Samarqand davlat universitetining


mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini mustahkamlash



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə11/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini
mustahkamlash


Reja:

  1. Xodimlarni tarbiyalash tushunchasi.

  2. Xodimlar mehnat intizomini mustahkamlash.

  3. Mehnat intizomini buzganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralari.

Xodimlarni tarbiyalashda ularning g‘oyaviy-siyosiy, professional va ma'naviy, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bo‘yicha ongini o‘stirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Xodimlarning mehnat faolliligini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash yo‘llarini va usullarini topishda, xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga vijdonan va halollik bilan yondashishlari uchun rag‘batlantirish usullarini izlashda, jamoat tarbiyaviy ishlarini tashkil etishda xodimlar bo‘limining roli juda katta.
Bozor iqtisodiyotining oliy maqsadi, avvalo jamiyatning inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit vujudga keltirish to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. Ammo bu masalaning birgina tomoni, masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, mehnatkash inson o‘z farovonligini oshirishi uchun o‘z shart-sharoitini vujudga keltirish, ya'ni o‘zining yashashi va kamol topishi uchun moddiy va ma'naviy ne'matlar ishlab chiqarishi kerak.
Ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilarining mehnat sohasidagi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish samarali sistemasini ishlab chiqarish, hamda qo‘llash ishini maqsadga muvofiq tarzda boshqarish uchun korxonaning tarkibiy o‘rinlarida xodimlar bo‘limi, yirik korxonalarda esa «Xodimlar tayyorlashi bo‘limi» tashkil topadi. Korxonaning oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlar bo‘limi xodimlaridan chuqur bilimga va saviyaga ega bo‘lishini talab etadi.
Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari bilan shartnomalar tuzilishi korxonalar uchun mutaxassislar va malakali xodimlarning jalb etilishining asosiy shakli bo‘lmog‘i kerak. Xodimlar xizmatidan, xodimlar tayyorlashni rejalashtirishni talab qiladi.
Bulardan tashqari xodimlar xizmati xodimlar qo‘nimsizligining oldini olishlari kerak, buning uchun ishdan bo‘shash sabablarini o‘rganish va analiz qilish lozim. Xodimlarning qo‘nimsizligi sabablari va o‘zgaruvchanligi birinchi navbatda moddiy rag‘batlantiruvchi omillar samaradorligini tashkiliy jihatdan mohirlik bilan qo‘llashni ta'minlash kerak. Kadrlar bo‘limi xizmatini yaxshilash tadbirlaridan biri shundan iboratki, xizmat vazifalari yo‘riqnomasi ishlab chiqarilgan va rahbariyat tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillari organlari bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari belgilanadi.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə