Sana: 20-aprel 2011-yil



Yüklə 43,03 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü43,03 Kb.
#165380
1   2   3   4
Delphi-dasfturlash-muhitida-sodda-hisoblash-ishlarini-bajarish- (1)

Savollarga javob yozing!

Yangi mavzu bayoni
1-misol. Dasturdan chiqish buyrug‘ini bajaruvchi dastur tuzing.
Standard komponentalar palitrasidan “Button1” tugmasini hosil qilamiz va sichqoncha tugmasini ikki marta bosgan holda “Until1.pas” maydoniga “form1.close” buyrug‘ini kiritamiz (1-rasm).

1-rasm
Yuqoridagi topshiriq bajarilgandan so‘ng, bu dasturni birinchi marotaba “File→Save As”, Ikkinchi marotaba “File→Save project As” ketma-ketlikni bajaramiz va dasturdan chiqib, “project1” faylni qayta yuklaymiz. Natijada quyidagi ko‘rinish paydo bo‘ladi(2-rasm).

2-rasm
Agar siz tugmacha ustiga sichqoncha chap tugmasini birmarta bossangiz hosil qilingan dasturdan chiqishga muyassar bo‘lasiz.


2- misol. Ikki sonning yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
Berilgan masalani Delphi dasturlash tilida dasturlashimiz uchun, Delphi dasturini yuklab yaratiladigan dasturni loyihasini tuzib olish kerak, aniqrog‘i formaga kerakli tugmalar, menyular, yozuvlar va shunga o‘xshash komponentlarni joylashtirib olgach, shu yaratgan komponentlarni har biriga tegishli buyruqlarni kiritish zarur.
Keltirilgan masalani dasturlashimiz uchun, Delphi dasturlash tilida quyidagi bosqichlarni amalga oshiramiz:
1. Dasturni ishga tushiramiz; (3-rasm).

3-rasm. Delphi dasturlash tilini dasturlash oynasi

2. Hosil bo‘lgan oynada matnni ekranga joylash uchun Delphi dasturlash tilining Standart komponentalar palitrasidan (uskunalar panelidan) “A” piktogrammasi belgilanib forma oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn joylashtirilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada “Label1” matn maydoni hosil qilinadi hamda parametrlar va xossalar bo‘limidan foydalanib kerakli matn teriladi;



4-rasm. Dasturlash oynasida matn kiritish qatori
3. Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki kichiklashtirish; kursiv yoki qalin qilish va boshqa) ya’ni unga o‘zgartirish kiritish uchun kerakli xossa tanlanib ular o‘zgartiriladi. Masalan, kiritilgan matnni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun oldin matn maydoni ajratilib, keyin Font xossasiga kiriladi va muloqot darchasidan shrift, uning o‘lchami va rangi belgilanib “Ok” tugmasi tanlanadi.
4. Edit Matn kiritish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasidan “ab” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi.


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə