Samarqand davlat universitetining


Korxonaning namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalari



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə5/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Korxonaning namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalari:

  1. Umumiy qoidalar

  1. Ichki mehnat tartibi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, boshqa qonun hujjatlari hamda korxona jamoa shartnomasiga binoan, ishlab chiqilgan bo‘lib, xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzish, o‘zgartirish, bekor qilishni, mehnat intizomini ta'minlanishini, ish vaqtidan va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat munosabati subyektlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni va xodimlarning mehnat faoliyati davomida paydo bo‘ladigan boshqa masalalar hal etilishini tartibga soluvchi qoidalarni qo‘llashni belgilovchi asosiy me'yoriy hujjat hisoblanadi.

  2. Mazkur qoidalar ish beruvchi va mehnat shartnomasi asosida ishlovchi barcha xodimlarga tatbiq etiladi. Qoidalarning mehnat shartnomasi tuzish tartibini tartibga soluvchi qismi ishga kiruvchi shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

  3. Qoidalar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va qo‘llaniladi. Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.

Ushbu qoidalarga rioya etish xodimlar va ish beruvchi uchun majburiy hisoblanadi, ularni bajarmaslik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

  1. Ish beruvchining majburiyatlari:

  1. Xodimlar mehnatini tashkil etish.

  2. Qonun hujjatlarida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarnini yaratish.

  3. Mehnat intizomini va mehnatni muhofaza qilish shartlarini ta'minlash.

  4. Korxonada belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga binoan, xodimga u bajargan ishi uchun vaqtida haq to‘lash.

  5. Qonun hujjatlariga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirilishini ta'minlash.

  6. Xodimlarning murojaatlarini xolis, har tomonlama va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, buzilgan huquqlar tiklanishini ta'minlash.

  7. O‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etish natijasida xodimga yetkazilgan zararni to‘lash.

  8. Xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, ko‘rib chiqish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki bevosita mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi tomonidan taklif etiladigan mehnat va ijtimoiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish.

  9. Jamoa shartnomasi tuzish, uning bajarilishini ta'minlash.

  10. Ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash.

  11. Zamonaviy ishlab chiqarish, fanning eng so‘nggi yutuqlari, texnika va madaniyat yutuqlarini hisobga olib mutaxassislar sifati va tarbiyasi haqida g‘amxo‘rlik qilish.

1.5. Korxona xodimlarining majburiyatlari:

  1. O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

  2. Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonuniy buyruqlari va farmoyishlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish.

  3. Texnologiya intizomi, mehnatni muhofaza qilish talablari, xavfsizlik texnikasi, sanitariya qoidalariga rioya qilish.

  4. Korxona mulkiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish.

  5. Korxona jamoasi, ish jarayonida muloqotda bo‘ladigan boshqa shaxslarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə