Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə20/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Articulatio cubiti

Bilakuzuk bo’g’imiart. carpi - murakkab bir o’qli bo’g’im. U bir necha bo’g’imlarni o’z ichiga oladi: a) bilak – bilakuzuk bo’g’imi – art. radiocarpea; b) bilakuzukni oraliq bo’g’imi - art. Intercarpea; v) bilakuzuk-kaft bo’g’imi – art. carpometacarpea. Unda bo’g’im kapsulasi – capsula articularis, yon paylar – lig. collaterale carpi longum laterale et mediale, suyaklararo paylar – lig. Intercarpea interosseae, volyar paylar – lig. carpi volare mavjud.


Barmoq bo’g’imiart. degitorum – o’z navbatida uchta bo’g’imdan iborat: a) I- barmoq bo’g’imi – art. phalangis prima; b) II - barmoq bo’g’imi – art. phalangis secunda; v) III - barmoq bo’g’imi – art. phalangis tertia. Bu bo’g’imlar ham yon paylar, volyar paylar yordamida birikkan bo’lib, barcha bo’g’imda bo’g’im kapsulasi bo’ladi.
Keyingi oyoq bo’g’imlari. Yonbosh-dumg’aza bo’g’imi – art. Sacroiliaca - harakatsiz bo’g’im bo’lib, yonbosh suyagini qanoti bilan dumg’aza suyagining qanotini birikishidan hosil bo’ladi. Paylar yordamida bir – biri bilan birlashadi.




Tos suyagi bo’g’imi

Tos – son bo’g’imi – art. coxofemoralis - tos suyagini bo’g’im chuqurchasiga son suyagini boshchasini birikishi natijasida hosil bo’ladi, oddiy ko’p o’qli bo’g’im, bo’g’im kapsulasi – carsula art. va yumaloq pay – lig. teres yordamida birikadi.
Tizza bo’g’imi – art. genus - son suyagini distal do’ngliklari, katta boldir suyagini proksimal do’ngliklari va tizza qopqog’i (to’piq) suyagini birikishidan hosil bo’ladi, bu bo’g’imda ikkita bo’g’im mavjud: a) son – boldir bo’g’imi – art. femoratibialis – boshqa bo’g’imlardan farqi shundaki, ularda bo’g’im «Menisk»lari bor. Bo’g’im paylar yordamida birikkan bo’lib, barcha bo’g’imlar singari bo’g’im kapsulasi, sinovial suyuqlik mavjud. b) son – tizza qopqoqchasi (to’piq) bo’g’imi – art. femorapatellaris – yon hamda to’g’ri paylar yordamida son va boldir suyaklariga birlashadi. Tizza bo’g’imi murakkab bir o’qli bo’g’im hisoblanib, bukish va yozish funktsiyasini bajaradi.
Tovon (sakrash) bo’g’imi – art. tarsi - tovon bo’g’imi boldir suyaklarini proksimal va uch qator tovon suyaklarini birikishidan hosil bo’ladi. Bu bo’g’im tuzilishiga ko’ra murakkab bir o’qli hisoblanib, o’z navbatida quyidagi bo’g’imlardan tashkil topgan: a) boldir – oshiq bo’g’imi – art. talocruralis; b) proksimal tovon bo’g’imi – art. Intertarsea proximalis; v) distal tovon bo’g’imi – art. Intertarsea distalis; g) tovon – kaft bo’g’imi – art. tarso – metatarsea. Tovon bo’g’imi bukish va yozish vazifasini bajaradi. Har bir bo’g’imda bo’g’im kapsulasi, sinovial suyuqlik mavjud bo’lib, paylar yordamida birlashgan
Barmoq bo’g’imlari – art. digitorium - barmoq suyaklarini birikishi natijasida hosil bo’lib, o’z navbatida quyidagi bo’g’imlardan tashkil topgan: a) I – barmoq bo’g’imi – art. phalangis prima; b) II – barmoq bo’g’imi – art. phalangis cecunda; v) III– barmoq bo’g’imi – art. phalangis tertia. Bu bo’g’imlar oddiy bir o’qli hisoblanib, bukish va yozish vazifasini bajaradi. Bo’g’imni hosil bo’lishida paylar, bo’g’im kapsulasi va sinovial suyuqlik ishtirok etadi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə