Sanoat 0 Konsepsiya Reja: Texn



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#145636
1   2   3
2-ma’ruza. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi

2. Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi
Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan:
1. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri);
2. Elektrlashtirish, konveyyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish
(XIX-asr oxiri – XX asr boshi);
3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).



“Sanoat 4.0” atamasi 2011-yilda Yevropada paydo bo‘lib, Gonnover shahridagi sanoat ko‘rgazmalaridan birida Germaniya hukumati tomonidan axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishi e’lon qilingandi.
Buning uchun rasmiy shaxslar va mutaxassislar ishtirokida tuzilgan maxsus guruh tomonidan Germaniyadagi sanoat korxonalarini “aqlli” korxonalarga aylantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Bundan o‘rnak olib, boshqa davlatlar ham yangi texnologiyalarni tatbiq etishga kirishdilar va hozirda “Sanoat 4.0” g‘oyasi
butun dunyoni zabt etishni boshladi.
“Sanoat 4.0”ning asosiy xususiyati – ishlab chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarining (korxona uskunalari va uning axborot tizimlari – ombor va logistika hisobi, buxgalteriya, boshqaruv va boshq.) ishida insonning aralashuvini borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan vaqtdagi kommunikatsiya”ga ega bo‘ldik, smartfonlar va planshetlar esa “istagan joydagi kommunikatsiya” tamoyilini amalga oshirishga imkon berdi. Hozir esa, mashinalar boshqa mashinalarni yaratishni boshlaydigan, hayotimizni tubdan o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz.
Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar” safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi.
Hozirda mijozlarning xatti-harakati o‘zgarmoqda, ular individual yondoshuvni va noyob tovarlarni xohlamoqdalar, ommabop mollarga esa ehtiyoj kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.
“Sanoat 4.0” tamoyillarini tatbiq etilishi, an’anaviy sanoat modellarida bo‘lmagan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishga yordam beradi. Masalan, kompaniyalar mijozlarning istaklariga qarab, buyurtmalarga individual yondoshishlari mumkin.
Eski zavod va fabrikalar endi “aqlli” korxonalarga aylanib, xos buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda, bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar kamayib, kompaniyalar ommabop standartlashtirilgan mahsulot narxida xoslangan noyob mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda. Misol uchun, dunyoning istalgan nuqtasidan mobil jihozingizga Nike ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz, o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga olmaganda, uning qiymati ushbu kompaniyaning oddiy ommabop krossovkasidan qimmat bo‘lmaydi.
Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa ishlab chiqarilishi mumkin. Germaniyaning Augsburg shahridagi Fujitsu Siemens zavodida komputer tizimlari va serverlar muayyan buyurtmachi uchun aynan donabay ishlab chiqariladi.
Nihoyat darajada avtomatlashtirilgan korxonada individual buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotga ketadigan xarajatlarning miqdori oshib ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi.
Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining zavodlarini robotlashtirilishi – kompaniya o‘z ishlab chiqarishini Xitoyda emas, balki Kaliforniyada tashkil etishga imkon berdi. Bu, xitoy ishchilarining mehnatidan foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan arzonga tushdi.
To‘rtinchi sanoat inqilobi nafaqat alohida kompaniyalarning biznesini


o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda.



Yangi texnologiyalarni joriy etilishi, boshqa mashhur kompaniya – Adidas uchun ham o‘z ishlab chiqarishini Germaniyaga qaytarishga imkon berdi. Ochilayotgan fabrikada barcha jarayonlarni robotlar bajaradi.
Odamlar asta-sekin “aqlli” uylarda yashashga, smartfonda barmoqning bir nechta harakati yordamida har qanday muammoni yechishga o‘rganishmoqda. Shubhasiz, bunday tamoyillarni ular o‘z ish joylariga ham tatbiq etishni istaydilar.
Oxirgi yillarda Xitoy kompaniyalari butun dunyoda yuqori texnologiyalar tadqiqotlariga investitsiyalar miqdorini keskin ko‘paytirib, buning natijasida 2013 yildan boshlab Xitoyning sanoat robotlari bozori dunyodagi eng yirik bozorga aylandi. 2020 yilga borib Xitoyda har 10 000 sanoat ishchi o‘rinlariga o‘rtacha 150 ta robot to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu esa, 2015 yilga qaraganda 3 barobar ko‘p deganidir.
Endi, AQSh va Germaniya singari rivojlangan davlatlar bu borada Xitoydan o‘zib o‘tishi oson bo‘lmaydi. AQShda 2014 yilda sanoat interneti konsorsiumi (Industrial Internet) tashkil etilib, uni General Electric, AT&T, IBM va Intel kabi sanoat yetakchilari boshqarmoqdalar.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya sanoati internet infratuzilmasini rivojlantirishga 2020-yilga qadar yiliga 40 mlrd. Yevro miqdorida investitsiyalar kiritadi. Bu esa to‘rtinchi sanoat inqilobiga butun Yevropa bo‘yicha har yili kiritiladigan 140 mlrd. Yevro miqdoridagi investitsiyalarining salmoqli hissasini tashkil etadi. Yaponiya ham bu borada ortda qolmayapti va ular o‘z industriyasini rivojlantirish uchun Connected Factories (zavodlarni tarmoqqa ulash) konsepsiyasini ishlab chiqmoqdalar. Rossiyada esa, 2017-yilda «Texnet» maxsus yo‘l xaritasi qabul qilinib, uning doirasida «Raqamli iqtisodiyot 2024» dasturi tayyorlanmoqda. Qo‘shni Qozog‘istonda esa, ishlab chiqarishni raqamli texnologiyalarga o‘tkazilishi va “Sanoat 4.0” dasturi davlat strategiyasi darajasiga
kotarildi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə