Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə32/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Teri qoplamasi nima?
Teri qavatlari.terini chin qavatini tuzilishi.
Teri hosilalariga qaysi organlar kiradi ?
Junni tuzilishi, teri bezlari: ter va yog’ bezini tuzilishi.
Sut beziga ta'rif bering. Yelinni tuzilishi


Mavzu: Yumshoq tovon hamda barmoq uchi organlarini tuzilishi va topografiyasi.


Darsning maqsadi: Terini tuzilishi, uni qavatlari, teri o’zgarishidan hosil bo’ladigan organlar: jun, ter bezlari, tuyoq, yumshoq tovon va shoxni tuzilishi, teri hosila organlarini hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, mulyaj, ho’l va quruq preparatlar, tirik hayvon.
Darsning mazmuni:Yumshoq tovon – pulvinar - oyoqlarning orqa qismidagi terining yostiqcha shaklida qalinlashuvidan iborat. Yumshoq tovon oyoqni erga bosganda qattiq zarbdan saqlaydi.
Barmoq yumshog'i – pulvinar digitale - hamma barmoqli hayvonlarda uchraydi, panjali hayvonlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan bo’lib, 2 – 3 barmoqlarda joylashadi.
Kaft suyagining yumshog'i – pulvinar metacarpale - oldingi va keyingi oyoqlar kaft suyaklarining ustida joylashadi. Itlarda yurakcha shaklida bo’lib, bitta uchburchak hosil qiladi.
Bilakuzuk yumshog'i – pulvinar carpale - bir tuyoqlilarda va itlarda yaxshi rivojlangan. Bu bir tuyoqlilarda bilakuzuk bo’g’imining ustki yuzasida joylashgan bo’lib, kashtan – callum deyiladi.
Tovon bo’g’imi yumshog'i – pulvinar tarsale - kashtan deyiladi, lekin u keyingi oyoqlar tovon bo’g’imining pastki qismida joylashadi.
Yumshoq tovon quyidagicha tuzilgan: yumshoq tovon epidermisi – epidermis pulvinaris - yumshoq tovonning ustki yuzasini qoplab oladi. Unda jun va bezlar bo’lmaydi. Yumshoq tovonning asosiy terisi – carium pulvinare birmuncha uzun, so’rg’ichsimon shaklda bo’ladi. Yumshoq tovonni osti qatlami – stratum subcutaneum pulvinaris - yostiqsimon bo’lib, bunda yog’ va elim beruvchi, cho’ziluvchi tolalar ko’p bo’ladi.
Tuyoq quyidagicha tuzilgan: tuyoq – ungula - kapsula va asosiy teri qismidan iborat. Tuyoq kapsulasining shoxsimon devori va kaft qismi bo’ladi. Tuyoq kapsulasining devori – paries corneus ungulae - oldingi va ikkita yon hamda tovon qismlarga bo’linadi. Shoxsimon tuyoq devorining yuqori qismi tuyoq aylanasiga, pastki qismi esa kaftga yaqin turadi. Tuyoq devorining tashqi yuzasi yaltiroq, asosiy ostki varaqsimon shox qatlamlardan iborat. Yaltiroq qavat – stratum tectorium ungulae. Tuyoqning tashqi yaltiroq qatlami suvga tegsa shishadi, chunki u elastik bo’ladi. Ichki varaqsimon qavat – stratum lamillatum - yumshoq va ko’rinishi oqish varaqchalarga o’xshash bo’ladi. Tuyoqning teri osti qavati – subcutis ungulae – faqat tuyoq jiyagi va aylanasida bo’ladi. Tuyoq aylanasining teri osti qismi – subcutis cornae - juda rivojlangan, unda kapillyarlar juda ko’p bo’lib, shu joydagi to’qimalarni oziqlantirish uchun xizmat qiladi.
Shox – cornea - muguzlashgan organ bo’lib, peshona suyagining uchida o’simta shaklida joylashadi. Shox hayvonlarda har xil shaklda bo’ladi. Shox bo’qa va qo’chqorlarda juda yaxshi rivojlangan. Shox terining epidermis qatlami o’zgarishidan kelib chiqadi. U ham tuyoqqa o’xshab ikkiga: muguzlashgan tashqi kapsula va ichki asosiy teri qismlarga bo’linadi. Shox tuzilishiga qarab, shox uchi, tanasi va ildiziga bo’linadi. Ildiz – radix cornus - teriga yaqin, tanasi – corpus cornus yo’g’onlashgan bo’ladi va ingichka tortib, uchi – apex cornus ni hosil qiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə