Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə30/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Teri qoplami

A-tuzulish sxemasi,1- sonderimis, II-terining asos, III-teri osti qavati, IV-sezuvchi jun, V,V-qoplovchi jun uning folikulasi, 1-jun poyachasi,2- jun ildizi,3-jun ildizi, 4-jun so’rg’ichi, 5-jun g’ilofchasi, 6-ildiz xaltachasi 7-yog’ bezi 8-ter bezi 9-junni ko’taruvchi muskul 10-jun xaltachasi bo’shlig’i 11- yangi jun 12-almashuvchi jun 13- nerv 14- terining sezuvchi nervi 15-arteriya 16-vena 17-kapilyarlar 18-limfa tomirlari 19-teri usti yog’i; B-boshdagi sezuvchi jun I-cho’chqa II-qo’y III-sigir IV-otlardagi sezuvchi jun



Teri tananing tashqi yuzasini qoplab, tashqi muhit ta’sirlaridan to’liq himoyalaydi.
Terining funksiyalari:
1. Himoyalovchi – tananing asosiy strukturalarini himoyalaydi, maxsus joylarda (masalan, barmoqning yumshoq tovoni) u qalinlashib, fizik shikastlardan qo’shimcha himoyalaydi. Undan tashqari, teri organizmga mikroblar kirib borishidan himoyalaydi, uning yog’ bezlari esa antiseptik ta’sir qiladi. Teri suvni o’tkazmaydi.
2. Sensorli – teri yuzasidagi har xil turdagi nerv uchlari harorat, bosimni va og’riqni aniqlaydi hamda taktil sezuvchanlikka egadir. Bu xislatlar tashqi muhitni kuzatish uchun xizmat qiladi.
3. Sekretsiyali – terining bezlari yog’ va terni ishlab chiqaradi. It va mushuklarda ter bezlari barmoq yumshoqlarida va burun uchida bo’ladi; terining maxsus bezlari feromonlarni ajratadi.
4. Ishlab chiqaradigan – ultrabinafsha nurlar teri yog’idagi 7- dihydrocholesterolni D vitaminga aylantiradi. U esa jigar va buyrakda to’planib faollashadi, kalsiy organizmga singishini va metabolizmini kuchaytiradi.
5. Zaxiralovchi – yog’ teri ostida yog’ to’qimasi shaklida yotadi. U energiya zaxirasi va issiq o’tkazmaydigan qavat funksiyalarini bajaradi.
6. Termoregulyatsiya – issiq ajralishini kamaytirish uchun teri vazokonstriksiya hisobidan qonni tashqi yuzaga qo’ymaydi, xurpaygan junlar esa havo almashinishini sekinlashtiradi, bunga yog’ qatlami ham yordam beradi. Tanani sovitish uchun ter ajraladi.
Teri epidermisi doim yangilanadigan ko’p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan bo’lib, bir nechta qavatlardan iborat.
1. Bazal qavat – bir qavat bo’linadigan hujayralardan tuzilgan. Pigmentli hujayralarda melanin pigmenti mavjud.
2. Donador qavat – bu qavatning hujayralari nisbatan yassi bo’lib, keratin oqsili bilan infiltratsiya qilingan.
3. Stratum Lucidum qavati – bu qavatning hujayralari yadrolarini yo’qotgan.
4. Muguzli qavat – epidermisning eng yuza qavati. Uning hujayralari o’lgan va to’liq keratinlashgan bo’ladi. Epidermisda qon tomirlar bo’lmaydi, uning oziqlanishi dermaning qon tomirlari hisobidan amalga oshiriladi.
Derma terining eng chuqur qavati bo’lib, zich, tartibsiz joylashgan kollagen va elastik tolalari mavjud biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Dermatit – terining yallig’lanishi. Hamma hayvonlarda, ammo it va mushuklarda ayniqsa ko’p uchraydigan kasallik. Kasallikni qator sabablar chaqiradi, ammo asosiyini aniqlash qiyin bo’ladi. Allergik (atopik) dermatit ozuqali allergiyada rivojlanadi, uni burga, kanalar, xonaning changi va o’simliklar gulchangi chaqiradi. Kontaktli dermatitni kimyoviy qo’zg’atgich tanaga tekkanda hosil bo’ladi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə