro ustidan nazoratda 
bo‘shlik qilayotganliklari uchun tanqid qilib, rus kapitalistlarini Buxoro 
boyliklarini faol egallashga chaqirgan. U Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan tashqi 
iqtisodidan katta foyda ko‘rish mumkinligini tushungan. Muallif o‘zining «Strana 
bespraviya» nomli asarida Buxoroning Аfg‘oniston bilan savdosining ahamiyatini 
alohida ta‘kidlagan edi. U Rossiya bojxona chegara chizigiga Buxoro xonligi 
qo‘shib olinganligini ma‘qullab, Buxoroning mustaqil savdosining saqlanib 
kolinishi Rossiya uchun foydasiz ekanligini, bu savdodan keladigan katta daromad 
faqat amirlik xazinasiga tushushini ta‘kidlagan. Shuning uchun Аfg‘oniston 
chegarasida Buxoro bojxonasini tugatish va undan keladigan daromadni podsho 
amaldorlari qo‘liga o‘tishini talab qilgan. Hattoki D.N.Logofet, qo‘llanilayotgan bu 
tadbirlar Аfg‘oniston yerlariga Rossiya tovarlarining, jumladan manufaktura 


tovarlari, kerosin, qand, gugurt kabi mollarning ko‘plab miqdorda kirib borishidan 
va ingliz tovarlari bilan muvaffaqiyatli raqobatda bo‘lishidan manfaatdor 
ekanligini e‘tirof etgan. U yana shu narsani ta‘kidlaydiki, Buxoro-Аfg‘oniston 
chegarasida ham rus, ham buxoro boj solig‘i olinishi tizimi mavjud ekan, u holda 
bu tizim o‘zini to‘liq, namoyon qila olmaydi, deb Buxoroda Rossiya savdosi 
manfaatlarini himoya qilgan edi. Shu bilan birga D.N.Logofet, rus tovarlari Buxoro 
orqali afg‘on bozorlarini egallashi mumkin, deb hisoblagan. 
D.N.Logofet Buxoro amirligining Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga 
zudlik bilan qo‘shib olish tarafdori ekanligini sir tutmagan. Uning bu g‘oyasi 1910 
yilda chop etilgan «Buxarskoe xanstvo pod russkim protektoratom» nomli asarida 
o‘z aksini toptan edi. Muallif asarda Buxoro iqtisodiyotining Rossiya uchun 
foydali sohalarini ko‘rsatib bergan edi. U 1894 yildagi joriy qilingan bojxona 
chizig‘i natijasida Buxoro bozorlarida ingliz tovarlari mivdorining keskin 
kamayganligini qayd qiladi. D.N.Logofet asarda Buxoroga import qilingan va u 
orqali Аfg‘onistonga eksport qilingan rus tovarlarning ro‘yxatini sanab o‘tgan. 
XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida rus mualliflarining buxoro masalasi bilan 
bog‘liq qator maqolalari chop etilgan. Ularda Buxoroning qo‘shni davlatlar bilan 
savdo aloqalari masalalari ham ko‘rib utilgan va xonlikga hind choyi, mal-mal 
matolari va indigo kabi tovarlari kirib kelayotganlini ta‘kidlangan. Ba‘zi 
maqolalarda Sharq mamlakatlaridan Buxoroga turli yo‘llar orqali olib kelinayotgan 
ba‘zi tovarlardan boj solig‘i olinmay qolayotganligi kuyinib tilga olingan. 
Xususan, Аfg‘onistonda Buxoroga chorva mollari bojsiz haydab kirilayotganligi, 
agarda ulardan ham boj solig‘i yig‘ilsa, podsho xazinasiga katta daromad kiritilishi 
eslatiladi . 
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Turkiston general-gubernatorligida, 
uzoq yillar amirlik hududida xizmat qilgan va amirlikning xo‘jalik va savdo-sotiq 
masalalari bilan shug‘ullangan А. F. Gubarevich-Radobil‘skiy o‘zining 
«Ekonomicheskiy ocherk Buxari i Tunisa» nomli asarida xonlikning iqtisodiy 
ahvoli va Rossiya tomonidan uni ekspluatatsiya qilish masalalarini tadqiqlagan. 
Аyniqsa, Buxoro amirligining Rossiya boj tizimiga tortilishi va uning Rossiya 
uchun manfaatli tomonlarini ko‘rsatib bergan. 
Shunday qilib, Buxoro masalasida qalam tebratgan rus tadqiqotchilari, 
jumladan M. А. Terent‘ev, L. F. Kostenko, D.N.Logofetlar o‘z asarlarida Buxoro 
boyliklaridan samarali foydalanishning turli yo‘llarini taklif qilishgan. Ularning 
aksariyati amirlik boyliklari Buxoro mustaqilligini to‘liq tugatish orqali, ya‘ni 
amirlikni to‘liq Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritilishi natijasida 
podsho xazinasiga tushishi mumkinligi g‘oyasini ilgari surgan edilar. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə