Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA AUDITINING KONSEPTUAL



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix29.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#143272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va auditi quyi

ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA AUDITINING KONSEPTUAL 
ASOSLARI
1.1.Asosiy vositalarning vositalarning tavsifi va tasnifi hamda 
tarkibiy tuzilishining hisobi
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning
4-moddasida «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, 
zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati 
bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»- deb 
ko’rsatib o’til-gan.
 
Buxgalteriya hisobini ob’ektlaridan biri hisoblanuvchi aktivlarni korxona 
faoliyatida ishlatish yoki foydalanish muddati nuqtai nazardan ikkita yirik 
guruhga ajratish mumkin:

bir yildan kam muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlar; 

bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlar.
Bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlarni «uzoq 
muddatli aktivlar» deb aytiladi va ular tarkibiga moddiy va nomoddiy 
aktivlar kiradi.
Muddatli moddiy aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega 
bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida katta rol o’ynaydilar. O’zbekiston
Respublikasining 5-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartining 7-bandida
asosiy vositalarga quyidagicha ta’rif berilgan: «
Asosiy vositalar
– moddiy
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida uzoq (bir yildan ortiq)
muddat davomida foydalaniladigan hamda ijaraga berish uchun mo’ljallangan
moddiy aktivlardir»
4

Berilgan ta’rifga ko’ra, asosiy vositalarning asosiy xususiyatlari - 
korxonalar faoliyatida uzoq muddat mobaynida foydalanishi yoki ijaraga be-
4
5-son “Buxgalteriya hisobi milliy standarti” 



rilishidir. Shuningdek, ularning yana boshqa xususiyatlari – xizmat muddati 
mobaynida o’zini natural-buyum shaklini saqlab qolishi va o’z qiymatini 
sekin-asta eskirish tariqasida chiqarib borishidir.
Asosiy vositalar tarkibi, xizmat muddati, qiymati va boshqa bir qator ji-
hatlari bo’yicha turlicha bo’lishi ularni hisobga olishda ham bir qator 
muammolarni yuzaga keltiradi. 
Asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati davomida davriy es-
kirish hisoblab boriladi. Bir qator asosiy vositalarning barcha qiymati eskirish 
yo’li bilan hisobdan chiqarib borilsa, boshqa bir turdagi asosiy vositalarning 
tugatish qiymatidan qolgan qismi eskirish tariqasida hisobdan chiqarib 
boriladi. 
Asosiy vositalarni hisobga olishda e’tibor beriladigan yana bir masala 
bu ularning qaysi birlarini eskirish summasini ishlab chiqarilgan mahsulot 
tannarxi tarkibiga kiritish yo’li bilan qoplanadi-yu, qaysi birlarini qiymati 
foyda hisobidan koplanishini aniqlab olishdir. Bu masalalar o’z navbatida
asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’lik 
xarajatlarni hisobga olishni to’g’ri aniqlash bilan ham bog’liq. 
Demak, asosiy vositalarni hisobga olishda yuqoridagi aytib o’tilgan 
masalalar bilan bog’liq quyidagi ikkita muammoni hal qilib olish lozim: 

joriy hisobot davrida ular qiymatining qanday qismi hisobdan 
chiqariladi;

ularning balansda ko’rsatilgan qiymatini qoplanish summasi qanday 
hisoblanadi. 
Bu muammolarni hal qilish , albatta, bir qator savollarga to’g’ri javob 
topishni taqozo qiladi. Bular jumlasiga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: 

Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini qanday aniqlash kerak? 

Asosiy vositalarning bir qismini xarajatlarga qanday olib borish 
kerak? 




Asosiy vositalarni ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ulardan 
foydalanish bilan bog’liq xarajatlar hisobini qanday olib borish 
kerak? 

Hisobda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishini 
qanday ifodalash kerak? 
Kutubxona fondlari, qishloq xo’jalik mashinalari va qurollari
qiymatidan qat’iy nazar, asosiy vositalarga qo’shiladi. 
BHMS № 5 ga muvofiq (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida
tan olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana
qo‘yidagi shartlarga ham javob berishi lozim: 

Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini 
mavjudligi. 

Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi. 
Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali 
xizmat muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə