Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


D-T“Hisob-kitob schyoti”K-T



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə19/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

D-T“Hisob-kitob schyoti”K-T

Boshlang’ich qoldiq 8000






Boshlang’ich qoldiq 250 000




1) 50 000








1) 50 000












Oborot 50 000






Oborot

50 000

Oxirgi qoldiq 58000






Oxirgi qoldiq 200000





Passiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Passiv schyotlarning tuzilishi quyidagicha;


DEBET (D-T) PASSIV SCHYoT (K-T) KREDIT

kamayish




Boshlang’ich .qoldiq ... ... ...




Ko’payishi


Oylik oboroti ... ... ...


Oylik oboroti ... ... ...




Oxirgi qoldiq



Schyotning sxemasidan ko’rinib turibdiki, passiv schyotlarda ko’payishi kredit tomonida, kamayishi esa debet tomonida ko’rsatiladi.

Misol: Tuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchilardan kelgan tovarlar omborga qabul qilindi – 170.000 so’m.
Misolimizdagi xo’jalik operatsiyasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi:
Debet «Ombordagi tovarlar» schyoti – 170.000 so’m.
Kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti – 170.000 so’m.
Berilgan buxgalteriya yozuvlarini schyotlar sxemasida quyidagicha ifoda etamiz:

Ombordagi



D-T tovarlar” schyoti K-T


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga


D-T to’lanadigan schyotlar” K-T

Boshlang’ich qoldiq 450 000








Boshlang’ich qoldiq 780 000


1) 170 000








1) 170 000


Oborot 170 000






Oborot

170 000

Oxirgi qoldiq


620 000






Oxirgi qoldiq 950 000



Sxemadagi yozuvlardan ma’lumki, passiv schyotlar bo’yicha qoldiqni aniqlash uchun: boshlang’ich qoldiqqa kredit tomonining oborotini qo’shamiz, debet tomonining oborotini ayiramiz, qolgan summa schyotning oy oxiriga bo’lgan kredit qoldig’ini ko’rsatadi.

Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya schyotlarida har bir amalga oshirilayotgan xo’jalik operatsiyasi ikki yoqlama yozuv, ya’ni buxgalteriya o’tkazmasi orqali ko’rsatiladi.


Buxgalteriya hisobi schyotlarida ikki yoqlama yozuv – bu xo’jalik sub’ektlarida sodir etilgan xo’jalik voqea-hodisalarini bir vaqtning o’zida ikkita schyotda, ya’ni bitta schyotning debeti, ikkinchi schyotning esa kreditida aks ettirishdir.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik sub’ekti tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettirish qoidalari quyidagicha:
  • Dastavval xo’jalik operatsiyasi o’rganiladi, ya’ni tahlil qilinadi: nima o’zgarish sodir bo’layotganligi aniqlanadi, ya’ni nima ko’payyapti-yu, nima kamayyapti, degan savolga javob beriladi.


  • So’ngra bu o’zgarish schyotlar rejasidagi qaysi schyotlarga tegishli ekanligi aniqlanadi: schyotlarning nomi va tartib raqami belgilab olinadi.


  • Aniqlangan schyotlarning aktiv yoki passiv schyot ekanligiga qarab, ularni ishlatish qoidasiga mos ravishda ularning debeti yoki kreditiga tegishli xo’jalik operatsiyasi summasi yoziladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, schyotlardan foydalanish qoidalariga binoan aktiv schyotlarda ko’payish ro’y bersa, ularning debetiga yoziladi. Aksincha, passiv schyotlarda ko’payish ro’y bersa, ularning kreditiga yoziladi.


  • Buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv usuliga mos ravishda har bir xo’jalik operatsiyasi albatta ikkita schyotda aks ettiriladi, chunki voqea-hodisalar buxgalteriyada o’zaro bog’liq holda hisobga olinadi. Agar bitta schyot debetlansa, demak u bilan bog’lanayotgan ikkinchi schyot kreditlanadi, va aksincha.





Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə