Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
Tasviriy san’at.
Yozma manbalarga ko‗ra, bu davrda devoriy rasmlar chizish 
san‘ati rivojlangan. Saroylar, zodagonlarning uylari va mehmonxonalari devoriy 
suratlar bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo‗lgan Odatida va 
Zariadra romani sujetlari ko‗proq ishlangan. Amaliy san‘at buyumlari yuzasi turli 
mavzudagi bo‗rtma va chizma tasvirlar bilan bezatilgan. Markaziy Osiyodagi badiiy 
hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan 
turli xil antiqaviy buyumlar muhim o‗rinni egallaydi. Bu qadimgi davr yodgorliklari 
adabiyotlarda «Amudaryo xazinasi» yoki «Oks xazinasi» deb yuritiladi. Gap 
shundaki, qadimgi turklar Amudaryoni O‗kuz, ya‘ni Katta daryo deb atashgan, 
yunonlar esa O‗kuzni Oks-Oksus deb nomlashgan. «Oks xazinasi» yodgorliklarning 
ko‗p qismi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Oltin arava, 
oltin bilaguzuk, oltin ko‗za, jangchi-sak bo‗rtma tasvirida shu fazilatlar 
mujassamlashgan. 
Markaziy Osiyoda nodir yodgorliklardan biri Tuproqqal‘a hisoblanadi. 12 m 
balandlikka ega bo‗lgan sun‘iy tepalik ustiga qurilgan bu qal‘a to‗rtburchak shaklida 
bo‗lib, 500X350 m maydonni egallaydi. Maydon atrofi mustahkam devor bilan o‗rab 
chiqilgan. Qal‘aning shimoli-g‗arbidagi burchak tomonda Xorazmshohlarining 
saroylari joylashgan. Saroyning mahobatli uch minorasi esa butun qal‘a ko‗rinishiga 
mustahkamlik baxsh etgan, uning jiddiy bo‗lib ko‗rinishini ta‘minlagan. Tuproqqal‘a 
xonalari bir xil emas. Tor yo‗lakchalar egri ravoqlar bilan yopilgan, aksincha, katta 
xonalar nur-quduqlarga ega bo‗lgan, mustahkam ustunlar esa xona kengligini oshirish 
uchun, uzun to‗sinlarga mustahkamlik berish yoki ularni uzaytirish uchun ishlatilgan. 
Saroy xonalari haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan. Qabulxona 
(mehmonxona) serbezak bo‗lgan. Devoriy surat va bo‗rtma tasvirlar xonaning 
ko‗rkam va go‗zalligini oshirgan. Loydan yasalgan haykallar devor bo‗ylab qilingan 
supachalarga o‗rnatilgan. Supalarda haykallar qisman saqlanib qolgan. O‗tirgan 
holda tasvirlangan podshohlar (natural o‗lchamdan ikki marta katta), yon tomondan 
turgan holda tasvirlangan erkak, ayol va bolalarning haykali qo‗yilgan. «Suvoriylar 


12 
(jangchilar) zali» deb nomlangan xona devorida qoldirilgan tokchalarda podshohlar 
haykali qo‗yilgan. Devor oldida esa qo‗lida qurol ushlab turgan jangchilar haykali 
bo‗lgan. «Kiyiklar zali» deb nomlangan xonada o‗simliklar, pastroq tomonda natural 
kattalikda kiyiklarning bo‗rtma tasviri – barelyefi ishlangan. Tuproqqal‘adagi kichik 
xonalar faqat devoriy suratlar bilan bezatilgan. Shunday xonalardan birining devoriga 
ishlangan arfa chaluvchi qiz surati bizgacha birmuncha yaxshi saqlangan. 
Markaziy Osiyo madaniyati va san‘ati rivojlanishining yangi bosqichi Aleksandr 
Makedonskiyning istilolaridan keyingi davrdan boshlandi. Sharq va G‗arbning 
bog‗lovchisi Buyuk Ipak yo‗lining tuguni bo‗lgan bu yo‗l avvalgi davrlarga nisbatan 
faol bog‗lovchi vazifasini o‗tay boshladi. Uning shimoli- g‗arbiy va shimoli-sharqiy 
hududlar bilan aloqasi ham yangi mazmun va yo‗nalish kashf eta bordi. Ayniqsa, Ural 
atrofi, Oltoy va Sibir bilan bo‗lgan munosabatlarda ta‘sir etish jarayoni sezilarli 
bo‗ldi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyoga ellin madaniyati tezkorlik bilan kirib 
kela boshlaydi. Hukmdorlar o‗zlarining mavqelarini mustahkamlab olishga harakat 
qilib, ko‗plab Yunonistonlik san‘atkorlarni ishga taklif qildilar va yangi shaharlar 
barpo etadilar. Mahalliy din va urf-odatlariga tegmaganlari holda yunon 
madaniyatining tarqalishiga e‘tibor berdilar. Salavkiylar tijorat, savdo-sotiq ishlariga 
e‘tibor berishlari hunarmandchilik, dehqonchilik ishlarini jonlanishiga, qurilish ishlari 
amalga oshishiga imkon beradi. 
 
Me‘morchilik madaniyati va san‘atida avvalgidek, asosan, xom g‗isht asosiy 
qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq 
g‗ishtdan foydalanila boshlandi, devor pardoziga maxsus qorishmalar, alebastrli 
qoplamalar kirib kela boshladi. Ayniqsa, yunon me‘morchilik madaniyati va san‘ati 
ta‘sirida qurilgan saroylar, ibodatxonalar me‘morchilik jarayonida muhim bo‗ldi. 
Shimoliy Afg‗oniston hududidagi Oyxonum yodgorligi ushbu davr me‘morchiligi 
o‗zgarishlaridan dalolat beradi. Uning qurilishi uslubi antik san‘at an‘analari asosida 
ishlangan pollari mozaika bilan pardozlangan. Kapitel va ustunlar ham uning 
ko‗rinishiga alohida fayz baxsh etgan. Tasviriy san‘at bu davrda o‗z rivojini davom 
ettirdi, saroy va zodagonlarning uylari rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan 
bezatildi, mahobatli haykaltaroshlik va mayda plastika madaniyati va san‘atida asarlar 
yaratildi. Marmarda haykallar, fil suyagida ritonlar ishlandi. Bu davrda quyish 
madaniyati va san‘ati rivojlandi. Bu san‘at rivoji numizmatika-tangalar zarblash 
san‘atida yaqqol bilinadi. Markaziy Osiyoga bo‗rtma tasvirli tangalarning kirib kelishi 
Salavkiylar sulolasi nomi bilan bog‗liq. Bunday uslubda tanlangan chiqarish ellin 
mamlakatlarida keng rivoj topgan bo‗lib uni Markaziy Osiyo madaniy-iqtisodiy 
hayotiga kirib kelish muhim voqea bo‗ldi. Markaziy Osiyoda pullar zarb etish 
maqsadida o‗lkaga yunon ustalarining keng ko‗lamda jalb etilishi ―markaziy 
osiyocha‖ mo‗jaz portret madaniyati va san‘atining rivojlanishiga sabab bo‗ladi.
Shunday portretlar davr hukmronligining nafaqat tashqi ko‗rinishiga, balki fe‘l-
atvorini ham o‗z haqqoniy tasvirlanishi bilan Yunonistonda yaratilgan tanga yuzasiga 
ishlangan bo‗rtma tasvirlardan o‗tib ketdi. 


13 
Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida sezilarli iz qoldirgan Yunon-Baqtriya 
podshohligi davrida Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida me‘morchilik 
ansambllari yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrini boshidan kechirdi. 
Me‘morchilikda yangi g‗oyalar rivojlandi, yangi-yangi shaharlar barpo etildi. 
Shulardan biri Demetriy asos solgan Termiz ( Demet-Termet o‗zgarishida) shahri 
rivojlandi. Ayniqsa, ellin madaniyati va san‘ati ta‘siri sezilarli darajada bo‗ldi. 
Ko‗plab binolar qad ko‗taradi, qurilishda ellin me‘moriy uslublari ishlatilgan. 
Jumladan, ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga mozaika yotqizilgan, ustunlar ko‗p 
hollarda kapitellar bilan tugallangan. Yunon-Baqtriya podsholigi davrida mavjud 
shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo‗lmagan aholi punktlari 
shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to‗rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, 
atrofi qalin devor bilan o‗rab chiqildi, to‗rtburchaksimon minoralar bunyod etildi. 
Yunon madaniyati va san‘ati ta‘siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga 
ishlangan bo‗rtma tasvirlarda ham seziladi. Tangalarning old tomonida hukmdor 
(podshoh) homiysi bo‗lgan ma‘buda tasviri va yozuv mavjud, tanganing orqa 
tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo‗rtma tasviri yon tomonidan ishlangan. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu tangalar yuzasidagi bo‗rtma tasvirlar uslubi jihatidan 
yunon mumtoz madaniyati va san‘ati an‘analarida, eng avvalo, Fidiy, Praksitel, Lissip 
ijodiga xos uslubda bajarilgan, jumladan, Fidiyning Olimpdagi Zevs haykaliga taqlid 
qilish sezilarli Podsho bo‗rtma tasvirlari real va haykaltarosh tasvirlanuvchi faqat 
o‗xshatib qolmasdan, balki uning xarakterini ham ochishga intilganligi bilinadi. 
Demetriy tasviri tushirilgan tangada Demetriyning xarakteri va mavqeyi fil shakli bor 
bo‗lgan bosh kiyimda tasvirlangan. Bu belgi podshoning Hindistonni zabt etganligi va 
uning hukmdorligiga ishora hisoblangan. 
Demetriy portreti shu davr realistik portreti madaniyati va san‘atining nodir 
yodgorligi hisoblanadi. Haykaltarosh bu portretda tasvirlanuvchining o‗ziga xos 
individual qiyofasi va xarakterini ifodali aks ettira olishi bilan kishini hayratlantiradi. 
Shu davrda ishlangan Yevkratid bo‗rtma tasvirda kuchli, irodali shaxs qiyofasi 
gavdalanadi. Aksincha, Geliokl portretida padarkushlik bilan taxtni egallagan 
hokimning majruh dunyosi yuz muskullari, dumaloq va ma‘nosiz boqishida bilinadi. 
Amaliy san‘atda ham yunon madaniyati va san‘atiga taqlid qilish yoki uning 
namunalaridan foydalanish keng avj oldi. 
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, xususan, O‗zbekiston tarixida muhim o‗rin 
egalladi. Bu yerda me‘morchilikda avvalgi davr an‘analari davom qildi, shu bilan 
birga yangi an‘analar rirojlandi. Saroylar, zardushtiylik va buddaviylik dinlari bilan 
bog‗liq me‘moriy majmualar yaratildi, fuqarolar turarjoylari murakkaablasha bordi, 
ularning estetik jihatlariga e‘tibor ortdi. Shaharsozik borasida ishlar amalga oshirildi. 
Bu davrda Markaziy Osiyoda qator shaharlar paydo bo‗ldi. Bu davrda shahar qurilishi 
ham avj oladi. Shahar hokimlari, boy zodagonlar va amaldorlarning saroylari va 
uylari hashamatli bo‗lishiga e‘tibor berildi. Uning go‗zal bo‗lishi uchun haykal, turli 
naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar. 


14 
Dalvarzintepa Kushon davlatining muhim shaharlaridan bo‗lib, bu yerda 
buddizm dini bilan bog‗liq ibodatxona, stupa bo‗lgan. Ibodatxona serhasham bo‗lib 
unda Baqtriya ma‘budasi haykali bo‗lgan. Bino bezagida akanf bargi antefiks va 
bezakdor ustunlar keng qo‗llanilgan. 
Kampirtepa, Qoratepada (Eski Termiz) olib borilgan arxeologik ishlar bu 
yerlarda buddizm bilan bog‗liq me‘morchilik komplekslarni ochilishini ta‘minladi. 
Arxeologik ishlar davom etmoqda, lekin ochilgan g‗or- ibodatxonalarning bezatilishi, 
u yerda mavjud bo‗lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. 
Ayritomdan (Termiz yaqinidan) topilgan toshdan ishlangan relyeflar va so‗nggi 
Kushon davlati me‘morchiligining xarobalari bu yerda buddizm keng yoyila 
boshlaganligini ko‗rsatadi. Ayritomdagi ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz 
tarzida ishlangan friz karnizlarda akanf barglari orasida yarim belgacha tasvirlangan 
qo‗shnay, nog‗ora (baraban), lyutna va arfa chalayotganlar sozandalar tasvirlangan 
(ular 14 ta). 
Buddizm dini bilan bog‗liq me‘morchilik majmualar va ibodatxonalar 
O‗zbekistonning janubiy tomonlarida keng tarqaldi. Eski Termiz yaqinidagi ―Zurmala 
qal‘a‖ me‘morchilik yodgorligi shu o‗rinda muhimdir, to‗rtburchak shakldagi taglikka 
tepa tomoni yarimsferik tarzda tugallangan silindrik stupa qurilgan. Minoraning 
qozon shaklidagi tepa va silindrik shakldagi asosiy ustun qismi chegarasi karniz bilan 
ajratilgan. Minoraning tagi, tepadagi yarim aylana shaklidagi qismni esa qizil tosh, 
plitalari bilan pardozlangan. Minoraning asosi ustun qismi esa pishiq g‗isht bilan 
pardozlangan bo‗lish ehtimoli bor. Kushon davrda shahar qurilishini avj olishida 
jamoat binolari ham alohida o‗rinni egalladi. Shahar hokimlari, boy zodagonlar va 
amaldorlarning saroylari va uylari hashamatli bo‗lishiga e‘tibor berildi. Uning go‗zal 
bo‗lishi uchun haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar. 
Xolchayonda (Surxondaryo) saqlanib qolgan arxeologik topilma e‘tiborga loyiq. 
Bu yerda bino Sharqqa qarab qurilgan bo‗lib uning old tomonida 6 ustunli ayvon 
bo‗lgan. U yerdan asosiy xona – katta zalga va ikki ustunli xonaga kirilgan. Bino ham 
g‗ishtdan qurilgan. Ustunlar yog‗ochdan ishlangan bo‗lib ular tosh taglikka 
o‗rnatilgan. Binoning tomi tekis yopilgan bo‗lib tom chekkalari esa cherepitsa ham 
antefikslar bilan bezatilgan. Xonalar devoriy surat va haykallar bilan bezatilgan 
bo‗lgan. 
Bu davrning tasviriy va amaliy madaniyati va san‘ati yo‗nalishlari bir qancha 
manbalardan Baqtriya-So‗g‗d, ellinlashgan-buddizm, g‗arb tomonda sak-parfiya, 
Xorazm va Old Osiyo madaniyati va san‘ati an‘analaridan asos oldi va rivojlandi 
hamda xarakteri jihatidan betaraf va o‗ziga xos mustaqil san‘at yo‗nalishi sifatida 
e‘tirof etiladi. Haykaltaroshlik madaniyati va san‘atida yunon va hind madaniyati va 
san‘ati ta‘sirida seziladi. Bu xususiyat ishlangan haykallarda tasvirlanuvchining soch 
tarashi, kiyimi boshi xarakterini aniq bo‗lishiga, psixologik holatini ifodalashga 
intilishida bilinadi. 
Kushoniylar davri tangalari avvalgi davrga nisbatan bo‗sh, yuzlariga 


15 
podshohlarning portreti zarblangan orqa tomonda esa xudolar tasviri tushirilgan. 
Yozuvlar esa Kushon-Baqtriya tilida bo‗lib, yozish uchun yunon alfaviti asosida 
yaratilgan Kushon harflari ishlatilgan.
Bu davrda mahobatli rassomlik rivojlandi va saroy, ibodatxona, monastir va 
qasrlarni bezashda keng qo‗llanildi. Rasmlar mavzusi bevosita binolar funksiyasiga 
qarab belgilandi. Jumladan, ibodatxona va monastirlar devoriy rasmlarida diniy 
mavzu yetakchilik qilgani holda qasr va saroylar devorlarida dunyoviy voqealar 
tasviri ishlangan. Albatta, bu rasmlar bizgacha faqat parcha, bo‗laklarda, shuningdek, 
qadimgi mualliflarning yozma manbalarida saqlanib qolgan. Lekin shularning o‗zi 
shu davr mahobatli madaniyati va san‘ati haqida fikr yuritishga asos beradi. Bu 
davrda boy zodagonlar va amaldorlar o‗z saroylari va uylarini hashamatli bo‗lishiga 
e‘tibor berildi. Ularning xonalari devoriy surat haykal, turli naqsh va rasmlar bilan 
bezak berilgan bo‗lgan. So‗g‗dning muhim manzillaridan bo‗lgan Ustrushona saroyi 
devoriga qadimgi Rim afsonasi bilan borlik tasvirning tushirilishi o‗zaro yaqin 
aloqalardan dalolat beradi. Bu tasvirning muallifi haqida, albatta, ma‘lumotlar 
bo‗lmasada, lekin shu tasvirning Markaziy Osiyoda paydo bo‗lishi shu yerda o‗z 
vatanini qo‗msagan bo‗lib taassurot bilan qaytgan mahalliy jangchi, rassom, savdogar 
bo‗lishi mumkin. 
Xolchayon devoriy suratlardan ayrim tasodifiy bo‗lakchalar yomon holda 
bizgacha yetib kelgan. Bular ichida yigit boshi surati, uzum novdalari birmuncha 
bilinarli. Mavzusi hayot, tabiat manzaralari islimiy naqsh turiga yaqin naqsh 
kompozitsiyalari ishlangan. 
Qoratepada buddizm bilan bog‗liq me‘morchilik kompleksida ochilgan g‗or-
ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo‗lgan devoriy suratlar diqqatga 
sazovordir. Noma‘lum rassom tomonidan ishlangan devoriy suratlar mavzusida 
Budda va uning yaqinlari bilan bog‗liq rasmlar ishlangan bo‗lib noma‘lum rassom o‗z 
asarida fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmni tasvirlashga intilgani seziladi. 
Kushon davri haykaltaroshligi ikki yo‗nalishda – mahobatli haykaltaroshlik va 
mayda sopol haykaltaroshligi tarzida namoyon bo‗ladi. Mahobatli haykaltaroshlik 
ko‗proq maxsus loy va qorishmalarda ishlangan va ko‗p hollarda bo‗yalgan bo‗lgan. 
Mayda haykaltaroshlikda sopol, tosh, bronza, kumush, oltin, shuningdek, yog‗och 
keng ishlatilgan, inkrustatsiya, kandakorlik uslublaridan ham dumaloq va bo‗rtma 
tasvirlar ishlashda qo‗llanilgan. Haykaltaroshlik mavzusi diniy va dunyoviy bo‗lib 
diniy haykallar zardushtiylik va buddizm bilan bog‗liq holda ishlangan. 
Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi bevosita haykaltaroshlik yo‗nalishiga 
o‗z ta‘sirini o‗tkazdi. Budda, bodisatva va boshqa diniy personalliklarning haykallari 
ishlandi va ular ibodatxonalarning oldi va ichkari qismida o‗rnatilgan. Bu 
haykallarning ishlanish tamoyillari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. 
Xolchayondagi binoni bezashda haykallar keng qo‗llanilgan. Bu haykallar 
xonalarning devorlarining yuqori qismiga barelyef va gorelyef uslubi bajarilgan. 
Unda podshoh va uning yaqinlari, shuningdek, otliqlar tasviri ishlangan. 


16 
Qoratepadagi buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida 
ko‗rgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real 
xaraktyerga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o‗ziga xos tomonlarini 
ko‗rsatishga harakat qildi. Bu ularning ko‗rinish, soch tarash va kiyinishlarida 
seziladi. Qoratepada olib borilgan arxeologik ishlar buddizm bilan bog‗liq 
me‘morchilik komplekslarni ochilishini ta‘minladi. Bu yerga arxeologik ishlar davom 
etmoqda, lekin ochilgan g‗or-ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo‗lgan 
haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Markaziy Osiyo, jumladan, 
O‗zbekiston hududining janubiy tomonlarida yunon uslubida ishlangan metall 
idishlar, ko‗za va haykallar topilganligi fikrimiz dalilidir. Amaliy san‘atda yaratilgan 
kulolchilik, zargarlik va metallardan buyumlar yasash, kumush, oltin va bronza 
madaniyati va san‘ati nafisligi bilan xarakterlanadi. Dalvarzintepadan topilgan 
oltindan ishlangan turli taqinchoqlar, ko‗mish buyumlar inkrustatsiya madaniyati va 
san‘ati yuqori bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
Bu davrda, ayniqsa, metall buyumlar yasash va ularning yuzasini bo‗rtma 
tasvirlar bilan bezash madaniyati va san‘atida Markaziy Osiyolik ustalar katta 
yutuqlarni qo‗lga kiritdilar. Kandakorlik nihoyatda rivojlandi. Bu san‘at rivojida 
yunon-rim uslubi keng yoyildi. Nafaqat ishlanish jihatidan balki tasvirlar mavzusi 
jihatidan ham xarakterli metallda (oltin, kumush, mis, bronza) ishlangan har xil lagan, 
vaza, qalqon va xum yuzalari tasviriga antik dunyo hayoti va mifologiyasi asos qilib 
olindi. 
Markaziy Osiyo, jumladan, O‗zbekiston hududining janubi tomonlarida yunon 
uslubida ishlangan metall idishlar, ko‗zalar topilgan. Bu idish yuzalariga ishlangan 
tasvirlarda Kushonlar davrida ellin madaniyati va san‘ati tasviri kuchli bo‗lganligi 
an‘analar davomidagina emas, balki yunon tilining bu yerlarda keng yoyilishi yunon 
alfavitining keng iste‘molda ishlatilishi ham ana shu tasvir doirasining kengligidan 
dalolat beradi. 
Kushon davlati ko‗p millatli va ko‗p dinli davlat edi. Uning hududida 
yashaydigan turli xalq va qabilalar o‗z diniga va qarashlariga ega bo‗lgan. Dinlari 
ichida zardushtiylik dini keng yoyilganligini e‘tirof etish kerak. Xorazm, So‗g‗d, 
Baqtriya, Marg‗iyonada shu din bilan bog‗liq ko‗pgina yodgorliklarning topilishi ham 
shundan dalolat beradi. Lekin Kushon davri zardushtiylik dini hind va ellin dinlari 
ta‘sirida yangilanish jarayonini boshidan kechirdi, ossuariylar tiplari toraya bordi.
Kushon davlati tarixida o‗ziga xos san‘at tarixi shakllandi. Xarakterli 
jihatidan lokal xususiyatga ega bo‗lgan Kushon madaniyati va san‘ati o‗z rivojida 
nafaqat davlat tarkibiga kirgan mavjud xalq va elatlarning madaniyati va san‘ati 
zaminida kamol topdi, balki davrning silsilasida yuzaga kelgan Sharq va G‗arb 
falsafasi va estetikasi tasviridan ham chekkada qolmadi. Shuning uchun ham bu 
san‘at idrokida Yunon-Baqtriya madaniyati va san‘ati an‘anasi va o‗ziga xos 
yo‗nalishi, shimoliy ko‗chmanchi-qabilalar madaniyati va san‘ati an‘analari o‗zida 
Sharq va g‗arb madaniyati sinteziga yo‗l ocha borgan ahamoniylar davri madaniyati 


17 
va san‘ati belgilari Hindiston, Pokiston, Afg‗oniston madaniyati tarixidagi ko‗pgina 
belgi va o‗ziga xosliklarning sezilib turishi qurilayotgan masalani naqadar keng va 
murakkabligini ko‗rsatadi. Kushon madaniyati va san‘ati va madaniyati keyinroq, o‗z 
hududidan tashqariga chiqishga, ko‗pgina xalqlar, davlatlarning san‘at va 
madaniyatiga ta‘sir o‗tkazishga muyassar bo‗ldi. Kushon madaniyati va san‘ati o‗z 
rivojida qator xalq va elatlar madaniyati va san‘ati ta‘sirida yuzaga kelgan bo‗lsa ham, 
lekin uning o‗ziga xos, lokal va shu bilan birga boshqalardan ajralib turadigan tomoni 
mavjudligini qayd etish lozim. Kushon davlati jahon tarixida o‗ziga xos tuzumga ega 
bo‗lgan davlatlardan bo‗lgan. Bu davlat hududida turli din va e‘tiqod mavjud bo‗lib 
san‘at va madaniyat mazmuni va yo‗nalishida ham o‗z aksini topgan. Zardushtiylik, 
moniylik, buddizm va boshqa diniy yo‗nalish va e‘tiqodlar san‘at uslubiy 
rangbarangligini ham keltirib chiqardi. Me‘morchilik, tasviriy va amaliy san‘at uslub 
va yo‗nalishlari shu davr e‘tiqod va qarashlari bilan rivojda bo‗ldi. Kushon davridan 
boshlab O‗zbekiston janubiy tomonlarida Budda bilan bog‗liq bo‗lgan haykallar keng 
tarqala boshladi. Monumental rassomlik madaniyati va san‘atining namunalari Sharq 
va G‗arb badiiy dunyosi sintezi sifatida yuzaga keldi. Kushon podshohligi davrida 
ham, ellin madaniyati va san‘ati, ayniqsa, yunon madaniyati va san‘ati ta‘siri sezilarli 
o‗rinni egallagan. Markaziy Osiyo, jumladan, O‗zbekiston hududining janubi 
tomonlarida yunon uslubida ishlangan metall idishlar, ko‗za va haykallar topilganligi 
fikrimiz dalilidir. Kushon davri mafkurasida buddizm dini muhim o‗rinni egalladi. U 
odamlarning turmush tarzi, madaniyati, tugaydigan muhitida o‗z aksini topdi. 
Tasviriy va amaliy san‘at, me‘moriy xususiyatlarini belgilovchi muhim faktor sifatida 
maydonga chiqdi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə