Samarqand shahar 74-umumta’lim maktabi, biologiya fani o’qituvchisi Ganiyeva Dilnozaning


II. O`tilgan mavzularni takrorlash



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#139780
1   2
8 sinf Vitaminlar Dars ishlanmasi

II. O`tilgan mavzularni takrorlash: (O’quvchilar daftariga proektorda namoyish etlgan vazifalarni bajaradilar)
Venn diagrammasi

Savollarga javob bering:
1-guruh

1.Eukariot hujayralar qanday paydo bo‘lgan?


2.Eukariot hujayralarning turli tumanligiga misollar keltiring.
3.Hujayralarni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkinmi?
4.Tashqi sitoplazmatik membrananing vazifalari nimalardan iborat?
5.Sitoplazmadagi turli xil moddalar to‘plami nima deb aytiladi?
6.Hujayra kiritmalarining, hujayra organoidlaridan qanday farqlari bor.
7.Hujayraning membranali tuzilishini ta’riflang.
8.Yarim o‘tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi.


2-guruh

  1. Prokariotlarga qaysi organizmlar kiradi?

  2. Prokariot organizmlarning irsiy axboroti hujayraning qaysi qismi bilan bog‘liq?

  3. Bakteriyalarning sporalari qanday hosil bo‘ladi?

  4. Prokariot hujayralarda qaysi muhim organoid bo‘lmaydi?

  5. Endoplazmatik to‘r necha xil bo‘ladi?

  6. Sitoplazmada qanday organoidlar joylashgan?

  7. Hujayraning qaysi organoidlari o‘zini o‘zi hosil qilish xususiyatiga ega va nima uchun shunday bo‘ladi?

  8. Kiritmalar deb nimaga aytiladi



III.Yangi mavzu: HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI
DARSNING REJAI:
1. Hujayralar evolutsiyasi
2. Simbioz gipotezasi.
3. Invaginatsiya gipotezasi.
4. Ko’pgenomli gipoteza.
Atamalar: Simbioz, invaginatsiya, eukariot, prokariot, ko’pgenom.
Biz Yerda hayotning qanday boshlanganligini yoki dastlabki hujayra qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Biroq, Yerda va uning atrofida atmosferada turli xil kimyoviy va fizik jarayonlar natijasida oddiy organik moddalar hosil bo‘lganligi haqida taxmin qilishga imkon beruvchi juda ko‘p dalillar mavjud. Bu sodda organik moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida murakkab moddalar va keyinchalik ulardan esa biz hayot deb nomlagan tuzilma hosil bo‘lgan. Shuning uchun hayot, binobarin hujayra ham o‘z rivojlanish tarixiga ega. Paleontologiya dalillariga ko‘ra prokariot hujayralar bundan 3,5 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Birmuncha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan eukariot hujayralar prokariotlardan kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Bu taxminlarni tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.
S imbioz gipotezasi. Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir. Bunda ular bir-birlari bilan hamkorlik qilib yashaydi. Hujayralar va hujayra ichida ham simbiotik munosabatlar mavjud. Xlorella deb ataluvchi yashil suv o‘ti, ayrim infuzoriyalar sitoplazmasida fotosintez jarayonini amalga oshiradi va xo‘jayin hujayrani ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi
Simbioz gipotezasiga ko‘ra eukariot hujayra bir-biri bilan simbiot holda yashovchi, har xil tiplarga mansub, ko‘p hujayralardan hosil bo‘ladi. Gipotezada ta’kidlanishicha mitoxondriya va xloroplastlar mus taqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra si fatida paydo bo‘lgan. Masalan, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan deyiladi. Yadroning paydo bo‘lishini xo‘jayin hujayraning DNK si bilan bog‘liq degan taxmin mavjud. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng, uning membranalaridan endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi va undan esa lizosoma hamda vakuola hosil bo‘lgan deyiladi. Bu taxminlarni isbotlovchi bir qator dalillar ham mavjud. Bularga mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNKning mavjudligi, ularning bo‘linishini prokariot hujayrani bo‘linishiga o‘xshashligi va boshqalar. Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (sitoplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va yadroning qo‘sh membranalarining kelib chiqishini oson tushuntirib beradi. Boshqa yana bir gipotezaga ko‘ra eukariot hujayralar genomning ayrim elementlarini to‘planishi tufayli paydo bo‘lgan deyiladi. Bu gipotezaning asosida ham qandaydir prokariot hujayra bo‘lib, uning ko‘p genomlari ayrim pufakchalarga bo‘linib, hosil bo‘lgan qismlar ma’lum funksiyalarni bajarishga moslashgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi. Shunday qilib, hujayraning tarixiy rivojlanishi uning murakkab genomga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ko‘p genomli gipoteza. Ushbu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayralar prokariot hujayralardan ular genomining ayrim qismlarga bo‘linishi, bu qismlarning asta-sekin muayyan funksiyani bajarishga moslanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi.
IV. Mavzuni mustahkamlash:
Savollarga javob bering:
1. Simbioz gipotezasini mohiyatini yoritib bering.
2. Invaginatsiya gipotezasini tushuntiring.
3. Ko‘p genomli gipoteza bo‘yicha eukariot hujayralar qanday vujudga kelishini izohlab bering.


T O’G’RI JAVOBLAR BILAN MOSLASHTIRING:
V.Yakunlash: Darsni yakunlab o’quvchilar ballarini e’lon qilish.


VI. Uyga vazifa:
‘‘Hujayra evolutsiyasi’’ mavzusini o’qish va mavzu oxiridagi o’ylab javob bering savollariga javob yozish.
Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə