Samarqand davlat universitetining



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə2/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Bo‘lim funksiyalari

  1. Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq korxona xodimlari tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini ta'minlash;

  • korxona bo‘linmalaridagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish, undagi o‘zgarishlarni prognozlash;

  • xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini o‘rganish, ularning kasbiy va lavozim pog‘onalarida o‘sishini rejalashtirish;

  • boshqaruvning barcha darajalari uchun ta'sirchan kadrlar rezervini va uni aniq maqsadli tayyorlab borish;

  • kadrlar rezervi rahbarlik lavozimlariga o‘tishga tayyorligini davriy ravishda baholash;

  • xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

  • korxona uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilishni ta'minlash;

  • ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va kasbiy ko‘nikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishning amaldagi chora-tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga ta'sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, rag‘batlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda, kadrlarni boshqarish usullarini yuritishni joriy etish;

  • kadrlar shaxsiy tarkibining kontingentiga oid statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;

  • xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, kartoteka va qat'iy hisobda turuvchi boshqa hujjatlarni yuritish hamda saqlash;

  • kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga maslahatlar va uslubiy yordam berish;

  • korxona bo‘linmalarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

  • xodimlarning xizmat safarlari bo‘yicha buyruqlar tayyorlash, xizmat safarlari guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish;

  • mehnat ta'tilidan o‘z vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

  • amaliy ishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash yuzasidan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash;

  • korxona xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

  • belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish, korxona xodimlariga pensiya tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;

  • korxona bo‘linmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, korxona xodimlarining intizomiy javobgarligi masalalari bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash;

  • o‘rnatilgan tartibda korxona xodimlariga xizmat guvohnomalarini berilishini tashkil etish;

  • xodimlarning hozirgi mehnat faoliyati to‘g‘risida ma'lumotnomalar berish;

  • bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan korxona xodimlariga va ishga kirayotgan shaxslarga tegishli maslahatlar berish va vakolati doirasida fuqarolarning xatlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə