Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/51
tarix29.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#143272
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va auditi quyi

Foydali xizmat muddati
– deganda asosiy vositaning korxona tomonidan 
belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda 
ifodalanib, uning Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‘zlari-
ning qiymatini to‘liq qoplashlari va korxonaga qo‘shimcha daromad keltirish-
lari lozim . Foydali xizmat muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjat-
larida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday hujjatlar mavjud bo‘lmaganda asosiy 
vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish komissiyasi tomonidan yoki 
korxona rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida aniq belgi-
lanishi kerak. 
Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi 
mehnat qurollari va vositalarini o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
1.Binolar
– sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va 
shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini 
ta’minlovchi ob’ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish 


10 
uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya,
suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari
telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi. 
2.Inshoatlar
– ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l 
shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar 
va yo‘lkalar. 
3.Uzatish qurilmalari
elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi 
quvurlar va boshqalar. 
4.Mashina va uskunalar
– issiqlik va elektr energiyasini ishlab hiqaruv-
chi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, 
tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, compressorlar, o‘l-
chov tarozilari. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə