Samarqand davlat universitetining


mavzu: Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə14/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish

Reja:

  1. Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish tushunchasi.

  2. Kadrlar bo‘limidan olingan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi.

  3. Hujjat rekvizitlarini rasmiylashtirish tartibi.

Xodim haqida mumkin qadar batafsil ma'lumot beradigan hujjatlar majmuiga xodimlar bo‘limida turuvchi shaxsiy hujjatlar yig‘majildi kiradi. Bunday yig‘majildlar muassasa faoliyatini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Shaxsiy hujjatlar yig‘majilddagi quyidagi hujjatlar raqamida ko‘rsatilgan tartib bilan saqlanadi.

  1. Yig‘majilddagi hujjatlar ichki ro‘yxati.

  2. Ishga qabul qilish haqida ariza.

  3. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha anketa yoki shaxsiy varaqa.

  4. Tarjimayi hol.

  5. Ma'lumot haqidagi hujjatlar nusxasi.

  6. Tavsiyanoma.

  7. Buyruqlar (ishga qabul qilish haqida, boshqa lavozimga o‘tkazish haqida, ishdan bo‘shash haqidan) ko‘chirma nusxa.

  8. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqaga qo‘shimcha.

  9. Rag‘batlantirishni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy hujjatlar.

Turar joydan ma'lumotnoma, sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma'lumotnomasi va ikkinchi darajali boshqa hujjatlar shaxsiy hujjatlar yig‘majildidan alohida jamlanib saqlanadi. Tanbehlar haqidagi, rag‘batlantirish, familiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi buyruqlardan nusxa xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqaga va boshqa varaqaga qo‘shimcha tarzda yozilgani uchun ulardan ko‘chirma olib yig‘majildga alohida qo‘yilishi shart emas.
Yig‘majilddagi hujjatlar tartib bilan tikiladi. Jildning muqovasi GOST 19914-72 dagi talab bo‘yicha to‘ldiriladi.
Kadrlar bo‘limidan olingan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi. Xizmat yuzasidan foydalaniladigan boshqa hujjatlar bilan teng huquqda saqlanadi.
Yig‘majildni 3 kundan ortiq ushlab turishga, idora binosidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilmaydi. Yig‘majilddan foydalanilganda undagi yozuvlarga qandaydir tuzatish yoki yangi qo‘shimchalar kiritish; biron-bir hujjatni olish, shuningdek, yangisini qo‘shish taqiqlanadi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildini shakllantirishda muassasaga zarur hujjatlar, masalan, shahodatnoma, diplom va shu kabilar nusxasini tayyorlashga ruxsat beriladi. Bu holda nusxa faqat asl nusxadan olinadi.
Muayyan lozim ishga qabul qilingandan keyin, muassasa kadrlar bo‘limida nazoratchi (yoki boshqa mas'ul shaxs) tomonidan shaxsiy varaqaga (lichnaya kartochka) to‘ldiriladi. Bu varaqcha shaxsiy hujjatlar yig‘majildidan alohida saqlanadi. Shaxsiy varaqa muassasa xodimlarini hisobga olish va tartibini tahlil qilishda xizmat qiladi. Varaqa xodim ko‘rsatgan hujjatlar (pasport, diplom, harbiy bilet, mehnat daftarchasi va shu kabilar) asosida to‘ldiriladi. Shaxsiy varaqa (T-2) ni to‘ldirish shakli O‘zbekiston Markaziy statistika boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Varaqdagi hamma yozuvlar hujjatga asoslanishi kerak.
Ishga qabul qilinuvchi shaxs varaqda ko‘rsatilgan joyga imzo chekadi va varaqa to‘ldirilgan sanani qo‘yadi. Varaqaning «qo‘shimcha ma'lumotlar» deb atalgan 5-qismi boshqa qismlarda o‘z aksini topmagan ma'lumotlar (o‘rindoshlik ishi, qayerda o‘qiyotganligi, ikkinchi kasbi va boshqalar)ni yozib berish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu qismda ishlaydigan nogironlar haqidagi ma'lumotlar: nogironlik sababi va guruhi, uni qachon aniqlanganligi, mehnat qobiliyatini aniqlash. Vrach-ekspert komissiyasi (TMEK) ning tavsiya etayotgan mehnat turi va sharoiti qayd etiladi.
Xodim ishdan bo‘shatilganda shaxsiy varaqaga ham buyruqning sanasi va raqami, bo‘shatilish sababi yoziladi. Bu ma'lumotni juda e'tibor bilan to‘ldirish lozim. Chunki, u ko‘pincha mehnat stajini tasdiqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy ma'lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidan asl voqea-hodisalar va holatlarini tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida: o‘quvchi va talabaga esa qayerda o‘qishi haqida, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHDY) va notarial idoralari hamda quyi mahalliy kengashlari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajrashganlik haqida (hujjatlar) yo‘qolganda; tuman va shahar ijtimoiy ta'minot bo‘limi shaxsning nogironlik nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida mahalla idoralari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyning maydoni yoki oila a'zolarining soni haqida ma'lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, Ichki ishlar, Adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma'lumotlar beriladi.
Shaxsiy ma'lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki shaxsiy ma'lumotnomalar ham ish qog‘oziga yoziladi. Shaxsiy ma'lumotnomalar zaruriy idoralarga yoki shaxslarga yo‘llanadi. Bu hujjatlarning barchasi har xil mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
Mazmuniga qarab hujjatlar 2 ga bo‘linadi:

  1. Oddiy.

  2. Murakkab.

Bajarish muddatiga qarab hujjadar 2 ga bo‘linadi:
Bir hujjat o‘z qo‘llanishi bo‘yicha talabni aks ettirish uchun ko‘rinishi jihatidan belgilangan formada tuzilgan bo‘lishi shart.
Hujjatning haqiqiyligi uni qanday rasmiylashtirishga bog‘liq bo‘lib, hujjatlarda mazkur tabaqadagi hujjatlar uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Hujjat rekvizitlari umumiy holda uning ko‘rinishini ifodalaydi. Hujjatlar A3 (297x420mm), A4 (219x297mm), A5 (48x219 mm) formatdagi qog‘ozlarga tushiriladi.
Hujjat rekvizitlarni rasmiylashtirish quyidagi tartibda bo‘ladi:

  1. Davlat gerbini tasviri (yuqorida).

  2. Tashkilot tamg‘asi (uning tagida).

  3. Tashkilot kodi (o‘ng tomonda).

  4. Yuqori tashkilot nomi.

  5. Hujjat muallifi bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi.

  6. Tashkilot bo‘limining nomi.

  7. Aloqa va telefon nomeri, bankdagi hisob raqami.

  8. Hujjat nomi.

  9. Sana (arab raqami bilan).

  10. Indeks (tartib raqami).

  11. Manzil.

  12. Hujjatning maxfiy saqlanishini ta'minlash yozuvi:

  1. hujjatdan foydalanish uchun;

  2. maxfiy.

  1. Xatni qo‘llanmasi (kimga yuborilayotganligi).

  2. Hujjatning tasdiqlanishi (mansabdor shaxsni lavozimi, shaxsiy imzosi, sanasi, F.I.O ko‘rsatilgan holda yuqori o‘ng burchagida bo‘ladi. Rahbarning munosabat belgisi (masalani hal qilish kimga yuklatilganligi).

  3. Hujjatning matnli sarlavhasi (hujjatning qisqacha mazmuni).

  4. Matn.

  5. Ilovalar haqida belgi.

  6. Imzo (lavozimi, F.I.O. to‘liq yoziladi).

  7. Kelishuv belgisi (imzodan keyin qo‘yiladi).

  8. Hujjatni bajarilganligi haqida belgi.

  9. Hujjatning nusxasi to‘g‘riligini tasdiqlovchi belgi.


Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə