Samarqand davlat universitetining



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə3/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Huquqlari

Kadrlar bo‘limi xodimlari bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalari va funksiyalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • kadrlar bilan ishlash bo‘yicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda korxonaning tarkibiy bo‘linmalaridan so‘rash va olish;

  • korxona bo‘linmalari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar bilan ta'minlash masalalari bilan bog‘liq me'yoriy-huquqiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

  • qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini ta'minlamagan yoki ular buzilishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan korxona rahbariyatiga takliflar berish;

  • kadrlar bilan ishlash hamda korxona tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda rahbariyatga takliflar kiritish;

  • korxona rahbariyati o‘tkazadigan yig‘ilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

  • bo‘lim ishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun korxonaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini jalb etish (tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari bilan kelishilgan holda).

  1. Javobgarlik

  1. Bo‘lim xodimlari vakolati doirasida yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, amaldagi qonunchilik, korxona Ustavi, ichki tartib qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

  1. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

  1. Bo‘lim o‘z ishini korxona rahbariyati tasdiqlaydigan joriy rejalar asosida tashkil etadi.

  2. Bo‘limga korxona rahbari tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi. Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni puxta bajarilishini tashkil etilishini ta'minlaydi va ularni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

  3. Bo‘limning shtat jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:

  1. Bo‘lim boshlig‘i.

  2. Xodimlar bo’yicha muhandis

  1. Bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanadi.

Kadrlar bo‘limi korxonaning boshqa bo‘linmalari, ya'ni, yuridik bo‘lim, buxgalteriya, mehnatni tashkil qilish va ish haqi bo‘limi, kasaba uyushmasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ish olib boradi.


Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə