Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Embrionalrivojlanishdavri



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə35/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Embrionalrivojlanishdavri.Budavrzigotahosilbo‘lishidanboshlanibtug‘ulgungachayokituxumqobig‘idanchiqqungaqadardavometadi. Embrionaldavrimaydalanish, gastrulatsiya, organogenezbosqichlarigabo‘linadi. Zigota - ko‘phujayraliorganizmlarningbirhujayralibosqichbo‘lib, bundamitozgatayyorgarlikkuzatiladi.

Maydalanish. Zigota hosil bo‘lganidan bir necha soatdan keyin maydalanish bosqichi boshlanadi. Hujayralar mitoz usuli bilan bo‘lina boshlaydi, bo‘lingan hujayralar o‘smaganligi uchun hosil bo‘lgan hujayralarning o‘lchami tobora maydalashib boraveradi. Zigotaning qanday maydalanishi tuxum hujayrada sariq moddaning miqdoriga bog‘liq. Sariqlik miqdori kam va sitoplazmada bir xil taqsimlangan bo‘lsa, zigota to‘liq va bir tekis maydalanadi (lansetnik). Agar sariqlik moddasi ko‘p bo‘lib, hujayrada notekis taqsimlansa, zigotaning maydalanishi ham to‘liq bo‘lmay, notekis yuz beradi. Sariqlik moddasi hujayraning bo‘linishiga xalaqit beradi. Bunday rivojlanish sariqlik moddasi ko‘p bo‘lgan tuxum hujayralar qush, sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. Maydalanishda zigota dastlab meridian tekisligi bo‘ylab bo‘linadi va bir-biriga teng ikkita hujayra hosil bo‘ladi.

Gastrulatsiya.Homilaningrivojlanishidavometib, hujayralarningbo‘linishivajoyinialmashtirishinatijasidaasta-sekingastrulabosqichigao‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi.

Organogenez. Bu bosqichda dastlab o‘zak organlar majmuyi: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi .


Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə