Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə17/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Son suyagi – os femoris - eng uzun naysimon suyak bo’lib, tos suyagi bilan birlashgan. Uning quyidagi anatomik qismlari farqlanadi: yuqorigi tomonida boshi – caput femoris; bo’yni – collum femoris; boshning ichki yuzasida chuqurchasi – fovea capitis; suyak boshining yon va o’rta yuzalarida muskullar birlashishi uchun to’rtta do’mboq bor: Katta do’mboq – trochanter major; katta do’mboq asosini ostida do’mboq chuqurchasi – fossa trochanterica mavjud; kichik do’mboq – trochanter minor suyak boshidan pastda joylashadi; uchinchi do’mboq – trochanter tertius katta do’mboqdan pastda bo’ladi; o’rtancha do’mboq – trochanter medius katta do’mboqning tashqi qismi pastrog’ida bo’ladi. Suyakning distal uchida lateral blok – condylus lateralis va medial blok – condylus medialis, bloklararo chuqurcha – fossa intercondyloidea; yuqorigi tomonga bo’g’im bloqi – trochlea articularis chiqadi; bo’g’im bloki ustida tizza qopqog’i chuqurchasi – fossa patellaris mavjud.
Son suyagi bilan boldir suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘imda yoy shakldagi tog‘ay (menisklar) bo‘ladi. YOn o‘siq yuzasida tizza ostida muskul uchun chuqurcha - fossa musculi poplitea o‘siqlarning ustki tomonida tizza qopqog‘i bloki - trochlea patellaris bor. YOn o‘siqning pastki qismida chuqurcha - fossa extensoria bo‘lib, undan barmoqlarni yozuvchi muskul boshlanadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning son suyagi qisqaroq, lekin yo‘g‘on bo‘ladi. Katta do‘mboq va bo‘yin yaxshi rivojlangan, orqa yuza chuqurchasi kichikroq.
Tizza qopqog’i – patella - bo’g’im yuzasi bilan son suyagiga birikadi.
Boldir suyaklari – ossa cruris - katta va kichik boldirlardan iborat.
Katta boldir suyagi – tibia - uzun, naysimon bo’lib, proksimal uchida ikkita o’siq; lateral – condylus lateralis, medial – condylus medialis; ular orqasida tizza osti ariqchasi – incisurapoplitea; o’qislar oldida g’adir – budir do’nglik – tuberositas tibia va taroq – crista tibia bor. Lateral o’qisqa kichik boldir o’simtasi – processus fibularis chiqadi; suyak tanasi – corpus tibia ning lateral, medial va plantar yuzalari mavjud. Suyakning distal uchida bloki – trochlea, lateral – malleolus lateralis va medial – malleolus medialis to’piqlar bor.
Kichik boldir suyagi – fibula - rudimentlashib bormoqda, uning yuqorigi uchida boshchasi – caput fibulae, katta boldir bilan uning o’rtasida suyaklararo bo’shliq – spatium interossium bor.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə