Samarqand davlat universitetining


mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə33/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar

Reja:

  1. Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar.

  2. Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar.

Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki topshiriqlarning bajarilishi amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvchi hujjat.
Hisobotlar yillik, yarim yillik, kvartallik, oylik bo‘ladi. Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonchli hamda ishlab chiqarishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga moyil bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e'tibor beriladi: nima mo‘ljallagan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e'tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llaniladi. Uning zaruriy qismlari:
Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlarda korxona, tashkilot, muassasada bajarilgan ishlardan kelib chiqib unda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • muayyan ish davrida korxonaga ishga qabul qilingan xodimlar haqida;

  • ishdan bo‘shatilgan xodimlar haqida;

  • xodimlarning malaka oshirganliklari haqida;

  • rag‘batlantirilgan xodimlar haqida;

  • jazolangan xodimlar haqida;

  • xodimlarga berilgan ta'tillar haqida buyruq raqamlari bilan ma'lumotlar ko‘rsatiladi.

Hisobotning zaruriy qismlari: qaysi davr uchun berilganligi, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilganligi; hujjatning nomi (hisobot), hisobot matni, hisobot yozuvchining lavozimi, familiya, ismi va otasi ismining bosh harflari, imzo, sana, hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma'lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qisman farq qiladi. Uning zaruriy qismlari:

  1. Sarlavhasi: Idora rahbarining lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti.

  2. Hujjatning nomi (hisobot).

  3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» kabi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma'lumotlar bilan bayon qilinadi: xulosa yasaladi).

  4. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otasi ismi, imzo.

  5. Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda).

  6. Sana.


Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə