Samarqand davlat universitetining



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə1/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI

XODIMLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI
HUJJATLARI
«TASDIQLANMAN»
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.R.Urakov
_______________________
“___”-_________20___-yil

KADRLAR BO‘LIMI NIZOMI

  1. Umumiy qoidalar

  1. Kadrlar bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) korxonaning yagona kadrlar siyosatini shakllantirish va amalga oshirilishini, korxona kadrlar bo‘limida xatlar va hujjatlar bilan ishlash, mehnat huquqiy munosabatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari va mehnat daftarchalarini, T-2 shakldagi shaxsiy varaqalarni yuritish tartibini va kadrlar bo‘limi faoliyatiga oid turli hisobotlarning yuritilishini ta'minlovchi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bo‘lim o‘z muhriga ega bo‘lib, bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.

  2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, yuqori tashkilotlarning me'yoriy-huquqiy hujjatlari, yo‘riqnomalari, buyruqlari, shuningdek, korxona Ustavi, ish beruvchining buyruqlari va farmoyishlari hamda ushbu Nizomga tayanadi.

  3. Bo‘lim o‘z faoliyatini tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi — ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javob beradi.

  1. Asosiy vazifalar

  1. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kadrlar ta'minoti, korxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasbiy darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

  • korxona tuzilishi va shtatini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

  • xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me'yorlariga rioya etilishini ta'minlash;

  • korxona xodimlarining ish qobiliyatlarini oshirish maqsadida, normal shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma'naviy-ruhiy muhitni saqlab turish;

  • kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va yagona tizimga keltirish, axborot texnologik vositalarni qo‘llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish.


Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə