Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə53/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Aorta yurakni qaysi qorinchasidan chiqadi
Aorta yoyi qanday hosil bo’ladi va qaysi arteriyalar chiqadi
Boshni magistral arteriyasi
Tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari
Jag’ni tashqi arteriyasi tarmoqlari
Jag’ni ichki arteriyasi tarmoqlari


Mavzu: Oldingi oyoq arteriyalari


Darsning maqsadi: Katta qon aylanish doirasi arteriyalari haqida tasurotga ega bo’lib, yurakdan chiqadigan aorta tomiri uni tarmoqlanishi, oldingi oyoq sohasini magistral va asosiy arteriya tomirlari va ularni qon bilan ta'minlash sohalarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, ho’l va quruq preparatlar, slaydalar va diafil'mlar.
Darsning mazmuni: Oldingi oyoq arteriyalari. Oldingi oyoqni magistral tomiri qo’ltiq osti arteriyasi – a.axillaris bo’lib u umrov osti arteriyasini bevosita davomi hisoblanadi elka bo’g’imini medial yuzasida qo’ltiq osti venasidan dorsal tomonda yotadi. Undan dastlab akramion arteriya – a. acromialis ajraladi. Sungra quyidagi yirik arteriya tomirlari ajraladi.
Kurak osti arteriyasi – a.subscapularis ajralib chiqadi va u kurak suyagining orqasismidagi muskullarga (uch boshli, o’k oldi, orqa muskuli, del'tasimon muskullarga) tarqaladi. Bundan keyin u arteriyadan va yana bir qancha tarmoqlar: elka suyagining aylana arteriyasi, to’sh, elka arteriyasi va kurak suyagining aylana arteriyalari chiqadi.
Elka arteriyasi – a.brachialis elka suyagining ostki yuzasida joylashadi va pastga tushib, ikki boshli elka muskulining orqa tomonidan to’g’ri tirsak bo’g’imi tomon o’tadi, uning ichki va orqa tomon yuzasidan suyaklararo arteriya – a.interossea hosil qiladi, uning davomi o’rta arteriya – a.mediana ga aylanadi.
Elka arteriyasi bir necha tarmoqqa bo’linadi:
Elkaning ichki yuza aylana arteriyasi - a.circumflexa medialis elka arteriyasining oldingi yuzasidan chiqadi va elka suyagining ustki yuzasidan o’tib, ko’krak – to’shmuskuliga, undan elkaning ikki boshli muskuliga hamda terisiga tarqaladi.
Elkaning ikki boshli muskuli arteriyasi – a.bicipitis ko’krakning chuqur muskuliga boradi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə