Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə11/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

1. Tannarx-daromad - moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun sarflanadigan xarajatlar ulardan olinadigan daromadlardan kam bo’lishi kerak. SHuning uchun ham kichik korxonalar alohida buxgalteriyani yuritib emas, balki buxgalterlik firmalariga buyurtma berib hisobot tuzdirishadi.
2. Muhimlik - qaror qabul qilish uchun muhim axborotlar moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi shart.
3.Tarmoq xususiyatlari - buxgalteriya hisobini tashkil qilishda faoliyat tarmog’ining xususiyati albattta o’z aksini topadi. Masalan, ishlab chiqarish hisobining savdo faoliyati hisobidan farqi katta, buxgalteriya hisobi paxta tozalash korxonalarida, meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida o’z xususiyatlariga egadir.
4.Konservatizm tamoyili, yuqorida aytganimizdek, buxgalterni ehtiyotkorlikka chorlaydigan tamoyildir. Bu tamoyilni ehtiyotkorlik tamoyili deb ham ataladi. Ushbu tamoyilga binoan ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar oldindan inobatga olinadi, biroq foyda esa qaysi davrda olinsa, o’sha davrda hisobga olinadi.Bundan ikkita muhim qoida kelib chiqadi.
  • hisobot davrida shakllangan potentsial daromadlar, ular e’tirof qilinadigan hisobot davrida ko’rsatilishi kerak;


  • hisobot davrida shakllangan potentsial zararlar kelgusi hisobot davrlariga olib borilmasligi, balki ana shu hisobot davrining o’zida ko’rsatilishi kerak.


SHunday qilib, tamoyillar kontseptual tuzilmaga rioya qilish uchun buxgalterlar foydalanadigan kundalik qo’llanmalardir.


Moliyaviy ma’lumotlardan foydalanuvchilarning turli guruhlari mavjudligi buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida uchga bo’linishiga olib keldi:
  • Moliyaviy hisob


  • Boshqaruv hisobi


  • Soliq hisobi


Hisobning bu uch turi o’zining vazifasi, ya’ni axboroti va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi.


Moliyaviy hisob — xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan jamoatchilik hukmiga taqdim etiladigan hamda ichki va tashki foydalanuvchilar uchun mo’ljallan-gan axborotni taqdim etuvchi hisobdir. Jamoatchilikni kompaniyaga sarmoyalar qo’ya-digan, kreditlar ajratadigan yoki u bilan o’zaro hamkorlikda iqtisodiy faoliyat yuritadigan turli toifadagi shaxslar tashkil qilishi mumkin. Bu shaxslar ushbu kompaniyaga sarmoya qo’yish va uni moliyalashtirish bo’yicha qaror qabul qilishda uning moliyaviy va boshqa hisobotlariga turli darajada tayanadilar. Kompaniyadan tashqari bo’lgan kishilarning ma’lumotga bo’lgan ehtiyojlari moliyaviy hisobning markazida turadi.
Boshqaruv hisobi — ichki foydalanuvchilar ehtiyojini hisobga olgan holda iqtisodiy xo’jalik muomalalari va mahsulot ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rna-tishda, byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini o’rnatishda, shu-ningdek, kompaniyaning kelajakda muvaffaqqiyatga erishishini ta’minlash uchun foy-dalaniladigan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tayyorlab beradi. Boshqaruv hisobining qoida va qo’llanmalari ko’pincha murakkab, ba’zida esa bir-biriga qa-rama-qarshi va munozaralidir. Shu bilan birga, fikr va talqinlarda ham farqlar mavjud bo’ladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə