Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari



Yüklə 64,1 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü64,1 Kb.
#162268
1   2   3   4   5   6   7
Nuraliyev

Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:

  • buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;

  • odamlar (ishchilar)ni boshqarish.

Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:

  • boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);

  • boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (5-chizma).





5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti


Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste'mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir.
Foyda olish esa:

  • ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;

  • investitsiya samaradorligiga;

  • mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliligiga;

  • tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;

  • yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga bog’liqdir.

Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Chunonchi:

  • ishchi kuchini boshqarish;

  • ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;

  • texnikua va texnologiyani boshqarish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;

  • mahsulot sifatini boshqarish;

  • investitsiya samaradorligini boshqarish;

  • innovatsion jarayonni boshqarish va b.

Qayd qilingan ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.



Yüklə 64,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə