Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Buxgalteriya hisobida asosan quyidagi usullardan foydalaniladi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə14/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

Buxgalteriya hisobida asosan quyidagi usullardan foydalaniladi:

SHunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi – bu dialektik usulga tayangan holda foydalaniladigan hisobning yuqorida tavsifi berilgan maxsus, ya’ni hujjatlashtirish, inventarizatsiya, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv, kalьkulyatsiya, balans va hisobot kabi usullari jamlamasidir.





Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan usullarning har biri o’zining vazifasi va funktsiyalariga ega.
Hujjatlashtirish – bu buxgalteriya hisobida mablag’lar harakatini belgilovchi, unga qonuniy kuch beruvchi jarayon bo’lib, u xo’jalik muomalalarini hujjatlar orqali rasmiylashtirishni anglatadi. Hujjatlashtirish yordamida amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun asos yaratiladi. Hujjatlashtirishga asosan mablag’lar harakatini tasdiqlovchi xuquqiy asos yaratiladi.
Inventarizatsiya (yo’qlama) qilish yordamida tegishli moddiy javobgar shaxs zimmasida tovar va moddiy boyliklarning to’liqligi nazorat qilinadi. Moddiy javobgar shaxs belgilangan muddatlarda korxona buxgalteriyasiga o’z hisobotini topshiradi, unda hisobot davrida tovar va moddiy boyliklar holatidagi o’zgarishlar o’z ifodasini topadi. Inventarizatsiya yordamida tovar va moddiy boyliklarning to’liqligi, sifati, iste’molga yaroqliligi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Inventarizatsiya o’tkazish tartibi, natijalarni aniqlash me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingandir.
Baholash va kalьkulyatsiya. Xo’jalik sub’ektlarida mavjud mablag’lar harakatini buxgalteriya hisobida ifodalashda, mahsulot ishlab chiqarish, sarf qilingan xarajatlarni o’rganishda baholash va kalьkulyatsiya alohida ahamiyatlidir. Baholash – bu buxgalteriya hisobi ob’ektlarini pul o’lchov birligida aks ettirish, ya’ni qiymatini aniqlash jarayonidir. Kalьkulyatsiya – bu ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini aniqlash jarayoni bo’lib, uning yordamida bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag’lar, ya’ni xarajatlarning umumiy summasi hisoblab topiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə