Samarqand davlat universitetining


Mehnat shartnomasi taraflari nizolarini hal etilishi



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə9/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Mehnat shartnomasi taraflari nizolarini hal etilishi

  1. Har bir xodim qonun hujjatlarida, korxonaning me'yoriy hujjatlarida va mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat huquqlari himoya qilinishi, shu jumladan, sudda himoya qilinishi, shuningdek, malakali huquqiy yordam olish huquqiga egadir.

  2. O‘z huquqlarini buzilgan deb hisoblagan xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirokida ish beruvchiga yozma yoki og‘zaki murojaat qilishga haqlidir. Xodimning murojaati tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

  3. Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatan ko‘rib chiqilgandan keyin yuboriladi.

  4. Ko‘rsatib o‘tilgan holatda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida nizo kelib chiqqanda yoki ish beruvchining javobi qoniqtirmasa, xodim sudga murojaat qilishga haqlidir.

  5. Xodim kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat nizosi ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga egadir.

  6. Mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita sudda ko‘rib chiqiladi:

  • agar ular mehnat shartnomasi bekor qilinishi asosidan qat'i nazar ishga tiklash to‘g‘risida bo‘lsa;

  • mehnat shartnomasi bekor qilinishi sanasi va uning asoslanishini o‘zgartirish haqida bo‘lsa;

  • majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;

  • ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa;

  • ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan, ma'naviy zararni) ish beruvchi tomonidan to‘lashi haqida bo‘lsa.

Sud mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan, degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etishga haqli emas.

  1. Xodim quyidagi muddatlarda sudga murojaat qilishga haqlidir:

  • ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay;

  • boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oydan kechikmay;

  • xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.

Ushbu muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra, o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud tomonidan qayta tiklanishi mumkin.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə