Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Xush sifatli mag’iz miqdori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Xush sifatli mag’iz miqdori
. Barcha aralashmalar miqdori (%) yaxlitlamasdan 
jamlanadi va topilgan yig’indini 100 dan hisoblab olinadi. Xush sifatli mag’iz 
miqdori 01% aniqlikda ko’rsatiladi. Paralel tahlillarda 0,5 farqiga ruxsat etiladi. 
Misol. 50 gr grechixali mag’izni elashda 3,95% aralashma topiladi: begona 
aralashmalar 0,25%; buzilgan mag’izlar 0,1%; urilgan mag’izlar 1,6x20 mm 
elakdan o’tgan va № 08 elakda qolgan 3,2%; po’sti shilinmagan donlar 0,4%. 
Ammo DAST bo’yicha urilgan donlar 0,3% dan ko’p bo’lsa, unda 
aralashmalarni umumiy miqdorini 3,3% ga kamaytirish kerak. Shunda 
aralashmalarni umumiy miqdori 0,65% ga teng bo’ladi (3,95-3,3%). 
Bu erda xush sifatli mag’iz quyidagicha: 100-0,65q99,35% (yoki yaxlitda 
99,4%). Bunday yormalar birinchi navli hisoblanadi. 
Kulliligi
. Yorma kulliligini aniqlashning asosiy usuli namunalarni tozalagich 
azot kislotasini qo’llamasdan kul holiga aylantirishdir. Yormaning 30-50 gr 
namunasini qo’l tegirmonchasida standartda ko’rsatilgandek, temir simlik elakdan 
o’tadigan holatda yanchiladi. Tahlil uchun namuna tanlash, kulga aylantirish va 
hisoblash un kulliligini aniqlashdagi singari olib boriladi. 
Nedodir.
Nedodir miqdori faqat perlovka va arpa yormasida aniqlanadi. 
Perlovka yormasida mag’izning ustki sathida to’rtdan bir qismi, ariqchalardan 
tashqari joyda gul shaffoflari qoldiqlari bo’lgan mag’izlar nedodir hisobolanadi. 
Arpa № 1 yormasida don po’sti orasidan aniq ko’rinib turadigan gul shaffoflari 
qoldiqli donlar nedodir hisoblanadi. Perlovka va arpa yormalarida namunani (10 g) 
lupa yordamida ko’zdan kechirishda aniqlanadi. Perlovka yormasida nedodir 
miqdori marganes oksidi aralashmasi yordamida aniqlanadi. Yorma namunasi (10 
gr) o’rtacha namunadan ajratiladi va u temir elakka joylanadi, uni 2% marganes 
oksidi aralashmali idishga 1 daqiqaga botiriladi. Keyin yormani o’sha elakda 5 
daqiqa davomida suv ostida yuviladi. Yuvilgandan keyin yorma filtr qog’ozida 
quritilib, oynaga qo’yiladi va qorayib qolgan mag’izda yaqqol ko’zga 
tashlanadigan shaffofli nedodir ajratiladi. Ajratilgan nedodir va sog’lom yorma 
0,01 aniqlikda tortiladi va nedodir miqdori ishlov berilgandan keyin yorma 
namunasi og’irligiga nisbatan foizda ifodalanadi. 
Misol. Nedodir og’irligi 0,25, ishlov berilgan sog’lom yorma og’irligi 10,45 gr, 


141 
barcha yormaning og’irligi 10,70 g. Bu erda nedo-dir foizi: 0,25x100/10,7q2,33% 
ga teng.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə