Samarqand davlat universitetining


Ish vaqti, dam olish vaqti va ulardan foydalanish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə8/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Ish vaqti, dam olish vaqti va ulardan foydalanish

  1. Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

  2. Har kungi ishning boshlanishi va tamom bo‘lishi hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi:

Har kuni (shanbadan tashqari) — soat ___ dan ____ gacha;
Shanba kuni — soat ____ dan ____ gacha;
Kundalik tushlik tanaffus — _____ dan _____ gacha;
Dam olish kuni — yakshanba.
Ish kuni tartibi (zarurat tug‘ilganda) kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, korxona rahbarining buyrug‘i bilan o‘zgartirilishi mumkin.

  1. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagi xodimlarga belgilanadi:

  • 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga — haftasiga 24 soat;

  • 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — haftasiga 36 soat;

  • I va II guruh nogironlariga — haftasiga 36 soat.

  1. Bayram kunlari arafasida har kungi ish muddati bir soat qisqartiriladi.

  2. Xodim bilan ish beruvchining o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin.

  3. Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin.

  4. Xodimlarning dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga istisno hollarda ish beruvchining buyrug‘i bilan yo‘l qo‘yiladi va ularga kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi saqlangan holda, boshqa kuni otgul berish bilan qoplanadi.

  5. Yillik ta'tillar, ularga haq to‘lash va hisoblab chiqish tartibi, shuningdek, ta'tilga chiqish huquqini beruvchi ish stajini hisobl ab chiqish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

  6. Korxona xodimlari quyidagi ijtimoiy ta'tillarni olish huquqidan foydalanadilar:

  • homiladorlik va tug‘ish ta'tillari;

  • farzandlarini parvarishlash ta'tillari;

  • o‘qish bilan bog‘liq ta'tillar;

  • ijodiy ta'tillar.

  1. Xodimning arizasiga binoan, unga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

  2. Yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi.

Quyidagi xodimlarga yillik asosiy ta'til 6 oy o‘tmasdan oldin beriladi:

  • ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta'tili oldidan yoki undan keyin;

  • I va II guruh nogironlariga;

  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  • muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

  • o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga, asosiy ish joyidagi ta'til bilan bir vaqtda;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga, agar bu o‘qish manfaati bilan bog‘liq bo‘lsa.

Yillik asosiy ta'til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan ta'tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi.

  1. Ta'tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

  2. Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga ko‘ra, yillik ta'tilning belgilangan eng oz muddatidan (o‘n besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

  3. Mehnat shartnomasi (shu jumladan, uning muddati tamom bo‘lishi munosabati bilan) bekor qilinganda xodimning xohishiga binoan, keyinchalik mehnat munosabatlari to‘xtatilishi sharti bilan yillik asosiy va qo‘shimcha ta'tillar berish xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan, amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda, ta'til tamom bo‘lgan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan sana deb hisoblanadi.

  4. Ushbu bandda nazarda tutilgan ta'til davrida xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qaytarib olishga haqli emas.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə