Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
O`lchash usuli.
Mahsulot sifatini ulchab nazorat qilish ma’lum bir ulchash 
asbob-uskunalari yordamida amalga oshiriladi. Ulchash usullari qo’llaniladigan 
usulning asosiga qarab kimyoviy, fizik, biologik, mexanik, mikroskopik, fiziko-
kimyoviy, texnologik va fiziologik bo’lishi mumkin. 
Mahsulot sifatini kimyoviy usulda
 
aniqlashda uning kimyoviy tarkibining 
asosiy moddalari aniqlanadi. Masalan oqsil, uglevod, moy, kraxmal, vitaminlar va 
boshqalarning mikroi aniqlanishi mumkin. Mahsulotlarning sifatini kimyoviy 
usulda aniqlash ob’ektiv usul bo’lib, mahsulot sifatini birmuncha aniq belgilaydi. 
Mahsulotning kimyoviy tarkibini aniqlashda organik, anorganik, analitik va kolloid 
kimyoda qo’llanilayotgan aniqlash usullaridan foydalaniladi. 
Mahsulotlarning sifatini fizik usulda
 
aniqlash mahsulotning fizik xossalariga 
asoslangan. Mahsulotning fizik xossalariga uning elastikligi, tukiluvchanligi, 
namligi, issiqlik xossalari va boshqalar kiradi. Mahsulotlarning fizik xossalarini 
aniqlashda dielektrik, refraktometrik, polyarimetrik va reologik usullardan keng 
foydalaniladi. Dielektrik usulda mahsulotning namligi aniqlanadi. Refraktometrik 
usuldan mahsulotning sifati, uning asosiy kimyoviy moddalarini aniqlashda 
foydalaniladi. Polyarimetrik usul moddalarning optik hissasini, reologik usul 
mahsulotlarning struktura va mexanik xossalarini aniqlashga asoslangan. 
Mahsulotlarning sifatini aniqlashda qo’llaniladigan xromatografiya, 
konduktometrik eritmaning tok o’tkazuvchanligi, potensiometrik (potensiometr 
yordamida eritmadagi vodorod
ionlarini aniqlash), kolorimetrik, sektroskopik, 
lyuminessent usullar fiziko-kimyoviy
 
usulga kiradi. 
Biologik usulda urug’larning unuvchanligi, ulardagi zaharli moddalar, 
mikroorganizmlar, kasallik hamda zararkunandalar bilan zararlanishi aniqlanadi. 
Fiziologik usulda oziq, moddalarning oziqaviylik qimmati, kaloriyasi va 
biologik qimmati aniqlanadi. 
Paxta, zig’ir va kanop tolasining pishiqligini, ulardagi ayrim zararli 
mikroorganizmlar va mahsulotning zararlanish darajasini mikroskopik usulda 
aniqlanadi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining texnologik xossalari va qimmati texnologik 
usulda aniqlanadi. Mahsulotning texnologik xossalari uning sifati bilan to’g’ridan-
to’g’ri bog’langan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə