Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Ishlab chiqarishni boshqarish



Yüklə 64,1 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü64,1 Kb.
#162268
1   2   3   4   5   6   7
Nuraliyev

Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:

  • ijtimoiy-iqtisodiy;

  • tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.

Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko’ra boshqaruv: sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga bo’linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko’ra boshqaruv: tuman viloyat, mamlakat miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo’linadi.
Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo’nalishida tartibli ta'sir ko’rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga ega bo’ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob'ekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo’lib, u:

  • moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);

  • tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo’yish, o’qitish va hk.);

  • xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta'mirlash, tashish va hk.);

  • mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o’z ichiga oladi.


Yüklə 64,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə