Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Grechixa shaffofligini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Grechixa shaffofligini aniqlash
. Grechixaning shaffofligi faqat qo’lda 
aniqlanadi. Shunda har biri 2,5 gr bo’lgan ikki grechixa namunasini navbat bilan 
chinni idishchaga joylab, donlarni maydalashiga yo’l qo’ymasdan, cho’p bilan 
shaffoflar ajratiladi. Shaffof yaxshi ajratilishi uchun cho’p yupqa temir to’r bilan 
o’rnatiladi. Xuddi shunday to’rni idishcha tubiga qo’yiladi. Cho’p bilan 40-60 
marta harakat qilingandan keyin idishchadagi mahsulotni cho’zinchoq 2,2x20 yoki 
1,8x20 mm kattalikdagi teshikli laboratoriya elagiga to’kiladi va shaffoflar elab 
olinadi. Agarda elakda po’sti tozalanmagan don uchrab qolsa, unda ular 
tozalanganlardan ajratib olinib, yana idishchaga joylanadi va tozalashni shaffof 
to’liq ajraguncha qaytariladi. 
Shaffoflarni qo’lda aniqlashni laboratoriya elagida amalga oshirish mumkin. 
Shu maqsadda uzunchoq 1,2x20 mm teshikli elak olinadi, uni tubi yuqoriga qaratib 
stolga qo’yiladi, unga don namunasi joylanadi va donni barmoq bilan bosib shaffof 
ajra-tiladi. Ajratilagan shaffoflar (har bir namuna bo’yicha) tortiladi, o’rtacha 


142 
arifmetik natija hisoblanadi va olingan namuna og’irligiga nisbatan u foizda 
ifodalanadi. Topilgan kattalik grechixa shaffofligi ko’rsatkichi hisoblanadi.
Aralashma bilan birga don og’irligidan shaffoflar 22% va toza mag’izi miqdori 
75% li grechixaning bazis sifati hisobla-nadi. 
Tariq va sholi shaffofligini aniqlash
. Tariq va sholi shaffofligi qo’lda va 
tozalagichda aniqlanadi. Shaffoflarni elash uchun uzunchoq teshikli, quyidagi 
kattalikdagi laboratoriya elaklaridan foydalaniladi: tariq uchun -1,4x20 mm, sholi 
uchun 2,2x20 yoki 1,8x20 mm, elaklar teshigi sholi va tariq donlarining yirikligiga 
bog’liqdir. 
Shaffoflikni Gorodeskiy tozalagichida aniqlashni amalga oshirish mumkin. 
Ushbu moslama korpusi to’rt qirrali yog’ochdan iborat bo’lib, unda aylana uya va 
ishqalagichdan do’ng yoki yassi shaklli va yuqorisida dastalik tashkil topgan. Uya 
ishqalagich rezina bilan qoplangan. Tariq (2,5 gr) yoki sholi (5gr) namunasini 
ishqalagich uyasiga joylanadi, unga ishqalagichni qo’yib, dastani bosish va 
aylantirish bilan, yarim aylana va qaytish harakatlari bilan don po’sti shilinadi. 
Shunday 40-60 marta harakatdan keyin uyadagi mahsulot elakka to’kiladi (elak 
o’lchami yuqorida qayd etilgan) va shaffoflar elanadi. Po’sti shilinmagan donlar 
terib olinadi va yana qaytadan ishqalagichda ishqalanadi. Birinchi namunani po’sti 
shilin-ganidan keyin ikkinchisi tozalaniladi va shaffofli yoni o’rtacha miqdori 
foizda hisoblab chiqiladi. Tariqda shaffoflik miqdori 5 dan 35% gacha, ammo ko’p 
hollarda 18 dan 25% orasida o’zgaradi. Donli aralashmalar bilan birgalikdagi 
og’irligidan shaffofligi 18% va toza mag’zi 76% miqdorida bo’lganda tariqning 
bazis sifati hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə