Samarqand davlat universitetining


Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə4/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali
Xodimlar bilan ishlash bo‘limining
Yig‘majildlar nomenklaturasi

Yig'ma jildlar indeksi

Yig'majildlar sarlavhasi

Yig'ma jildlar soni

Yig'majildlarni saqlash muddati va moddalarning ro'yxat bo'yicha tartib raqami

Izoh

08-01

Kadrlar faoliyatiga oid yuqori turuvchi tashkilotlarning farmoyish hujjatlari, instruktiv hujjatlar




Zarurat qolmagunga qadar
25-modda




08-02

Kadrlar bo'limi nizomi




Doimiy
34-modda




08-03

Xodimlarning lavozim yo'riqnomasi




Doimiy
49 a-modda




08-04

Korxona rahbarining asosiy faoliyatga oid buyruqlari




Zarurat qolmagunga qadar 256-modda




08-05

Korxona rahbarining shaxsiy tarkibga oid buyruqlari




Zarurat qolmagunga qadar 256-modda




08-06

Xizmat safariga oid buyruqlar




3 yil 25v-modda




08-07

Shtat jadvali




3 yil 456-modda




08-08

Korxona pasporti




Doimiy 649-modda




08-09

Ichki mehnat tartibi qoidalari va Odob-axloq qoidalari




Yangisi bilan almashtirilgunga qadar 827modda




08-10

Jamoa shartnomasi




Doimiy 497-modda




08-11

Kadrlar bo'limi ish rejasi va hisobotlar




3 yil 173-modda




08-12

Xodimlarning shaxsiy hujjatlari




75 yil 5946-modda




08-13

Xodimlarning T-2 shaxsiy varaqalari




75 yil 596-modda




08-14

Xodimlarning mehnat daftarchalari




Talab etib olingunga qadar
599-modda

Talab etib olinmaganlar 50 yil

08-15

Xodimlarning obyektivka ma'lumotnomalari




Doimiy 594-modda




08-16

Mehnat daftarchalari va ularning ilovalarini yuritish jurnali




3 yil 610-modda




08-17

Mehnat shartnomalarini qayd etish jurnali




75 yil 622g-modda




08-18

Ishga qabul qilingan xodimlarni qayd etish kitobi




75 yil 622a-modda




08-19

Ishdan bo'shagan xodimlarni qayd etish kitobi




75 yil 622g-modda




08-20

Shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni qayd etish kitobi




3 yil 834-modda




08-21

Ish joyi va lavozimini tasdiqlovchi ma'lumotlarni qayd etish kitobi




3 yil 622e-modda




08-22

Xizmat guvohnomalarini qayd etish kitobi




3 yil




08-23

Statistik ma'lumotlar




Doimiy
309a-modda




08-24

Kirish hujjatlarini qayd etish kitobi




3 yil 1206-modda




08-25

Kirish hujjatlari




3 yil 648-modda




08-26

Chiqish hujjatlarini qayd etish kitobi




3 yil 1206-modda




08-27

Chiqish hujjatlarining nusxalari




3 yil 648modda




08-28

Arxivga topshirilgan hujjatlar dalolatnomalari




1 yil 142modda




08-29

Hujjatlar nomenklaturasi




5 yil 1096modda



«TASDIQLANMAN»


SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.R.Urakov
_______________________
“___”-_________2021-yil
Kadrlar bo‘limi nozirining lavozim yo‘riqnomasi

  1. Umumiy qoidalar

  1. Kadrlar noziri texnik xodimlar tarkibiga kiradi. U bo‘lim boshlig‘i tavsiyasiga binoan, ish beruvchining buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi va vazifasidan ozod etiladi.

  2. Kadrlar noziri lavozimiga oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot va 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.

  3. Kadrlar noziri bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi.

  4. Kadrlar noziri ish faoliyati davomida quyidagi hujjatlarga asoslanib ish olib boradi: faoliyatiga oid yuqori turuvchi idoralarning buyruqlari va farmoyishlari, uslubiy, me'yoriy va boshqa yetakchi hujjatlari, korxona Ustavi, ichki tartib qoidalari, bo‘lim Nizomi, bo‘lim faoliyatiga oid ish beruvchi buyruqlari, ushbu yo‘riqnoma.

  5. Kadrlar bo‘yicha nozir quyidagilarni bilishi zarur:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini,

  • O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini, kadrlar bilan ishlash, shaxsiy tarkibni hisobga olish bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarning buyruqlari va farmoyishlarini, uslubiy, me'yoriy va boshqa yetakchi hujjatlarni;

  • davlat nafaqalarini belgilash va to‘lash tartibini;

  • xodimlarni ishga qabul qilish, rasmiylashtirish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish tartibini;

  • mehnat daftarchalari va shaxsiy hujjatlarni yuritish va saqlash qoidalarini;

  • hisobotlarni rasmiylashtirish va tuzish tartibini;

  • xodimlar bilan o‘zaro muomalada axloqiy va nutq madaniyatini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borishni, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlash qoidalari va me'yorlarini, kompyuter dasturlaridan foydalanishni.

  1. Xizmat vazifalari va funksiyalari

Kadrlar noziri quyidagi vazifalar va funksiyalarni bajaradi:

  1. Korxona va uning bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va kadrlar bo‘yicha belgilangan hujjatlar hisobini yuritadi.

  2. Mehnat qonunchiligi, qoidalar, yo‘riqnomalar va korxona rahbari buyrug‘iga muvofiq holda, xodimlarning ishga qabul qilinishi, mehnat shartnomasi bekor qilinishi, boshqa lavozimga o‘tkazilishini rasmiylashtiradi.

  3. Xodimlarning yuritilgan shaxsiy varaqalariga mehnat faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarni kiritadi.

  4. Rag‘batlantirish va mukofotlashga tavsiya etilgan xodimlarning hujjatlarini tayyorlaydi.

  5. Mehnat daftarchalarini to‘ldiradi, ish stajini hisoblaydi, xodimning ayni vaqtdagi va ilgarigi mehnat faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlar beradi.

  6. Xodimlarga ta'til berish hisobini yuritadi.

  7. Korxona xodimlari va ularning oila a'zolariga nafaqalar belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtiradi.

  8. Kadrlar harakati va qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashadi.

  9. Hujjatlarni arxiv qiladi va saqlash muddati tugaganlarni arxivga topshiradi.

  10. Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan hisobotni yuritadi.

  1. Huquqlari

Kadrlar noziri o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  1. Bo‘limni texnik vositalar va anjomlar bilan jihozlashni yaxshilash uchun bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritadi.

  2. Tashkilot tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma'lumot va hujjatlarni belgilangan tartibda oladi.

  3. O‘z huquqlarini buzilgan deb hisoblaganda mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirokida ish beruvchiga yozma yoki og‘zaki murojaat etishga haqlidir.

  1. Javobgarligi

  1. Zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

  2. Kadrlar noziri joyida bo‘lmaganda (mehnat ta'tili, mehnatga layoqatsizlik davri va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini qonunchilik bilan nazarda tutilgan tartibda kadrlar bo‘limining boshqa xodimi bajaradi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari
Ichki mehnat tartibi qoidalari (keyingi matnda — qoidalar) korxonaning asosiy lokal hujjatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qoidalar korxonada qonun hujjatlari va lokal hujjatlari bilan nazarda tutilgan qoidalarning amalga oshirilishi tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 174-moddasiga muvofiq ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Qoidalarni tasdiqlashda belgilangan tartib buzilgan hollarda (qoidalarni faqat ish beruvchi tasdiqlagan bo‘lsa; qoidalar vakillik organi bilan emas, balki uning raisi bilan kelishilgan bo‘lsa va boshqalar), u yuridik kuchga ega emas deb hisoblanadi. Qoidalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan paytdan yoki ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib belgilagan sanadan boshlab qo‘llanila boshlaydi. Qoidalarda odatda ularning amal qilish muddati qayd etilmaydi. Qoidalarga tuzatish kiritish yoki yangisini qabul qilish zaruriyati paydo bo‘lgan hollarda, ular O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 174-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoidalarda ishga kirmoqchi bo‘lgan shaxs qaysi mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinishi, ularning murojaatlari (agar yozma bo‘lsa) qayerda ro‘yxatga olinishi, xodim bajarishi lozim bo‘lgan ish va korxonada amal qiluvchi hujjatlar bilan tanishtirish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish, mehnat shartnomasining nusxasini xodimga berish tartiblari, tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligini xodimga kim tomondan tushuntirilishi, ish beruvchida qoladigan mehnat shartnomasi qayerda saqlanishi va boshqalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Qoidalarga ish beruvchi va korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan barcha xodimlar amal qilishlari shart. Xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, (O‘zR MKning 82-moddasi oltinchi qismi) uni ishga qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat'i nazar, xodim ish boshlagan kundan boshlab unga qoidalar qo‘llaniladi.
Qoidalarning mazmuni va tuzilishini kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilib, ish beruvchi belgilaydi. Qoidalarda ushbu lokal hujjatning vazifasini aks ettirish, xodimlar va ish beruvchining umumiy majburiyatlarini mustahkamlash, mehnat shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibini yoritish, korxonada mehnat intizomini ta'minlash, aybdorlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish, ish vaqtidan foydalanish va xodimga dam olish vaqtini berish tartibi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish tartibini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Ichki mehnat tartibi qoidalariga kiritiladigan barcha qoidalarni 2-guruhga, ya'ni:

  • axborot tusidagi, ya'ni amaldagi qonun hujjatlari normalarini takrorlovchi qoidalarga;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarni mazkur korxonada amalga oshirilishining aniq tartibini mustahkamlovchi qoidalarga ajratish mumkin.

O‘zR MKga muvofiq bir qancha masalalalar aynan qoidalarda aks ettirilishi lozim. Masalan, MKning 100-modda 2-qismi 4-bandiga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlar ro‘yxati aynan qoidalarda belgilanadi. Demak, qoidalarda ushbu ro‘yxat bo‘lmasa yoki qoidalar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda, ish beruvchi xodim mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas.
Quyida ichki mehnat tartibi qoidalarining namunaviy mazmuni tavsiya etiladi.
Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarining mazmuni:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.

  3. Mehnat intizomini ta'minlash va javobgarlik.

  4. Ish vaqti, dam olish vaqti va ulardan foydalanish.

  5. Mehnat shartnomasi tomonlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish.

«Umumiy qoidalar» o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ushbu hujjat qaysi hujjatlar turiga kirishi; kimlarga qo‘llanishi; qachondan boshlab kuchga kirishi; ish beruvchi majburiyatlari; xodimning majburiyatlari. «Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi» bo‘limida ishga kiruvchi shaxs ishga kirish haqida qay tartibda va kimga murojaat qilishi; yozma murojaat qilsa, uning murojaati qayerda ro‘yxatga olinishi; ishga qabul qilish vaqtida taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati; qaysi hollarda ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi; mehnat shartnomasi tuzishda unda nimalar belgilanishi; ishga kiruvchiga nimalar va kim tomondan tushuntirilishi; mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi; ishga qabul qilish haqida buyruq chiqarish tartibi va boshqalar aks ettiriladi.
«Mehnat intizomini ta'minlash va javobgarlik» bo‘limida korxonada qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan mehnat intizomiga rioya etilishi; mehnatda yuqori darajalarga erishganlik uchun rag‘batlantirish turlari; xodim mehnat intizomini buzganligi uchun unga qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari, ularning amal qilish muddati; xodimga zarar yetkazilganda ish beruvchi tomonidan zararni to‘lash majburiyati; ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi aks ettiriladi.
«Ish vaqti, dam olish vaqti va ulardan foydalanish» bo‘limida ish vaqti tushunchasi, har kungi ishning muddati, ish vaqtining qisqartirilgan muddati kimlarga belgilanishi; qaysi hollarda xodimga to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi; tanaffus vaqti; ish vaqtidan tashqari ishga qo‘yilmaydigan xodimlar toifasi; yillik ta'tillar, ularga haq to‘lash, hisoblab chiqarish tartibi; ijtimoiy ta'tillar, ish haqi saqlanmagan holda, ta'til berish tartibi va ularning muddati aks ettiriladi.
«Mehnat shartnomasi tomonlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish» bo‘limida o‘z huquqlarini buzilgan deb hisoblagan xodim qay tartibda va kimga murojaat etishi; u tomondan berilgan arizani ro‘yxatdan o‘tkazish joyi; mehnat nizosi ko‘rib chiqilishida xodimning huquqlari; sudda ko‘riladigan mehnat nizolari aks ettiriladi.
Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida korxonaning o‘ziga xosligi aks ettirilishi va u korxonaning jamoa shartnomasi, shuningdek, korxonada amal qiluvchi boshqa lokal hujjatlar mazmuniga mos kelishi lozim.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə