Samarqand davlat universitetining


Mehnat intizomini ta'minlash va javobgarlik



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə7/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Mehnat intizomini ta'minlash va javobgarlik

  1. Korxonadagi mehnat intizomi mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga, jamoa shartnomasi shartlariga, mazkur qoidalarga va texnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi talablariga, shuningdek, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.

  2. Mehnat vazifalarini zarur darajada bajarganligi, mehnatda yuqori natijalarga erishganligi, korxonada uzoq vaqt nuqsonsiz ishlaganligi va boshqa yutuqlar uchun korxona xodimlariga quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanishi mumkin:

  • tashakkurnoma;

  • pul mukofoti;

  • qimmatli sovg‘a bilan mukofotlash.

Xodimlar jamiyat va davlat oldidagi alohida mehnat xizmatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishlari mumkin.

  1. Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha haq ustama va boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.

  2. Rag‘batlantirish choralari intizomiy jazo amal qilish davomida xodimga nisbatan qo‘llanilmaydi.

  3. Xodimlarning mehnat intizomiga rioya etmasliklari ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga olib kelishi mumkin.

  4. Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin:

  • xayfsan;

  • o‘rtacha oylik ish haqining 30% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.

Mehnat intizomini uzluksiz buzganligi, shuningdek, ushbu qoidalarning 2.22-bandida nazarda tutilgan xatti-harakatlar bir marta sodir etilganligi uchun xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50% miqdorida jarima solinishi mumkin.

  • mehnat shartnomasini bekor qilish (O‘zR MKning 100moddasi ikkinchi qismining 3—4-bandlari).

  1. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi.

  2. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma'lum qilinadi. Intizomiy jazo qo‘llanganligi haqidagi yozuv mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

  1. Xodimlarga mehnat intizomini buzganligi uchun intizomiy javobgarlikdan tashqari boshqa choralar (mukofotdan qisman yoki to‘liq mahrum etish va boshqalar) qo‘llanishi mumkin.

  2. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan zararni to‘lashi shart:

  • u mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilsa;

  • bunday majburiyat ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi, mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi, har qanday yo‘llar bilan xodimning sha'niga dog‘ tushiruvchi ma'lumotlar tarqatilganligi natijasida (basharti bu ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasa), shuningdek, boshqa hollarda ish haqi olinmay qolgan bo‘lsa, kelib chiqadi;

  • xodimning sog‘lig‘i mehnatda mayib bo‘lishi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi.

  1. Xodim mehnatda mayib bo‘lishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda, sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda ish beruvchi marhumning oila a'zolariga yoki zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga zararni to‘lashi shart.

  2. Umumiy qoida bo‘yicha xodim yetkazilgan zarar uchun o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori doirasida moddiy javobgar bo‘ladi.

  3. Yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga to‘liq moddiy javobgarlik yuklatiladi:

  • maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishi ta'minlanmaganlik uchun;

  • bir gallik hujjat asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini ta'minlamaganligi uchun;

  • qasddan zarar yetkazilganda;

  • alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta'siridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;

  • xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;

  • tijorat sirlari oshkor etilganda;

  • qonunlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.

  1. O‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasi aybdor xodimdan ish beruvchining buyrug‘iga binoan undiriladi. Buyruq zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy ichida chiqarilishi mumkin.

Yetkazilgan zararning xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan oshib ketsa yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, zarar sud tartibida undiriladi.

  1. Ish beruvchi aybdor xodimdan zararni undirib olishdan to‘liq yoki qisman voz kechishi mumkin.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə